BIOLYUMINESSENSIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BIOLYUMINESSENSIYA haqida malumot bilib oling.

BIOLYUMINESSENSIYA (bio…, yun. lumen — yorugʻlik, escent — kuchsiz, sust maʼnosini anglatadigan qoʻshimcha) , funksional xemolyuminessensiya — tirik organizmlarning kucheiz nur hosil qilish xususiyati. Biolyuminessensiya bakteriyalar, zamburugʻlar, radiolariyalar, bulutsimonlar, qisqichbaqasimonlar, hasharotlar, baliqlar orasida uchraydi. Biolyuminessensiya dengiz hayvonlari orasida koʻproq qayd etiladi. Biolyuminessensiya asosida fermentativ oksidlanish reaksiyalari yotadi, koʻp hollarda reaksiya natijasida elektron qoʻzgʻalgan holatdagi mahsulotlar hosil boʻladi. Mahsulotdagi qoʻzgʻalish energiyasi mahsulotning asosiy holatga kvant utishi davomida nur kvantlari tarzida sochiladi. Hyp hosil qiladigan oksidlanuvchi modda lyutsiferin, jarayonda ishtirok etadigan ferment esa lyutsiferaza deyiladi. Lyutsiferin va lyutsiferazalar kimyoviy tabiati jihatidan har xil boʻlganligidan organizmlar tarqatadigan lyuminessent nurlar ham turlicha boʻladi. Baʼzan Biolyuminessensiya lyutsiferaza ishtirokisiz ham amalga oshadi. Bakteriyalarda Biolyuminessensiya biologik oksidlanish bilan bogʻliq boʻlib, reaksiyada lyutsiferin sifatida flavinmononukleotid va har xil organik kislotalarning aldegidlari namoyon boʻladi. Jarayon bakterial lyutsiferaza ishtirokida amalga oshadi. Bakteriyalar bir sekundda 100 kvant ajratadi. Meduzalardagi Biolyuminessensiyada kislorod sarf etilmaydi va lyuminessensiya maxsus oqsil—ekvarinning kalsiy ionlar bilan taʼsirlashishi natijasida sodir boʻladi. Hasharotlar (mas, yaltiroq qoʻngʻiz) Biolyuminessensiya lyutsiferin, ATF, magniy ionlari va kislorod ishtirokida maxsus ferment—lyutsiferaza taʼsirida amalga oshadi. Radioelektronika erishgan muvaffaqiyatlar tufayli Biolyuminessensiyaning bioxemilyuminessensiya tipi — oʻta zaif nur tarqatish hodisasi kashf etildi. Bioxemilyuminessensiya odatda toʻqimalarda toʻyinmagan yogʻ kislotalarining pereksli oksidlanish jarayonida spontan tarzida yuzaga keladi. Biolyuminessensiya hosil qiluvchi moddalarning joylashgan oʻrniga binoan Biolyuminessensiya ham hujayra ichida yoki undan tashqarida yuzaga keladi. Biolyuminessensiya baʼzi organizmlar uchun signal, oʻljani jalb qilish yoki dushman koʻzini qamashtirish vositasi, bakteriyalarda oksidlanish orqali kechadigan fosforlanish jarayoni tezligini boshqaruvchi omil sifatida ahamiyatga ega. Baʼzi bir olimlarning fikricha, lyuminessensiya anaerob bakteriyalarda kislorodning zaharlash taʼsiridan xalos boʻlish vositasi hisoblanadi. I. t. ishlarida Biolyuminessensiyani qayd etishga asoslangan metodlar uning tarkibiy qismlari (mas, ATF, FMN, NADN, kalsiy ionlari va b. ning eritmalardagi konsentratsiyasi) ni aniqlashda oʻta sezgir metod sifatida ish beradi. Toʻqimalarning fiziologik holati, hayotchanligi, zararlanish darajasi, koʻchirib oʻtkazilgan aʼzolarning organizm tomonidan rad etilishi yoki qabul qilinishi biosferaning har xil ksenobiotiklar, shu jumladan kanserogenlar bilan ifloslanish darajasini nazorat qilish hamda baʼzi bir xastaliklarni aniqlash maqsadida Biolyuminessensiya metodi katta ahamiyatga ega.

Ensiklopediya.uz
BIOLYUMINESSENSIYA