Bir ot, sifat, fe l, ravish nima

Bir ot, sifat, fe l, ravish nima

-siz, be-: tinimsiz, to`xtovsiz, beto`xtov kabi. Bu affikslar omonim affiks sifatida sifatdan tashqari ot, harakat nomi asosidan ravish yasaydi.

“Gapda ravishlar soni nechta. ” yoxud uzluksiz ta’lim bo‘g‘inlarida ravish qanday o‘qitilishi kerak?

Tilshunoslik fani paydo bo‘lganidan hozirga qadar so‘zlarni turkumlash masalasi mutaxassislarning e’tiborini jalb qilgan va bu borada hanuz munozaralar davom etib kelyapti. So‘z turkumlari tarixini kuzatar ekanmiz, hindlarning ham, arablarning ham, yunonlarning ham tasnifida, avvalo, nutq uchun muhim bo‘lgan so‘zlar — fe’llar va otlar ajratilganining guvohi bo‘lamiz. Aniqrog‘i, so‘zlarning ibtidoiy tasnifi Sharqda ham G‘arbda ham, asosan uch guruh: harakat bildiradigan so‘zlar (fe’l), nimanidir (narsa, belgi, miqdor, harakat, holat kabi) nomlaydigan so‘zlar (ot/ism) va shu har ikki guruhga kirmaydigan so‘zlardan (yordamchi so‘zlar) iborat edi. Keyinchalik bu sohada olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasi o‘laroq so‘z turkumlari chegarasi va qamrovi aniqlandi, har bir turkumning tasnifiy belgilari ishlab chiqildi. Biroq, shuni ham aytib o‘tish kerakki, tabiatda, jamiyatda bo‘lgani kabi so‘zlarda evolyutsiya — ma’no taraqqiyoti kuzatiladi. So‘zning bir turkumdan ikkinchi turkumga o‘tish bosqichi ba’zan asrlab davom etadi va bu, o‘z navbatida, so‘zni turkumlarga ajratishda davomli muammolarni keltirib chiqaraveradi.

Ma’lumki, maktab grammatikasi ko‘p hollarda eng umumiy nazariy bilimlarni qamrab oladi. Nafaqat o‘zbek, balki jahon tilshunosligida hali to‘la yechimini topmagan, munozarali, javobsiz savollar borki, ular­ning javobini ba’zan bilib-bilmay oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlari­ni topshirayotgan o‘quvchidan talab qili­shimiz ajablanarli.

Ayni paytda o‘zbek tilshunosligida so‘zlar uch katta guruh:

1. Mustaqil so‘zlar (fe’l, ot, sifat, son, ravish, olmosh).

2. Yordamchi so‘zlar (ko‘makchi, bog‘­lovchi, yuklama).

3. Oraliqdagi so‘zlar yoki alohida so‘z­larga (undov, taqlid, modal, tasdiq va inkor) bo‘lib o‘qitiladi.

Dastlabki tasniflarda mustaqil so‘zlar otlar (ismlar) va fe’llardan tashkil topgan. Tasnifning takomillashishi bilan bog‘liq keyinchalik ismlar ichidan sifat (belgi nomi), son (miqdor nomi), olmosh ajralib chiqadi va mustaqil so‘zlar soni beshtaga — ot, sifat, son, olmosh, fe’lga yetkaziladi. Ayni paytda ham rus tilshunosligida ushbu so‘zlarga ismlar sifatida qaraladi: имя существительное (ot), имя прилагательное (sifat), имя числительное (son), местоимение (olmosh) kabi. Mustaqil so‘zlar tasnifida eng keyin paydo bo‘lgan so‘z — bu ravishdir.

Ravishlar ma’no va vazifasiga ko‘ra ot, sifat, son, olmoshlarga yaqin so‘zlar bo‘lib, bu arab va Yevropa tilshunosligida ham qayd etiladi. Murakkab tabiati tilshunoslikda ravishni o‘rganishning o‘ziga xos tarixini yuzaga keltirgan. D.R.Koposov rus tilshunosligida ravishlar tadqiqi tarixi bilan shug‘ullanar ekan, M.V.Lomonosov ravishlarni undov va olmoshlar, M.V.Panov sifatlarning bir ko‘rinishi sifatida qaragani, ulardan farqlanib K.S.Aksarov va F.I.Buslayev ravish morfologik hodisa — so‘z turkumi emas, sintaktik birlik deb qaragani, A.A.Potebnya ularning sintaktik tomonlarini inkor qilmagan holda, belgining belgisini bildiradigan so‘z sifatida so‘z turkumlariga qaytargani, A.M.Peshkovskiy ham ravishni sintaktik kategoriya deb atab, unga so‘z turkumi emas, so‘zshakl sifatida qaragani, A.A.Shaxmatov so‘z turkumlari sirasiga kiritib, sifatga yaqinligini e’tirof etgani, F.F.Fortunatov esa o‘zgarmas so‘zlar sifatida baholaganini keltirib o‘tadi. (Копосов Д.Р. Наречие. Динамика классификации феномена. // Ученые записы Казанского государственного университета. Том 150, кн. 6. Гуманитарные науки, 2008.) Ravishlarni atroflicha o‘rgangan V.V. Vinogradov unga “mustaqil so‘zlarning hech bir guruhiga sig‘may qolgan so‘zlar ravish turkumiga yig‘ilgan”, degan haqqoniy bahoni beradi. (Виноградов В.В. Русский язык. — М., 1972. — С. 303.)

O‘zbek tilshunosligida ravishni o‘rga­nishda rus tilshunosligida ravishlar tadqiqi bilan bog‘liq dastlabki an’analar yetakchilik qilib kelgan. Sharq va G‘arb tilshunosligi ravishlarni ma’no va vazifasi jihatidan emas, balki boshqa birortasiga xos bo‘lmagan belgi — o‘zgarmaslik belgisi bilan ismlardan farqlaydi. Biroq o‘zbek tili grammatik qurilishining tavsifiga bag‘ishlab yozilgan ko‘plab ilmiy adabiyot va darsliklarda ravishlarning o‘zgarmaslik tabiati inobatga olinmaydi. Fitrat sharqona an’ana ta’sirida so‘z turkumlarini to‘rtga: ot, sifat, fe’l, ko‘makchiga ajratadi. Ravishni esa ot, sifat va ayrim ko‘makchilar (yordamchi so‘zlar) ichiga kiritadi. (Zamonaviy o‘zbek tili. Morfologiya. 1-jild “Mumtoz so‘z” nashriyoti. Darslik. Toshkent. 2008-yil.)

Maktabda ravish mavzusi bilan bog‘liq asosiy muammo yasama ravishlarni o‘qi­tishga aloqador. Ma’lumki, o‘zbek tilida so‘z yasalishining bir necha turi mavjud bo‘lib, ona tili ta’limida yasama so‘z deganda so‘z yasashning ikki asosiy turi — affiksatsiya(yasovchi qo‘shimcha yordamida so‘z yasash) va kompozitsiya(so‘zga so‘z qo‘shish yo‘li orqali so‘z yasash) usullari yordamida yasalgan so‘zlar nazarda tutiladi. Bu, bir tomondan, to‘g‘ri. Negaki, ona tili darsliklarini ilmiylashtirmaslik, grammatikalizatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik talabi bunga monelik qiladi. Ammo o‘quvchi OTMga kirish imtihonlari uchun ravish mavzusi bo‘yicha tuzilgan DTM savollariga javob berishda faqat affiksatsiya va kompozitsiyaga asoslansa, xatoga yo‘l qo‘yadi. Masa­lan:

Tez-tez, nari-beri, qo‘yarda-qo‘ymay, unda-bunda, uzil-kesil. Ushbu qatorda ravish+ravish juftlanishi orqali yasalgan yasama ravishlar soni nechta?

A) 5 ta B) 1 ta D) 4 ta Е) 3 ta

To‘g‘ri javob: В) 1 ta; nari-beri — yasama ravish. Ilmiy jihatdan bu yerda derivatsiya (til unsurlarining nutqqa ko‘chirilishi) bor, lekin o‘quvchi buning yasalish ekanini tushunmaydi. Akademik litseylarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligidagi­ “So‘zlarni takrorlash va juftlash yo‘li bilan ham ravish yasash mumkin. Masalan, nari-beri, hali-beri, naridan beri, erta-indin, tez-tez, juda-juda, qadam-baqadam sin­gari ravishlarga e’tibor bersangiz, ularda bir so‘zning takrorlanishi yoki o‘zaro ma’nodosh va zid ma’noli ikki so‘zning juft kel­tirilganligining guvohi bo‘lasiz. Masalan, tez-tez (bir so‘zning takrori), eson-omon (ma’nodosh so‘zlarning juftlashishi), avval-oxir, erta-kech (zid ma’noli so‘zlar juftlashishi).

