BOBOXONOV Abdulla Boboxonovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOBOXONOV Abdulla Boboxonovich haqida malumot bilib oling.

BOBOXONOV Abdulla Boboxonovich (1910.8.2, Qirgʻizistondagi Toʻqmoq sh. —1990.10.6, Moskva) — meʼmor, Xalq meʼmori (1970). Oʻrta Osiyo industrial in-tini bitirgan (1933). «Toshkent sh. loyihalash idorasi»da bosh meʼmor (1938—44), Oʻzbekiston Meʼmorlar uyushmasi boshqaruvining raisi (194446, 196468), Oʻzbekiston respublikasi qurilish vaziri oʻrinbosari (1955—59), Qurilish va meʼmorlik akademiyasida ilmiy xodim va boʻlim mudiri (1960— 63), ToshPIda oʻqituvchi (1963), prof. (1965). 1963—89 y. lar davomida oʻzining bilim va tajribalarini yosh meʼmorlarga oʻrgatgan. Asosiy ishlari: Kattaqoʻrgʻon (1940—41) va Jan. Surxon (1964—67) suv omborlari majmuasining meʼmoriy qismi, Shohimardondagi Hamza maqbarasi (1950), Samarqanddagi Ulugʻbek rasadxonasi (1962) va b. 100 dan ortiq klub, madaniyat saroylari, kinoteatrlar va turar joy binolari loyihasini yaratgan. Boboxonov loyihalari asosida qurilgan binolarda milliy meʼmoriy anʼanalar zamonaviy meʼmoriy uslublar bilan uygʻunlashtirilgan.

Ensiklopediya.uz
BOBOXONOV Abdulla Boboxonovich