BINKAT haqida malumot bilib oling.
BINKAT — Shosh (Choch) tarixiy viloyatining markaziy shaqri (9 — 12-a. lar). Xarobasi hoz. Toshkentiiit eski shahar qismidagi binolar ostida saqlangan. 10-a. tarixiy maʼdumotlariga koʻra, Binkatning uzunligi ham, kengligi ham 1 farsaxdan boʻlib, koʻhandiz (ark), shahriston (madina), ichki (rabodi doxil) va tashqi (rabodi xorij) rabodlardan tashkil topgan. Arkning mudofaa devori, 2 darvozasi boʻlib, ulardan biri shahristonga, ikkinchisi ichki rabodga olib chiqqan. Arkda oʻrda, zindon va jome masjidi joylashgan. Shahristonning ham alohida devori va 3 darvozasi boʻlgan. Bu yerda hunarmandlar ustaxonalari va savdo doʻkonlari joylashgan. Ichki rabodning ayrim maʼlumotlarga koʻra 8 ta, yana boshqa maʼlumotlarga qaraganda, 10 ta darvozasi boʻlib, unda asosan bozorlar joylashgan. Tashqi rabodda 7 ta darvoza boʻlib, paxsa, guvala va xom gʻishtdan qurilgan uy-joylar joylashgan. Binkat obodonligi va bahavoligi b-n sharkda shuxrat qozongan. Shahardan koʻplab suv tarmoklari oʻtgan, koʻchalariga tosh yotqizilgan. Tashqi rabodda bogʻ va tokzorlar koʻp boʻlgan.
Binkat Toshkent arxeologiyaekspeditsiyasi(V. A. Bulatova, L. L. Rtveladze, D. P. Varxotova, M. I. Filanovich) tomonidan oʻrganilgan; shaharning taxm. plansxemasi ishlab chiqilgan. Tadqiq etilgan madaniy qatlamlar asosida shahar chegarasi belgilapdi. Shahriston va ark taxm. hoz. Zarqaynar, Navoiy koʻchalari, Chorsu va Eski Juva maydonlari hamda shu yerdagi bozor bilan chegaradosh Gulbozor tepaligini egallagan. Ark Registon va Jangob (Janggoh) ariqlari oraligʻida joylashgan. Topilgan turli uyroʻzgʻor buyumlari, ayniqsa nozik did bilan ishlangan bejirim sirlangan sopol idishlar Binkat kulollarining yuksak mahoratga ega boʻlganliklarini koʻrsatadi. Tarixiy manbalar (Makdisiy va b. ning asarlari)da ham Binkat kulolchilik mahsulotlarining t«yengi yoʻq»ligi haqida qayd etilgan. Shahriston hududidan 11 — 12-a. larga oid bir necha kulolchilik xumdonlarining qoldiqlari topildi. Rabodlar hududida kulolchilik, temirchilik, shishasozlik ustaxonalari va gʻisht xumdonlari boʻlganligi aniklandi. B. Shosh viloyatining madaniy, savdohunarmandchilik markazi boʻlganligini qadimda shahar atrofida joylashgan qishloqlar hududida olib borilgan arxeologik qazishlar ham tasdiqladi. Topilmalar har bir qishloq aholisi alohida kasb bilan shugʻullanganligini koʻrsatdi. Binkat 10 — 11-a. lardan Toshkent nomini olgan.
Ld..Mukminova R. G., Oʻzbekistonning oʻrta asr shaharlari tarixidan lavhalar, T., 1973; Burya kov Yu. F., Toshkent vohasining qadimiy karvon yoʻllari, T., 1978; Muhammadjonov A., Qadimgi Toshkent, T., 1988. Abdulahad Muhammadjanov.
Ensiklopediya.uz
BINKAT