Bunday ravish qismlari o‘rtasiga yozuvda doimo chiziqcha qo‘yib yoziladi;

“Juft va takroriy so‘zlar hamda ularning sinonimiyasi” mavzusida yo‘l-yo‘lakay: “So‘zlarni takrorlash va juftlash yo‘li bilan ravish yasalganda, ular quyidagi so‘z turkumlaridan bo‘ladi:

1. Ot-ot (qator-qator, tun-kun, yildan yilga).

2. Sifat-sifat (uzundan uzun, ochiqdan ochiq).

3. Fe’l-fe’l (uzil-kesil, turib-turib, qo‘sha-qo‘sha, qo‘yarda-qo‘ymay, bilinar-bilinmas).

4. Olmosh-ravish (oldinma-keyin, nari-beri).

5. Olmosh-olmosh (o‘z-o‘zidan, o‘z-­o‘zicha, o‘zidan o‘zi).

6. Son-son (birma-bir).

7. Тaqlid so‘z-taqlid so‘z (taqa-taq, shart-shurt) va boshqalar” (Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-kurs talabalari uchun dars­lik. A.Nurmonov va boshq. — T.: “ILM ZIYO”, 2010. — 277-b.) kabi uzuq-yuluq fikrlarni hisobga olmaganda, maktab dars­liklarida so‘z yasashning bu turi xususida hech qanday ma’lumot uchramaydi. Ammo bu DTM savollar bazasida quyidagi tipdagi bir qancha test savollarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi:

Hamisha, dastlabki, ustma-ust, galma-gal, do‘stona, o‘rtadagi, taxminan, nari-beri. Yuqoridagi berilganlardan yasama ravishlar sonini aniqlang.

A) 5 ta B) 3 ta D) 7 ta Е) 6 ta. To‘g‘ri javob: Е) 6 ta.

Berilgan so‘zlardan nechtasi yasama ravishlar sanaladi? Birin-ketin, saharlab, olg‘a, har gal, vaqtincha, ertalabki, tiriklayin, bir mahal.

A) 4 ta B) 5 ta D) 6 ta Е) 7 ta. To‘g‘ri javob: C) 6 ta.

Quyidagi gapda nechta ot turkumiga mansub so‘z qatnashgan? Qo‘qqisdan osmonni bulut qoplaydi-da, chelak-chelak suv quyadi.

A) 2 ta B) 5 ta D) 3 ta E) 4 ta

To‘g‘ri javob: D) 3 ta. Bu o‘rinda o‘quvchining chelak-chelak so‘zini ravish yoki ot ekanini bilishi nazarda tutilgan.

Holat ravishi qaysi gap tarkibida qo‘llangan?

A) Kunduzlari quyosh saratondagiday qizdirib turdi. B) Bahorda paxtakor uchun vaqt oz, mehnat esa cheksiz mo‘l. D) G‘ulomjon otasi yonida turib atayin atrofga qaradi. Е) Sayohatchilar yuqoriga ko‘tarilib qarag‘ayzor va archazorga yetdilar.

Berilgan gaplarda holat ravishi ishtirok etmagan. Agar saratondagiday nazarda tutilayotgan bo‘lsa, bu ravish emas.

Qaysi qatordagi ajratib ko‘rsatilgan ravishlar turlanmagan? A) Ishimizdan ertaning shabadasi kelib turibdi, o‘g‘lim. B) Baxt axtarib yurgan ko‘plarni bilaman. D) Hozirning o‘zida uning dong‘i dunyoga ketgan. Е) G‘ulomjon orqadan qarab qoldi.

Ravish turlanmaydi. Hozirning so‘zi nazarda tutilayotgan bo‘lsa, ushbu so‘z bu o‘rinda asli ot ekanligini namoyon etyapti.

Shuningdek, keyingi yillarda to‘xtovsiz, sababsiz, vaqtli, noiloj, bevaqt, barvaqt kabi so‘zlar tarkibida kelishi asos qilib olinib, -siz, be-, -li, bar-, no- qo‘shimchalarining ham ravish yasashi va ularning shakldosh qo‘shimcha ekaniga ishora qiluvchi savollar paydo bo‘lmoqda. Bunda yasalish asli sifatda yuz bergan va bu so‘zlar shu holida konversiyaga uchrab, ravishga ko‘chgan. Bu jarayonni esa o‘quvchiga tushuntirish qiyin.

Ravishlarning uzoq davrlar mobaynida so‘z turkumlari sirasida o‘z o‘rnini topa olmagani va hanuz bu borada fikrlar qat’iy emasligining asosiy sababi “ravishlashish” yo‘llarining ko‘pligidir. Ayni paytda mavjud darslik va qo‘llanmalarda so‘z turkumi sifatida umumiy grammatik ma’nosi “Asosan harakatning, qisman predmetning belgi, miqdor yoki holatini bildiruvchi o‘zgarmas so‘z” deb berilayotgan ravishning ta’rifiga tushadigan sof ravishlar o‘zbek tilida sanoqli. Ravish faqat affiksatsiya yoki kompozitsiya yo‘li bilan emas, balki katta miqdorda ko‘chish — reduplikatsiya, konversiya, morfologizatsiya hisobidan kengayib bormoqda.

Shuningdek, ravishlardagi diaxronik (tarixiy) yasalishlarning (qishin-yozin, birin-ketin, oldin, ochin-to‘qin, ostin-ustin kabi) ham savollarga tortilishi boshqa mavzuga doir savollarga javob berishda muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan:

Qaysi qatorda omonim qo‘shimchalar qo‘llanmagan? A)chiziq-tiniq, bosqin-sotqin B) birin-ketin, qishin-yozin D) qirg‘in-so‘lg‘in, chirik-elak Е)Dilafro‘zxon-kitobxon, do‘sti-boyi. To‘g‘ri javob: B.

Berilgan ravishlardan qaysi biri tarkibidagi qo‘shimcha bugungi kunda ajratilmaydi? A) birin-ketin, ostin-ustin B) so‘ngra, uzra D) qayta, ko‘tara Е) hammasi ajratilmaydi.

O‘quvchi “A” javobini to‘g‘ri variantdan chiqaradi, sababi yuqorida keltirilgan litsey darsligida ravish yasovchilar sirasida bu qo‘shimcha olinib, aynan shu misollar keltiriladi: “-n (-in, -un): ertan-kechin, qishin-yozin, ochin-to‘qin, ostin-ustin” (2, 184). Ilmiy jihatdan va o‘quvchining yosh xususiyatidan kelib chiqib yondashilsa, to‘g‘ri javob yo‘q.

Mavjud grammatikalarda ravish yasovchi qo‘shimchalarning ajratilishi, miqdori borasida ham bir xillik kuzatilmaydi: -cha, -larcha, -chasiga, -iga/-siga, -lab, -deb, -day, -ona, -an, -n(-in), -lay /-layin, -n(-in,-un), -simon, -gacha, -namo va boshqa. Shuni aytib o‘tish kerakki, bu qo‘shimchalardan aksariyatining ravish yasovchi ekanligi ham munozarali.

Umuman, o‘zbek tilshunosligida ra­vishlarda so‘z yasalishi o‘tgan asr oxirla­ridayoq inkor etilgan edi. “. mustaqil so‘z tukumlari sifatida qaralayotgan turkumlar­ning ayrimlari, jumladan, ravish turkumi so‘z yasalish tizimiga ega emas va bu­ning obyektiv sabablari bor”. (А.Ҳожиев, А.Нурмонов, Н.Маҳмудов. Спорные вопросы в системе словообразования тюркских языков // С.Т., 1989, №2.)

