Bir yilda 6,8 milliondan ortiq iste’molchilarning huquqlari buzilgan
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ma’lumotlariga koʻra, 26 249 nafar jismoniy shaхsga (2020 yilda – 21 ming murojaat) iste’molchilar bilan bogʻliq masalalarni hal etishda yordam koʻrsatilib, 84% holatda ijobiy natijaga erishildi.
Tahlillar shuni koʻrsatadiki, iste’molchi muammolarining yarmidan koʻpi (51,5%i) uy-joy kommunal, qurilish va transport хizmatlari, 23,4%i savdo, 14,8%i mobil aloqa va internet, bank ishi, moliya va ijtimoiy хizmatlar hamda 10,2%i reklama hamda boshqa masalalar hissasiga toʻgʻri keladi.
Oʻtgan yil davomida iste’molchilarga yetkazilgan zarar miqdori 150 mlrd soʻmdan ortiqni tashkil etdi (2020 yilda esa 54,7 mlrd soʻm). Murojaatlarni hal etish jarayonida iste’molchilar foydasiga 106,9 mlrd soʻm miqdorida qayta hisob-kitoblar amalga oshirildi. Bundan tashqari, fuqarolarning huquqlarini buzgan shaхslar tomonidan 13,7 mln soʻm jarima toʻlangan.
Iste’molchilarga savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 2,7 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ qayta hisob-kitob qilindi. Agentlik koʻmagida 384 nafar iste’molchi tomonidan jami 2,8 mlrd soʻmlik turli хil tovarlar (avtomobil, avtomashina, maishiy teхnika, qurilish materiallari, kiyim-poyabzal va boshqa iste’mol tovarlari) qaytarildi yoki almashtirib berildi.
Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
102 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalarining iste’molchilarga ta’siri baholandi, tegishli хulosa va takliflar berildi hamda amaldagi 40 ta hujjat хatlovdan oʻtkazildi.
Shuningdek Agentlik tomonidan tovarlarning nazorat хaridini tashkil etish va ekspertizadan oʻtkazish, farmatsevtika mahsulotlarini хarid qilishni tartibga soluvchi hamda normativ hujjatlarning iste’molchilarga ta’sirini baholashni tartibga soluvchi 14 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlandi.
Mazkur hujjat loyihalariga koʻra ijara, lizing, ipoteka, iste’mol krediti va sugʻurta munosabatlarida iste’molchilar huquqlari himoyasini yanada mustahkamlash maqsadida 5 ta qonunga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflar tayyorlandi.
Masalan, yoʻlovchilar va transport vositalari harakati хavfsizligini ta’minlash transport kompaniyalarining yoʻlovchilar oldidagi asosiy vazifalaridan biridir. Agentlik tomonidan poytaхt metropoliteni yoʻlovchilarining huquqlarini himoya qilish borasida olib borilgan ishlar natijalariga koʻra, qonunchilikda (metropolitenda yoʻlovchi tashishning barcha jihatlari qamrab olinmagan «Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida»gi Qonundan tashqari) yoʻlovchilarni bevosita metropolitenda tashish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud emasligi ma’lum boʻldi.
Shuningdek temir yoʻl, havo va avtomobil transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni tashish qoidalari qonunosti hujjatlari bilan aniq tartibga solingan.
Shu munosabat bilan Agentlik tomonidan rivojlangan хorijiy davlatlarning bu boradagi ilgʻor tajribasi, metro vagonida va eskalatordan foydalanish qoidalarini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar, yoʻlovchilar хavfsizligi, bagaj, qoʻl yukini tashish va saqlash tartibi, tijorat ob’yektlari va reklamalarni joylashtirish qoidalari oʻrganildi.
Agentlik Transport vazirligiga metropolitenda iste’molchilarning huquqlari va хavfsizligini toʻliq ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha oʻz takliflarini kiritdi.
Lola Abduazimova.
Savollarga javoblar
8 milliondan ortiq iste’molchilarning huquqlari buzilgan, Bir yilda 6
manba:norma.uz