«Boburnomadan olgan taassurotlarim » insho. haqida to’liq ma’lumot oling

«Boburnomadan olgan taassurotlarim » insho. haqida to’liq ma’lumot oling

«Boburnomadan olgan taassurotlarim » insho.

Reja:
1. Boburning hayot yõli
2. «Boburnoma» haqida bilganlarim
3. Boburiylar sulolasiga oid Tojmahal haqida

 

«Bobur fe’li-sajiyasiga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir».
Eduard Xolden

Bobur (taxallusi; to‘liq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, iste’dodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.
Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning onasi o‘qimishli va oqila ayol bo‘lib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol ko‘mak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo bo‘yida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda o‘tkazardi.

“Boburnoma” – adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda oʻz davridagi koʻplab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning koʻplab togʻlari, daryolari, oʻrmon va choʻllari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar jamlangan.
“Boburnoma” – oʻzbek nasrining goʻzal namunasi. Ungacha Yusuf xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asari muqaddimasida, Rabgʻuziy ijodida nasr namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pogʻonaga olib chiqdi. Biroq “Boburnoma” bu borada oʻzbek nasrining oʻziga xos kashfiyoti sifatida yuz koʻrsatdi.
Asarda tarixning Bobur yashab oʻtgan davri voqelari ifodalangan. Bu voqealar Andijon, Samarqand, Xoʻjand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha boʻlgan qamrovga ega. Yaʼni unda Oʻrta Osiyodan boshlab Hindistongacha boʻlgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.
“Boburnoma”dagi voqealar bayoni aniq, ixcham va loʻnda, taʼsirchan, eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan eʼtiborlidir. Muallif voqealar bayonida tabiat tasviriga, ayrim joylar tavsifiga, alohida kishilarning taʼriflariga jiddiy ahamiyat beradi
di. Yana bir Boburiylar sulolasiga oid yodgorliklar bilan tanishib õtsak:
Tojmahal — Hindistondagi boburiylar sulolasi davriga oid meʼmoriy yodgorlik (1631 — 1652). Agra shahri yaqinidagi Jamna daryosi boʻyida Shoh Jahon suyukli xotini Arjumandga (Mumtoz Mahal begim, Mumtoz Bibika Rauza nomlari bilan mashhur boʻlgan) atab vafotidan (1631 yil 7 iyul) soʻng qurdirgan. Keyinchalik oʻzi ham shu yerga dafn qilingan.
Maqbara (loyiha meʼmori Usto Ahmad Lahori) turk meʼmori Muhammad Isoxon afandi boshchiligida bunyod etilgan. Tojmahal murabba tarhli, 3 qavatli, 5 gumbazli. Marmar supa (104x104x7 m) ustiga qurilgan. 4 burchagidagi ingichka minoralar (balandligi 45 m) maqbaraga oʻzgacha husn bagʻishlagan. Devorlari oq marmar bilan qoplangan, turli rangdagi qimmatbaho toshlar (haqiq, marvarid, sadaf, qahrabo, zumrad, yoqut, fil suyagi va boshqalar)dan qadama naqshlar ishlangan. Bosh tarzi (eni 56,7 m) peshtoq ravokli. Maqbaraning old tomoniga 2 qator daraxtlar ekilgan, favvorali hovuz, gulzorlashtirilgan uzun yoʻlka bor. Zinapoyalar bilan marmar supaga chiqib, oʻyma naqshli eshikdan maqbaraga kiriladi. Oʻrtadagi katta gumbazli xonada qora marmarli sagʻana (Shri Lankadan keltirilgan) qoʻyilgan. Tojmahalning beqiyos husni bogʻning janubiy darvozasi orqali koʻzga yaqqol tashlanadi. Mahobatli bino qurilishida nafaqat Hindiston, balki Oʻrta Osiyo, Eron, Vizantiya meʼmorlarining oʻziga xos uslublari oʻz ifodasini topgan. Maqbara qurilishida gʻisht teruvchi qandahorlik Muhammad Xanif, multonlik Muhammad Sayid, minorada mahalliy usta Ismoilxon Rumiy, Samarqandlik Muhammad Sharif, lahorlik Kozimxonlar hamda koʻpgina naqqosh va xattotlar qatorida Buxorolik ota Muhammad va Shukur naqqoshlar qatnashgan.

@Uzjoku_Unversiteti

Malumotlar
«Boburnomadan olgan taassurotlarim » insho.