So‘z yasalishi, xususan, ravish yasalishi bo‘yicha salmoqli ishlarni amalga oshirgan akademik A.Hojiyev hatto eng faol ravish yasovchilar sifatida maktab grammatikalarida sanaladigan -cha, -larcha, -chasiga, -iga /-siga, -lab, -an, -ona kabi qo‘shimchalarning ham ravish yasovchi emasligini birma-bir misollar asosida asoslaydi va “Ma’lum bo‘lаdiki, hozirgi o‘zbek adabiy tilida sistema tarzida ravish yasaydigan bironta ham affiksal morfema yo‘q. Darslik va qo‘llanmalarda, shuningdek, ilmiy ishlarda ravish yasovchi deb berilganlarning birortasi ham ravish yasovchi qo‘shimcha, hatto, umuman, so‘z yasovchi qo‘shimcha emas” degan qat’iy xulosaga keladi. (A.Hojiyev. O‘zbek tili va adabiyoti. 2000-yil, 2-son. 42—46-betlar.)

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, hozirgi o‘zbek tilida ravishlar boshqa mustaqil so‘zlardan farqlanib bir necha yo‘llar bilan:

affiksatsiya — yasovchi qo‘shimchalar vositasida ravish yasash: vaqtincha, yashirincha, hozircha, avvalgicha, yangicha, mardlarcha, yoppasiga, uzunasiga, rostakamiga, nomiga, ko‘plab, haftalab, shaklan, taxminan, qishin-yozin, ahmoqona, oldin, ochin-to‘qin, ostin-ustin;

kompozitsiya — so‘zga so‘z qo‘shish orqali ravish yasash: u yerga, bu yerda, shu yerdan, o‘sha yoqdan, bu oraga, shu o‘rtada, har yerda, har tomonda, biryo‘la, birpasga;

reduplikatsiya — ot, sifat, olmosh, fe’l, ravish, taqlid kabi so‘zlarning takror yoki juftlashib ravishga aylanishi: qop-qop, savat-savat, es-es, nari-beri, oz-oz, kam-kam, uncha-muncha, shu-shu, o‘sha-o‘sha, hali-beri, eson-omon, kundan-kun, zo‘r-bazo‘r, gul-gul, ay­rim-ayrim, pishiq-pishiq, ozib-yozib, uzil-kesil, o‘z-o‘zidan, o‘zidan o‘zi, vaqti-bevaqt, taqa-taq, shartta-shartta;

morfologizatsiya — jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari, shuningdek, ayrim egalik shakllari, ko‘plik shaklidagi ot, sifat, olmosh, son kabi so‘zlarning ravishga aylanishi: baxtimizga, kunda, yoddan, to‘g‘riga, uzoqdan, yaqinda, birdan, birga, shunda, bunda, unda-bunda, kechasi, kunduzi, tunlari, oqshomlari;

konversiya (adverbializatsiya) — bir leksik-grammatik kategoriyadagi so‘zning boshqa kategoriyaga ko‘chishi — ayrim ot, sifat, fe’l kabi so‘zlarning ravishlashishi: erta, indin, kecha, kech, kechqurun, bu­run, hozir, yaqqol, baralla, tugal, bafurja, muttasil, vaqtli, rosa, baravar, uzluksiz, omonsiz, beomon, o‘zgarishsiz, harakatsiz, to‘xtovsiz, beto‘xtov, osha, o‘ta, qiya, qiyo, qo‘sha, qay­ta kabi kengayish imkoniyatlariga ega.

O‘zbek tilshunosligida so‘z turkumlari yuzasidan bajarilgan so‘nggi tadqiqotlarda: “Maktab grammatikalarida esa yuz yillarki, mustaqil va yordamchi so‘zlar, har ikkalasidan ham farq qiluvchi so‘zlar guruhi juz’iy farqlar bilan aks ettirib kelinmoqda” (Z.Is’hoqov. O‘zbek tilida so‘z turkumlarining o‘zaro munosabati va unda yuklamalarning o‘rni. Qo‘qon, 2011), “Umuman, tilshunosligimizda hozirgacha so‘z turkumlariaro ko‘chishning juz’iy masalalari qalamga olingan, ko‘chish faqat bir yoki bir necha so‘z turkumi doirasidagina olib tekshirilgan, xolos. So‘z turkumlari aro aloqa va ko‘chishning yirik muammolari, xususan, ko‘chishning tafakkuriy, lisoniy va nutqiy asoslari, mustaqil so‘z turkumlari­aro ko‘chish, mustaqil so‘zlarning yordamchi so‘z turkumlari bilan aloqasi va o‘zaro ko‘chishi, alohida guruhdagi so‘zlarning mustaqil va yordamchi so‘z turkumlari bilan aloqasi va o‘zaro ko‘chishi, grammatikalizatsiya hodisalari tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qolib kelmoqda” (J.Eltazarov So‘z turkumlari paradigmasidagi o‘zaro aloqa hamda ko‘chish hollari. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2006. — 168-b.) kabi xulosalarga kelinishiga ham yuqoridagi holatlar asos bo‘lgan.

Joriy darsliklarda: “Ravish yasovchi -larcha qo‘shimchasidagi -cha qismi kabi, singari ko‘makchilari bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun ular ko‘pincha almashtirib qo‘llaniladi.

-cha o‘rniga -dek, kabi, singari ko‘makchilarini qo‘shish mumkin bo‘lsa, u ravish yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi.

So‘zlarni takrorlash va juftlash yo‘li bilan ham ravish yasash mumkin” (AL, 184) kabi tilshunoslikda hali to‘la yechimini topmagan xulosalarning berilishi ushbu qoidalar asosida kirish imtihonlarida munozarali, javobsiz savollarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.

Umuman, o‘zbek tilshunosligida ravish yasalishi masalasiga zamonaviy yondashuv­lar — til unsurlarining nutqqa ko‘chirilishi muammosi bilan bog‘liq derivatsiya naza­riyasi nuqtayi nazaridan yondashish ham dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shu­ningdek, ravishning ma’no turlarini ajratish bilan bog‘liq murakkabliklar (uzoqdan, yaqinda, unda-bunda kabi ravishlarning konteksda payt, o‘rin, holat ravishlari bo‘lib kela olishi), darsliklarda so‘zning hatto ravish ekanligini aniqlash munozarali ekan­ligi (masalan, hech, sira, aslo kabi so‘zlar dam ravish, dam yuklama, dam olmoshda uchrashi, ravishga to‘la ko‘chib ulgurmagan ayrim ot, sifat, fe’llarning ravish deb talqin etilishi), qolaversa, nafaqat o‘zbek tilshunosligi, balki jahon tilshunosligida bu mavzuni o‘rganishda xilma-xilliklar mavjudligi maktabda ravish o‘qitish masalasiga yangicha yondashishni taqozo qilmoqda.

Bashorat BAHRIDDINOVA, QarDU “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi

Bir ot, sifat, fe’l, ravish nima

Biz turli so’zlarni ishlatish muloqot, biz taklif va so’zlar turli xil qurish. Va deyarli hech kim u o’z suhbatlarim foydalanadi nima so’z qismlari haqida o’ylaydi. Bir ot, sifat, fe’l yoki uning ayrim formasini: a so’zning talaffuz har bir kishi, albatta, fikr tahlil keladi.

Yana bir narsa, siz, maktab haqida yozma taklifi qilish kerak bo’lsa. Bu erda va har xil toifadagi so’zni tarqaldi.

so’z qismi nima?

Dunyodagi har bir narsa, har xil toifalarga bo’linadi. Shunday qilib, biz, insonlar, betartiblik, hech ishora yo’q edi, deb “javonlarda” barcha chiqib yotar uchun ishlatiladi. Shu narsa biz ilm-fan bilan qildim. Biz shunday qilib, turlari, turlari, kichik tip turli narsalarni va hodisalarni baham va. Albatta, u qachon, barcha tizimli juda qulay hisoblanadi.

Bu yondashuv so’z qismlari uchun amal qiladi. Axir, ular nima? Bu morfologik va sintaktik umumiy xususiyatlariga ko’ra turli toifalarga bo’linadi so’zlar bor. Shunday qilib, ular bir vakili so’z qismini (masalan, ism, sifat, fe’l, va hokazo). Ularning har biri o’z xususiyatiga ega va takliflar rol o’ynaydi.

Rus tilida nutq qismlari

so’z barcha o’n qismlari. Ular, shuningdek, kategorize mumkin. Birinchi guruh o’z ichiga oladi: ot (ona, sovg’a, quyosh), bir aniqlovchi (onamning, sovg’a, quyosh), son bilan (bir, ikki, uch) va olmosh (u, men, biz, o’zimiz). Ular ob’ektini va uning sifatlarini ifodalaydi.

Keyingi Turkum fe’l va ma’lumoti o’z ichiga oladi. Bu qanday harakatlar xususiyatlari bir xususiyati belgilaydi.

rasmiy deyiladi so’z qismlari bor (zarracha, edatlar, kavuşumları). Ular so’zlarni va jazoni ulang. Zarracha ma’no va hissiy yuk beradi.

Ko’rib turganimizdek, so’z (ism, sifat, fe’l, va hokazo. D.) qismi o’z maxsus xususiyatlarga ega va jumla tarkibida muayyan rol bajarish.

ot

so’z doirasida qanday? Bu, bir ob’ektga murojaat qilish mo’ljallangan. Bu “” yoki “nima” savollariga javob beradi. ona, mushuk, televideniye, gullar: masalan. Bu, shuningdek, ishi va qator burilish qarab, boshqa masalalar javob beradi. Misol uchun, “kim”, “nima” – odam daraxt.

Ismlar har xil turdagi bo’lgan (ayol: elektr, irodasi; erkaklar: qo’y, o’rmon, o’rtacha: sochiq, oyna; jami: crybaby, shifokor).

raqamlarda farq (birlik va ko’plik bor: kitob – kitob, bulut – bulut, bola – echki, kafedra – stullar, yog’och – daraxtlar).

Tirik (oqsil) va jonsiz (tosh) bo’linadi. Shu bilan birga u ishora ma’nosi aniqlash juda qiyin noun. Fe’llar, sifatlar va so’z boshqa qismlari kabi fikr almashish emas. haqiqat Tirik ob’ekti bilan noto’g’ri yoki yo’q, siz qoidalar ba’zi o’rganishimiz kerak kerak emas.

bir sifat nima?

Chiroyli, mehribon, ochiq-oydin, ajoyib – barcha bu ayrim ob’ekt oyat-belgilar bordir. Bu so’zlar – sifatlar. Ular savol “nima” javob.

ot kabi, sifatlar jinsi ko’ra farq qiladi: engil, nur, yorug’lik (uch turi mavjud: erkak – yaxshi va o’rtacha – – kambag’al, ayol aqlli); raqamlar bilan: yaxshi – yaxshi; birlik: yaxshi, yaxshi, yaxshi.

sifat (a qisqa shaklda bo’lishi va nisbatan turli daraja farq, zo’ravonlik o’zgaruvchan bo’lishi mumkin ob’ekti, xususiyatlari baribir ko’rsatish: – oq – oq oq) bor, nisbiy (hech narsa murojaat: temir, g’isht, eshik, deraza) va qaratqich (egallash ko’rsatadi: singlisining otamning, mening buvim ning).

Biz, aniqlovchi ism, deb o’rgangan. Fe’l – bu maqolada muhokama qilinadi so’z, keyingi qismi.

fe’l nima?

savolga javob harakatlarini ifodalaydi so’zlar “nima qilish kerak”, – harakatlar. , Shaxs-vaqti (albatta – Do – do), kollateral, – Ular xususiyatlari (qo’l bilan o’tib) bir qator bor mood (istak mayli), mehribon (qarang – SAW).

Ko’p odamlar noto’g’ri rus tili so’z qismlari soniga qarang so’zlarning ba’zi berilgan. Ismlar, sifatlar, fe’llar turli bo’ladi. Va ba’zi so’z qismlari bu turdagi olish. O’tgan – fe’llar – ham tez-tez so’z bir qismi sifatida ko’rgan turli shakllar bor. Keyingi, Biz ularga bir necha e’tibor beradi.

fe’lning shakllari

Sifatdosh, gerund, ko’p so’z alohida qismi sifatida tushunmoq. Lekin aslida ular fe’lning faqat shaklidir. Sifatdosh ob’ekt xususiyati o’zgartirish vaqti bir ish (davlat) anglatadi. Misol uchun: bobosi o’qish. Gerund – boshqa harakatlar belgisi sifatida harakat. Masalan: Men qilaroq, deb; Men bir orqaga qildi.

bir dir bilan yana bir holatda. Bu, odatda, bir, deb hisoblanadigan fe’l shaklida. Va haqli. U hech qanday yuz tuzilishi, vaqt, garov sonini, shuningdek, kayfiyatini va mehribon mavjud. Misol uchun: o’qish, yozish, ishlatish, boshlash uchun, deb o’ylayman.

Umumiylik ham bu xususiyatlarga ega. Bu sifat, fe’l o’xshash xususiyatlarga ega. Adjective, ot taklif ob’ektlar va ularning sifatlari yordamida qurilgan. vaqt davomida o’zgarib qodir bir ob’ekt atributi sifatida sifatdosh bir xil harakatni (davlat) anglatadi. Bu xususiyati u ba’zan juda adashtirmaslik bo’lgan sifat farq qiladi.

(Masalan, uchun tashuvchi uning ta’siri tufayli kelib chiqadigan alomat, – gijgijlash qochqinlar) va passiv – sifatdosh amal (o’ynab bola masalan xususiyati tashuvchi tomonidan amalga oshirilgan harakat,) hisoblanadi.

bir ravish nima?

so’z keyingi qismi, mavzu harakatlarini ko’rsatib, bir ishora, yaxshi sifatli hisoblanadi – unchangeability. Bu ravish hisoblanadi. Eng tez-tez u harakat oyat-mo”jiza ko’rsatib, fe’ldan anglatadi. Masalan: Men hayajonlanib tikilib, asta-sekin gapirdi. Bu tez-tez bir zarf belgisi (masalan: bo’yalgan yorqin ko’zlarini, bir juda g’alati hikoya) belgisini bildiradi, shuningdek, eng kamida, – ob’ekt sifatlari (masalan: oldinga bir qadam, ovoz chiqarib o’qish).

so’z bo’lingan qismlar ko’p har xil turdagi to’g’risida. Misol uchun, bir ot, bir sifat, fe’l. ravish guruhga bo’linadi. Olti jami.

  1. tarzda zarfları. Ular: «Qanday qilib”, “qanday qilib” savolga javob. Misollar:, tez tayyorlash bilan birga yashashni, otda chiqishdan, yomon uyqu.
  2. vaqt Adverbs ( “qachon”). Misollar: kecha bilib bugun ko’tarildi, men ertalab keldi va kechqurun qaytib qishda skate, yoz bo’ldi, hozir va hokazo bir dam kun oldin sodir ..
  3. joyi Adverbs, “qaerda”, “qanday qilib”, “qaerda” savolga javob berish. Misol uchun: bu erdan olish, u erga borish, bu erda bo’lish.
  4. darajasi va harakatlar ravish ( “qancha”, “qanday”). Bu so’zlarni, masalan, ikki marta, ko’p etarli emas, deb, juda, juda, t. D. o’z ichiga olishi mumkin
  5. Keyingi raqamli – Adverbs sabablari, savol “Nima uchun” va “Nega” javob. Bu paytdan aqlsiz, qo’qqisdan kabi so’zlarni o’z ichiga oladi.
  6. Adverbs maqsadi “nima uchun”, “nima maqsadda” savol javob. Misol uchun: ataylab, afsuski Belgilangan zaharlab, men ataylab qoldirgan.

xulosa

ot, sifat, fe’l va ravish: Ushbu maqolada biz so’z qismlari ba’zi qaradi. Ularning har biri o’z xususiyatiga ega va ular juda muhim va zarur bo’lgan nima hukm, qurish ta’sir qiladi. Buning ajablanarli joyi yo’q, ular so’z qismlarini deyiladi. Bu emas holda, komponentlarini taklif etadi.

M. hamroev, D. Muhamedova, D. Shodmonqulova, X. G`Ulomova, sh. Yo`Ldosheva, ona tili

RAVISH
Harakat va holatning belgisini, belgining belgisini (sifat va ravishning), ba’zan predmetning (ot) belgisini bildiradigan mustaqil so`z turkumi ravish deyiladi. Masalan: Qutlug`jon tez orada o`zbekcha biyron-biyron gaplasha boshladi (O.). Ko`kday bepoyon mening Vatanim (Q.Hikmat).

Sifat so`z turkumi kabi ravish ham belgi bildiradi. Lekin sifat, asosan, predmetning belgisini, ravish esa, asosan, ish-harakatning belgisini, belgining belgisini bildiradi.

Ravish ish-harakatning bajarilish tarzi (astoydil urindi), payti (hozir keldi), o`rni (yuqoriga intildi), miqdori (kam gapirdi), darajasi (nihoyatda achindi), sababi (noiloj ko`ndi) va maqsadi (jo`rttaga indamadi)ni anglatadi.

Ayrim ravishlar ba’zan otga bog`lanib, predmetning noaniq miqdorini (ko`p kitob), sifat va ravishning o`ziga bog`lanib, belgini kuchini; darajasini, o`xshashligini (obdon pishiq, ancha ilgari, toshday qattiq) ifodalaydi. SHu ma’no xususiyatlariga ko`ra ravish qanday? qay tarzda? qachon? qaerga? qaerda? qaerdan? qancha? qay darajada? nega? nima maqsadda? kabi so`roqlariga javob bo`ladi.

Ravish o`ziga xos grammatik xususiyatlarga ega:

1) ravish boshqa so`z bilan bog`lanib kelganda morfologik jihatdan o`zgarmaydi (so`z o`zgartiruvchi affikslarni olmaydi). Lekin ma’lum kelishik yoki egalik kelishik shaklida (qotib qolgan holda) ravishga ko`chgan so`zlar mavjud: kunda, yiliga, kunduzi, chindan, rostdan, yaqinda, birdan, birga kabi.

2) ravish belgi bildiruvchi so`z bo`lgani uchun sifat kabi belgini (harakatning belgisini) darajalab, chog`ishtirib ko`rsatish xususiyatiga ega. Biroq ravishlarda daraja anglatish sifatlardagi kabi taraqqiy qilgan emas. Ravish ham uch daraja ko`rinishiga ega: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja. Daraja ma’nosi sifat darajalaridagi vositalarning o`zi bilan ifodalanadi. Belgini darajalab ifodalash, asosan, holat ravishlari (ayrim payt va miqdor)ga xos.

Oddiy daraja. Oddiy darajada ravish ish-harakat belgining normal holatda (chog`ishtirilmagan holatda) ekanligini bildiradi va o`ziga xos morfologik ko`rsatkichga emas: Usmonjon gunoxkorona jilmaydi (S.Z.).

Qiyosiy daraja. Qiyosiy darajadagi ravish harakat belgisining boshqa belgi bilan chog`ishtirish orqali belgining kamligi, kuchsizligi, ko`pligi, ya’ni kuchaytirish ma’nosini ko`rsatadi va ravishlarga -roq affiksini qo`shish bilan hosil qilinadi: astaroq, ozroq, barvaqtroq, keyinroq kabi: Zaynab ilgariroq, Kumush keyinroq ichkariga kirishdi (A.Qodiriy). Ba’zan qiyosiy darajadagi ravishdan oldin sal, yana, tobora kabi ravishlar keladi. Bunday holda kuchaytiruv va kuchsizlantiruv ekspressiv yo`l bilan yanada orttirilgan bo`ladi: Sal burunroq o`tkazilsa, ancha bo`y bergan bo`ladi (SH.Rashidov).

Orttirma daraja esa ravishdan oldin juda, nihoyatda, eng, hammadan kabi so`zlarni keltirish bilan hosil qilinadi va harakat belgisining normal holatdan o`ta ortiqligini, kuchaytirilganligini ifodalaydi: Bu yurtda eng avval senda tong otar, Eng keyin tark etar seni quyoshing (E.Vohidov). Imon bilan amal bir-biriga juda yaqindir. Ular bir-birisiz durust emas (Hadisdan).

3) ravishning fe’lga bog`lanib, gapda ko`pincha hol vazifasida kelishi, uning asosiy grammatik xususiyatlaridan biri sanaladi: Ogahiy yaratgan she’riy misralar o`zining serjiloligi bilan kishilarni hamon o`ziga rom qilib kelmoqda (Kaykovus).

4) ravish sifat va ravishga, ba’zan otga bog`lanib kelib, belgini belgisini bildiradi, gapda sifatlovchi-aniqlovchi vazifasi bajaradi: Tog`day og`ir bilak berdim. (H.O.).

Ba’zi ravishlar otga ham bog`lanib, uning belgisini ko`rsatadi va sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi. Fe’lga bog`lanib, harakatning belgisini bildirgan sifatlar ravish so`z turkumiga o`tib ketmagani kabi, otga bog`langan ravishlar ham sifat turkumiga o`tmaydi: U ancha jo`yaklarni oraladi, ancha qovunlarni ushlab, qay birini uzishni bilmadi (O.). Etti qizning onasi haligacha kelinchak (Topishmoq).

5) ravish otlashish xususiyatiga ega, ya’ni ravish bog`lanib kelgan ot gapda qo`llanmasligi mumkin. Bunday holda ravig otga xos egalik, kelishik, ko`plik affikslarini qabul qiladi va gapda ot kabi ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to`ldiruvchi vazifalarida keladi: Ko`pni ko`rgan ko`hna dunyoda Baxt axtarib ko`plar o`tdilar (H.O.). Ilm ko`pga etkazar, hunar esa ko`kka (Maqol). Har bir ishimizdan ertaning shabadasi kelib turibdi, o`g`lim (O.).

Ravishlarda otlashish hodisasi, asosan, holat, miqdor belgisini (ba’zan payt belgisi) bildiruvchi ravishlarga xos.

6) ravish gapda hukm tushunchasini anglatib bosh bo`lak ot kesim vazifasida ham keladi: Odam har qancha olim bo`lsa ham, uning o`zi sezmagan kamchiliklari ko`p («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).

7) ravish so`z yasalish xususiyatiga ega. Ravish yasovchi maxsus so`z yasovchi affikslar mavjud: do`stona, yangicha, tasodifan, butunlay kabi. Bunday usul bilan ravish yasalishi morfologik usul sanaladi. Ravish sintaktik usul bilan ham yasaladi: bir oz, har gal, bir yo`la, dam-badam kabi.

8) ravishlarda modal ma’no yasalishi ham mavjud. Bunday shaklda kelgan ravishlar harakat belgisining kuchsizligi, ta’kid, noaniqlik kabi ma’nolar anglatadi. Bu modal ma’no sintetik shakl orqali hosil qilinadi, ya’ni ravishga -roq, -gina (-kina, -qina) affikslarini qo`shish orqali: ko`proq, endigina, sekingina, kechagina kabi hamda ravishlarni aynan takrorlash yo`li bilan hosil qilinadi: asta-asta, tez-tez, sal-pal kabi.

Men ko`proq uni ko`rish niyatida yurar edim, lekin o`ylaganim bo`lmadi (P.Qodirov). Hasanali sekingina daricha ostig`a yotib hujra ichiga quloq soldi (A.Qodiriy). CHiqsak ham Sulton amaki bilan chiqardik. Sekin-sekin unga o`rgana boshlagandik (H.Nazir).

Ravishlarning ma’no turlari

Ravishlar ma’no jihatdan olti guruhga bo`linadi: 1) holat ravishi, 2) payt ravishi, 3) o`rin ravishi, 4) miqdor-daraja ravishi, 5) sabab ravishi, 6) maqsad ravishi.

Holat ravishi. Holat ravishi ish-harakatning qay tarzda, qay holatda bajarilishini bildirib, qanday? qay tarzda? qanday qilib? kabi so`roqlarga javob bo`ladi: asta, sekin, tez, piyoda, ayov, qo`qqisdan, tasodifan, xomlay, ochin-to`kin, butunligicha, jim, darov, darhol, zo`rg`a, birdan, birga, majburan, yaqqol, harbiylarcha, o`zbekcha, yuzma-yuz, ochiq-oydin kabi.

Holat ravishlari, asosan, ravish holi otga bog`lanib kelganda sifatlovchi-aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi: Bobur ota yurtidan ajralganini endi astoydil his qildi (P.Q.). Salqin shabadasi kelib olqishlar bizning g`olibona bayrog`imizni (A.M.). Auditoriya jimjit, hamma unga qarar (P.Q.).

Payt ravishi. Payt ravishi ish-harakatning paytini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? kabi so`roqlarga javob beradi. Payt ravishlariga: hozir, boya, hali, endi, oldin, burun, avval, qadim, bultur, tunov kun, yaqinda, hamisha, hanuz, hamon, bugun, indin, keyin, so`ng, yiliga, dastlab, har kuni, erta-indin, erta-kech, qishin-yozin kabilar kiradi.

Payt ravishlari asosan, payt holi, ba’zan kesim vazifasida keladi. Masalan: Sen bir birodaringning ayblarini zikr qilmoqchi bo`lsang, avval o`z ayblaringni esla! (Imom Ismoil al Buxoriy). Bugun sening tug`ilgan kuning, Bugun uying to`ladi gulga (H.O.).

O`rin ravishi. O`rin ravishi ish-harakatning bajarilish o`rnini va harakat yo`nalgan tomonni anglatadi. O`rin ravishi qaerga? qaerda? qaerdan? kabi so`roqlarga javob berib, ularga nari, beri, oldinga, pastda, tubanda, yuqoridan, quyidan, u yoqqa, bu yoqqa, yaqinda, orqadan, to`g`riga, chapda, o`ngda kabilar kiradi.

O`rin ravishlari gapda, asosan, o`rin holi ba’zan esa kesim vazifasini bajaradi: Biror kishi gapirgan paytida u yoq – bu yoqqa qarab qo`ysa, demak bu gap omonatdir (Hadisdan). YOshi ulug` Nazarali ota shu erda (G`.G`ulom).

Miqdor-daraja ravishi. Miqdor-daraja ravishi ish-harakatning miqdoriy belgisi, bajarilish darajasini, shuningdek, predmetning noaniq miqdori, belgining darajasi va miqdorini anglatadi.

Miqdor-daraja ravishlari ma’no xususiyatiga ko`ra ikki guruhga bo`linadi: miqdor ravishi va daraja ravishi.

Miqdor ravishi miqdor tushunchasini anglatib, harakat-holatning bajarilishida uning miqdoriy belgisini ko`rsatadi. SHu bilan birga miqdor ravishi otga ham bog`lanib kela oladigan ravish turidir, shu jihatdan bu ravishlar predmetning noaniq miqdorini ham ifodalaydi. Miqdor ravishi qancha? so`rog`iga javob berib, ularga ko`p, mo`l, kam, bir oz, sal, picha, xiyol kabilar kiradi.

Daraja ravishi daraja tushunchasini anglatib, harakat-holatning bajarilish darajasini ko`rsatadi. Ba’zan daraja ravishlari sifat va ravishning o`ziga bog`lanib kelib, belgi ma’nosini kuchaytirib keladi. Bu ravishlar qay darajada? so`rog`iga javob berib, ularga tez, g`oyat, nihoyatda, obdon, yana, o`ta, tag`in, aslo, sira kabilar kiradi.

Daraja ravishlari belgi ma’nosini kuchaytirishiga ko`ra (juda, g`oyat) sifat va ravishlarning orttirma darajasini hosil qiladigan element sifatida ham qatnashadi.

Miqdor-daraja ravishlari, asosan, miqdor-daraja holi, ba’zan kesim vazifasini bajaradi: Mo`l-ko`l nur to`kar, ko`kdan qadrdon quyoshimiz (E.Vohidov). Biroq ko`zgu shunaqangi xira Ediki, o`zimning yuzimni zo`rg`a ko`rardim (O`.H.).

Miqdor-daraja ravishi predmetning belgisini bildirib, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida ham keladi: Ko`p gap quloqqa yoqmas (Maqol).

Sabab ravishi. Sabab ravishi ish-harakatning bajarilish sababini anglatadi. Sabab ravishi nega? nima uchun? nima sababdan? kabi so`roqlarga javob bo`ladi va ularga noiloj, noilojlikdan, chorasiz, chorasizlikdan kabi ravishlar kiradi.

Sabab ravishi, asosan, sabab holi vazifasini bajaradi: Qunduzoyning qistashi bilan noiloj birinchi qatorga borib o`tirdi (Oydin).

Maqsad ravishi. Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni anglatib, nega? nima maqsadda? kabi so`roqlarga javob beradi. Bu ravishlarga atay(in), ataylab, jo`rttaga, qasddan kabilar kiradi. Maqsad ravishi gapda, asosan, maqsad holi vazifasini bajaradi: YUksak binolar tomon, Bordik bizlar atayin (Po`lat Mo`min).
RAVISHLARNING YASALISHI

O`zbek tilida ravishlar, asosan, 2 xil usul, affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi.

Affiksatsiya usuli bilan ravish yasashda so`z negiziga maxsus ravish yasovchi affikslarni qo`shish bilan ravish yasaladi. Ravishning bu usul bilan yasalishida ko`pincha ot, ba’zan sifat, son, olmosh, fe’lning sifatdosh va harakat nomi shakllari, shuningdek ravishning o`zi asos bo`ladi.

Ravish yasovchi affikslar quyidagilar:

-an: taxminan, rasman, tasodifan, majburan kabi. Bu affiks ot, sifat asosidan ravish yasaydi.

-cha: o`zbekcha, yangicha, boshqacha, o`zicha, istagancha, hozircha kabi. Bu affiks ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ravish asosidan ravish yasaydi.

-incha: ko`pincha, aksincha kabi. Bu affiks ravish, sifat asosiga qo`shilib ravish yasaydi.

-larcha: o`rtoqlarcha, qarindoshlarcha, aybdorlarcha, vahshiylarcha kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga qo`shilib ravish yasaydi.

-ligicha: tirikligicha, xomligicha, ozligicha, xo`lligicha kabi. Bu affiks sifat, ravish asosiga qo`shilib ravish yasaydi.

-lay: tiriklay, butunlay kabi. Bu affiks sifat va olmosh asosidan ravish yasaydi.

-ona: do`stona, fidokorona, g`olibona, qadimona kabi. Bu affiks ot, sifat, ravish asosidan ravish yasaydi.

-lab: haftalab, yaxshilab, bittalab, ko`plab kabi. Bu affiks ot, sifat, son, ravish asosiga qo`shilib ravish yasaydi.

-chasiga: dehqonchasiga, eskichasiga kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga qo`shiladi.

-siga: tikkasiga, yappisiga kabi. Bu affiks sifat, olmosh asosiga qo`shilib ravish yasaydi.

-n (-in): ertan, kechin, yashirin kabi. Bu affiks ravish, fe’l asosiga qo`shilib ravish yasaydi.

-siz, be-: tinimsiz, to`xtovsiz, beto`xtov kabi. Bu affikslar omonim affiks sifatida sifatdan tashqari ot, harakat nomi asosidan ravish yasaydi.

-day (-dek): toshdek, gulday kabi. Bu affikslar ot asosiga qo`shilib ravish yasaydi.

Kompozitsiya usuliga ko`ra ikki so`z asosini ma’lum bir qolipda birikishi, tizilishi orqali harakatning bitta belgisini ifodalaydigan ravish yasaladi. Bu usul bilan qo`shma va juft ravishlar yasaladi.

Qo`shma ravish quyidagicha yasaladi:

1) har olmoshi bilan o`rin yoki payt ma’nosini bildiruvchi so`zlarni biriktirish bilan: har vaqt, har lahza, har on, har gal, har yoq, har zamon kabi;

2) ko`rsatish olmoshlariga yon, er, yoq so`zlarini qo`shish bilan: shu er, shu yoqqa, shu yonda, bu erda, bu yoqqa, o`sha yoqda, o`sha yoqqa, u erdan kabi;

3) bir soniga o`rin, payt, miqdor ma’nosini bildiruvchi so`zlarni yoki mustaqil ishlatilmaydigan so`zlarni qo`shish bilan: bir zum, bir lahza, bir zamon, bir yo`la, birmuncha, birvarakay, bir yoqqa, birato`la, bir oz kabi;

4) turli so`z turkumiga oid ikki so`z shaklining (o`z leksik ma’nosini saqlagan, ba’zan mustaqil ishlatilmaydigan so`z bilan) birikishi bilan: tez orada, hali zamon, shu zahoti, tunov kun, kuni kecha, qadim zamon, ozmuncha kabi.

Juft ravish ikki so`zning teng bog`lanishi bilan yasaladi.

Juft ravish quyidagicha yasaladi:

1) ma’nosi bir-biriga yaqin (sinonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: asta-sekin, ochiq-oydin, eson-omon kabi;

2) qarama-qarshi ma’noli (antonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: bugun-erta, yozin-qishin, nari-beri kabi;

3) –ma (-ba) elementlari, shuningdek, chiqish va jo`nalish (ba’zan bosh) kelishigi shaklini olgan so`zlarni takrorlash bilan: yuzma-yuz, yonma-yon, dam-badam, kundan-kunga, naridan-beri, kamdan-kam kabi;

4) turli fe’l shakllarining takrorlanishi hamda ularni bo`lishli va bo`lishsiz shaklda takrorlash bilan: qayta-qayta, sezilar-sezilmas, qo`yarda-qo`ymay, bilinar-bilinmas kabi.
Ravishlarning tuzilishi jihatdan turlari
Ravish tuzilishiga ko`ra: 1) sodda, 2) qo`shma, 3) juft, 4) takroriy ravishlarga bo`ladi.

Sodda ravishlar bir o`zak morfemadan tuziladi: yaqqol, ko`p, hozir, vijdonan, kamtarona kabi.

Qo`shma ravishlar ikki so`z asosining birikishi orqali tuziladi: har gal, bir vaqt, tez fursatda, shu yoqqa kabi.

Juft ravishlar ikki so`z asosining teng bog`lanishidan tuziladi: hali-beri, erta-kech, eson-omon kabi.

Takroriy ravishlar esa bir so`z asosini aynan takrorlash bilan yoki ikkinchi takrorlangan ravishda tovush o`zgarishi yuz bergan holda tuziladi: endi-endi, asta-asta, oz-moz, sal-pal, zo`rg`a-zo`rg`a kabi.

Takroriy ravishlar so`zning leksik ma’nosini o`zgartirmay, balki ortiqligi, kamligi, noaniqlik, ta’kid kabi qo`shimcha ma’nolarni ifodalab keladi.

YORDAMCHI SO`Z TURKUMLARI
Yordamchi so`z turkumlari mustaqil so`z turkumlaridan farqlanadi. Ular lug`aviy ma’noga ega emas, morfologik jihatdan o`zgarmaydi, gapda sintaktik vazifa bajarmaydi, yasalish xususiyatiga ega emas.

Mustaqil lug`aviy ma’noga ega bo`lmay, gap bo`laklari va gaplarni o`zaro bog`lash, xilma-xil munosabatlarni ko`rsatish yoki ularga qandaydir qo`shimcha ma’no qo`shishga xizmat qiladigan so`z turkumlari yordamchi so`z turkumlari deyiladi. YOrdamchi so`z turkumlariga bog`lovchi, ko`makchi va yuklama kiradi.

Gap bo`laklarini yoki qo`shma gapning qismlarini bog`laydigan yordamchi so`zlar bog`lovchi deyiladi. Bog`lovchilar gap bo`laklari va ayrim sodda gaplarni o`zaro qanday munosabatda ekanliklarini ko`rsatadi. Farzand olgan tarbiyasiga qarab ota-onasiga rohat yoki jazo keltiradi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur») Kumush ichkariga kirib ko`zdan g`oyib bo`ldi, lekin Otabek yana bir necha daqiqa erga mixlangandek qotib turdi. (A.Qod.)

Bog`lovchilar qo`llanishiga ko`ra ikki turli bo`ladi: 1. YAkka bog`lovchilar. 2. Takroriy bog`lovchilar.

YAkka bog`lovchilar uyushgan bo`laklar va ayrim gaplar orasida yakka holda qo`llanadi. Bular va, hamda, lekin, biroq, -ki (-kim), chunki, agar, gar, balki, go`yo, basharti, garchi, go`yoki, holbuki, vaholanki.

Xazon qilmas Zaynabni zamon Va otashda o`rtanmas Omon (H.O.) Bu gullarni Azizxon, go`yo ona o`z farzandini ardoqlagan kabi ardoqlardi. (S. Jamol). Ahli majlis Otabekni ko`klarga ko`tarib maqtar edi, lekin Homid bu maqtashlarga ishtirok etmas va nimadandir g`ijingandek ko`rinar edi. (A.Qod.)

Takroriy bog`lovchilar bir gapda ikki yoki undan ortiq o`rinda gap bo`laklari, shuningdek qo`shma gaplarda ayrim sodda gaplar bilan birga aynan takrorlanadi. Bular dam. dam, goh. goh, xoh. xoh, yo. yo, yoki. yoki, ham. ham, ba’zan. ba’zan, bir. bir. Masalan, U goh dashtdagi otlarning kishnashiga, goh yaqin chodirdagi go`zal kanilarning mayin kulgulariga quloq solib yotarkan, olam beg`ubor bo`lib tuyular edi. (O.YO.) YO bir maslahatni aytib bo`ladi, yo ro`zg`or ishni. (CHo`lpon). Dam bobomga, dam uning o`rtog`iga tikilaman. (O.) Dadasi. erkatoy o`g`lining bu arzini eshitib, bir hayratga tushdi, bir quvondi. (O.YO.)

Takroriy bog`lovchilardan yo,yoki yakka holda ham qo`llanishi mumkin, ham, ba’zan, bir so`zlari esa yakka holda qo`llansa bog`lovchi bo`la olmaydi. Navoiy Xuroson va Movarounnahrda yashamoqda bo`lgan yoki dunyodan ko`z yumgan yuzlarga shoirlarni xotirga oldi. (O.) Bu erda qovun tekin. Uzib beraymi yo o`zingiz uzasizmi? (S.Ahmad).

Bog`lovchilar gapdagi vazifasiga ko`ra ikki xil bo`ladi: 1) teng bog`lovchilar; 2) ergashtiruvchi bog`lovchilar.

TENG BOG`LOVCHILAR

Teng bog`lovchilar grammatik jihatdan teng huquqli gap bo`laklarini va gaplarni o`zaro bog`lashga xizmat qiladi. Masalan, Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir. (Stefan TSveyg). Agar so`zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. (H.O.)

Teng bog`lovchilar biriktiruv, zidlov va ayiruv bog`lovchilariga bo`linadi.

Biriktiruv bog`lovchilari: va, hamda, bilan, ham. Bu bog`lovchilar gapning uyushiq bo`laklarini, qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog`laydi. Biriktiruv bog`lovchisi va eng ko`p qo`llanadigan bog`lovchidir. Bu bog`lovchi:

1) gapning uyushiq bo`laklarini bog`laydi: Aqlli odam olimlar, fozillar va tadbirli xunarmandlarning suhbatlarida bo`ladi, ulardan bahra oladi («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»);

2) qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog`lashga xizmat qiladi va turli ma’no munosabatlarini ifodalaydi. Masalan: Hamid Rahmat bilan birga Otabekni Ziyo akanikiga taklif qilgali kelgani edi va biz ularni osh-suv qilib jo`natgan edik. (A.Qod.)

Ham, hamda bog`lovchilari ham gapning uyushiq bo`laklarini va qo`shma gap qismlarini bog`lash uchun qo`llanadi. Sultonmurod ham do`st Zayniddin cheksiz quvondilar. (O.) Kun sovidi hamda erlar muzladi.

Ham so`zi bog`lovchi bo`lib emas, balki gap ma’nosini yoki ayrim gap bo`laklarini ta’kidlash, kuchaytirish uchun ko`p ishlatiladi. Quyosh ham oltin to`rlarini to`kib, mag`rur ko`tariladi (O.)

Biriktiruvchi bog`lovchilari bilan ko`makchisi, -da, -u(-yu) yuklamalari ham qo`llanadi.

Bobom asta ko`zlarini yumadi-da, allaqanday uzoq bir xayolga ketadi. (O.) Onayu bola – gulu lola. (Maqol). SHudgorda Jannatxola bilan Zebixon qoldi. (S.A.)

ZIDLOV BOG`LOVCHILARI
Zidlov bog`lovchilari: biroq, ammo, lekin, balki, xolbuki. Bu bog`lovchilar mazmunan bir-biriga qarama-qarshi qo`yilgan bo`laklarni yoki gaplarni bog`lash uchun xizmat qiladi.

Biroq, ammo, lekin bog`lovchilari gap bo`laklarini bog`lab kelganda zidlik ma’nosini, shu bilan birga, gap mazmunini to`ldirish, izohlash, qiyoslash uchun ham xizmat qiladi. Qo`shma gap qismlari tarkibidagi sodda gaplarni bog`lashda esa keyingi qism avvalgi qismda aytilgan fikrga qarama-qarshi, zid faktlar ifodalanadi. SHuning uchun bu faktlar, voqea-hodisalardan faqat bittasining bo`layotganini, ikkinchisi inkor etilganigi ma’nosi anglashiladi. Masalan, Mahallada bolalar ko`p, lekin bir-biriga o`xshamaydi. (O.) Har narsaning yangisi, ammo do`stning eskisi yaxshi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). O`xshash mevalarni saralaydi, xidlaydi, biroq egisi kelmaydi. (O.)

Zidlov bog`lovchilari gap boshida kelib, avval aytilgan fikrga zid bo`lgan yangi fikrli gapni oldingi gapga bog`laydi:

Mazmunan bir-biriga qarama-qarshi gap bo`laklari va gaplarni bog`lashda –da, -u (-yu) yuklamalari ham qo`llanadi. Sobir kichkina-yu, pishiqqina (O.)

AYIRUV BOG`LOVCHILARI:
Bu guruhga yo, yoki, yo. yo, yoxud, dam. dam, goh. goh, xoh. xoh, ba’zan. ba’zan, bir-bir kabi so`zlar kiradi.

Bu bog`lovchilar narsa, voqea-hodisalarni boshqarishdan ajratish yoki ularning galma-gal bo`lishini ko`rsatish uchun xizmat qiladi.

Bulardan yo, yoki, yo. yo, xoh. xoh bog`lovchilari uyushgan bo`laklarning birini ikkinchisidan, biror voqea, hodisa yoki ish-harakatni boshqasidan ayirib ko`rsatish uchun ishlatiladi: Poshshaxon Umrinisabibining qizini yo ko`rmadi, yo ko`rsa ham nazarga ilmadi. (CHo`lpon). «YO podshoh biron erga chiqadi yoki elchi kelishi kutiladi», – dedi Zayniddin. (O.) Xoh ishoning, xoh ishonmang, birinchi kuniyoq to`qqiz tonna paxta teribman. (S. A.)

Ba’zan. ba’zan, dam. dam, goh. goh bog`lovchilari esa galma-gallikni, navbat bilan almashinib, takrorlanib turishni ifodalaydi. Dam tekisliklar bo`ylab balandga, dam pastga tushib boramiz. (O.) Nimqorong`i shiftga tikilib yotgancha xayol suraman: goh katta shaharlarga borib qolaman, goh daryolarda suzaman. (O`.Hoshimov) Hasanali eshitmadimi yoxud eshitsa ham eshitmaganga soldimi, har nechuk javob bermadi (A. Qod.)

ERGASHTIRUVCHI BOG`LOVCHILAR

Ergashtiruvchi bog`lovchilar qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga tobelanish yo`li bilan bog`laydi.

Ergashtiruvchi bog`lovchilar grammatik aloqalarni ifodalash va ma’nolariga qarab: 1) aniqlov bog`lovchisi; 2) sabab bog`lovchilari; 3) chog`ishtiruv bog`lovchilari; 4) maqsad bog`lovchisi; 5) shart va to`liqsizlik bog`lovchilariga bo`linadi.

Aniqlov bog`lovchlari. YA’ni, -ki (-kim) aniqlov bog`lovchilari ergash gaplarni bosh gapga bog`lash uchun qo`llanadi. Bilib qo`yki, seni Vatan kutadi. Mirzo Ulug`bek joyiga o`tirmagan ham ediki, saroybon kirib, ikkinchi nomani tutdi. (O.YO.)

Sabab bog`lovchilari. CHunki, shuning uchun, negaki, zeroki, nainki. Bu bog`lovchilar ergash gapni bosh gapga bog`lab, sabab, payt ma’nolarini ifodalaydi. CHorasi bo`lmagan ishga kirishma, chunki undan qutilib bo`lmaydi. (Amir Temur o`gitlari) Ko`chadagi suv ariqning tegidan sayoz oqar, shuning uchun undan foydalanish qulay emas edi. (A.Qod.) U ikki, balki uch yildan buyon o`z to`yini kutar edi. (O.)

CHog`ishtiruv bog`lovchilarigo`yo, go`yoki. Bu bog`lovchilar bosh gapda ifodalangan fikrni ergash gapdagi fikr bilan qiyoslab ko`rsatadi. Sen menga baxsh etding ko`rkam bir yoshlik, go`yo qalbimda ulg`aydi quyoshday viqor. (J.Jabborov). Nihoyat chollar jim bo`lishadi, go`yo yoshliklarini sog`inganday boshlarini quyi solishadi (O.)

Maqsad bog`lovchisi. Toki maqsad bog`lovchisi qo`shma gap tarkibidagi maqsad ma’nosini ifodalagan ergash gapni bosh gap bilan bog`laydi. YOmonlarning jazosini berish kerak, toki ular yaxshilarning boshiga yomon kunlarni solmasinlar. (H.G`.)

SHart va to`liqsizlik bog`lovchilari. Agar (gar), modomiki, basharti, garchi, garchand, mabodo, bordiyu.

Bu bog`lovchilar shart va to`liqsiz ergash gaplarning bosh gapga bo`lgan munosabatdagi shartni, shu bilan birga to`liqsizlik ma’nolarini anglatadi: Agar kishining hayoti biror maqsad, biror g`oya uchun kurash bilan o`tsa, bunday hayotga hech afsus qilmaslik kerak. (M.Ibr.) Bu oqshom, garchi tevarak tinch bo`lsa ham, kechagidan ko`ra qo`rqinchliroq, ezuvchanroq tuyular edi. (O.)

BOG`LOVCHI VAZIFASINI BAJARUVCHI SO`ZLAR
Boshqa so`z turkumiga oid so`zlar ba’zi so`zlar ham bog`lovchi o`rnida qo`llanadi: deb, degan, kim, nima, qaysi, qancha, qaerda, bordiyu.

Masalan: Umrim shirin o`tsin deb, tilni tiydim hamisha. Ayvonda Hurmatbibi bilan onam choy ichib, gaplashib o`tirishibdi (O.) Kim ko`p o`qisa, u ko`p biladi.

Yengil Ona Tili. Ravish So`z Turkumi

JONLI EFIR — Ravish so`z turkumi haqida to`liq ma`lumot. Ravishlarning ma`no turlari. Ravishlarning tuzilishi.

Most recent Profi Education channel videos

  • Почему Именно Profi School?
  • Интервью С Генеральным Менеджером Hilton Tashkent City, Диловар Хасанов
  • Vhotec Education – Darslar Atmosferasi. Hilton Mehmonxonasida

Useful links from this video
Подписывайтесь на наш Telegram канал! @thewikihow открыть Мониторим видео тренды 24/7

Explore more videos from Profi Education

Video Views Date
1 080 09.09.2022
Guvohga Tergovda Sarflagan Xajatlari Qoplab Beriladimi? – Guvoh jinoyat ishida sarflagan xarajatlarini kim qoplab beradi? Videoda siz ushbu savolga javob topishingiz mumkin. Agav video yoqqan bo’lsa, like.
801 29.08.2022
Наш Ученик Поступил В Американский Университет – Здравствуйте, друзья Вот и наша гордость! Знакомьтесь, Абдукадыров Жасур который поступил в Американский университет Гирне направление- медицина .
2 464 01.08.2022
Qancha Vaqt Dars Qilish Kerak – Ushbu videoda siz dars qilish uchun qancha vaqt sarflash kerakligi haqida qiziqarli malumot bilib olasiz.

Поделиться с друзьями:

Скопировать ссылку Добавить временную метку Включение данной опции позволит добавить к ссылке время начала воспроизведения видео, где H:M:S – часы:минуты:секунды

Копировать

Фото обложки и кадры из видео

Скопировать ссылку
Скопировать ссылку
Скопировать ссылку
Скопировать ссылку

Yengil Ona Tili. Ravish So`z Turkumi, Profi Education

Аналитика просмотров видео на канале Profi Education

Гистограмма просмотров видео «Yengil Ona Tili. Ravish So`z Turkumi» в сравнении с последними загруженными видео.

Теги:

Grammatika Morfologiya Sintaksis Mustaqil So`z Turkumlari Ravish Holat Ravishlari Ravishlarning Tuzilishi Egalik Shakli Kelishiklar Namoz Malim Ona Tili O`zbek Tili Turkiy Til еще

Qiziqarli malumotlar
Bir ot, fe l, ravish nima, sifat