“Bilimlar kuni” haqida haqida to’liq ma’lumot oling

“Birinchi qo’ng’iroq”- bolaning maktabga ilk qadam qo’yishi va uning bilim olishga kirishishini bildiradigan rasmiy marosimdir. Bu marosimga ota-ona va bolaning o’zi oldindan tayyorgarlik ko’radi. Ilk bor maktabga borilgan kunda hayajonli holat-bayram kayfiyati paydo bo’ladi. Shu kuni maktablarda birinchi sinf o’quvchilari uchun “Birinchi qo’ng’iroq” (“Salom, maktab”) bayramini uyushtirish an’anaga aylangan. 1-sentyabr kuni mamlakatimizda eng ulug’ bayram – Mustaqillik bayrami nishonlanadi. Bu kun ayniqsa ota-onalar, o’qituvchilar, o’quvchilar uchun eng quvonchli bayram hisoblanadi. Chunki 1-sentyabr mamlakatimizda “Bilimlar kuni” sifatida ham bayram qilinadi. Hozirgi vaqtga kelib 1 sentyabr Mustaqillik bayrami bo’lganligi sabab, “Bilimlar kuni” 2 sentyabrda nishonlanadi. Bu bayram quvonchi va hayajoni, maktabga ilk bor qadam qo’yuvchilar kayfiyatida juda yaqqol seziladi. Chunki 1-sinf o’quvchilari “Birinchi qo’ng’iroq” marosimining asosiy qahramoni bo’lishadi. “Birinchi qo’ng’iroq” ning ko’tarinki ruhda o’tkazilishi yangi o’quv yilining borishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bu marosim ayniqsa, maktabga ilk bor qadam qo’yayotgan o’quvchilarning bilim olishga qiziqishini kuchaytirishda muhim rol o’ynaydi. Shu boisdan “Birinchi qo’ng’iroq kunida”  maktab bayramona bezatilishi, vatanni sevishga, mohiyatni qadrlashga, mehr-oqibatli bo’lishga da’vat etuvchi turli shiorlar osilishi, radiokarnaylar orqali kuy-qo’shiqlar yangrab turishi, o’quvchilarning toza, ozoda maktab formasidagi kiyimlarda maktabga kelishiga e’tibor berilishi lozim. Maktab direktori qisqacha kirish so’zi bilan bayramning tantanali qismini ochadi. So’ngra, xalq maorifi a’lochisi, keksa pedagog, maktab o’quvchilarining chiqishlari bo’ladi. Nihoyat, boshlanayotgan o’quv yilida maktabni bitiruvchi sinfning a’lochi o’quvchisi bolalarni “Birinchi qo’ng’iroq” bayrami bilan tabriklab, 1-sinf o’quvchilariga tantanali ravishda “Bilim kaliti”ni topshiradi. 1-sinf o’quvchilaridan biri ramziy qo’ng’iroqni chaladi. Birinchi qo’ng’iroqning chalinishi ramziy ma’noga ega bo’lib, u 1-sinf o’quvchilari hayotida yangi davr boshlanganligini bildiradi. Qo’ng’iroqdan so’ng bitiruvchi sinf o’quvchilari 1-sinf o’quvchilarini o’zlari o’qigan sinf xonasiga olib borib, partalarga o’tqizib qo’yadi. Maktablarda o’tkaziladigan bunday marosim o’quvchilar uchun o’ziga xos bayram hisoblanadi. Bunday bayramlar juda ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu bayram 1-sinf o’quvchilarida maktabga mehr, ilm-fanga qiziqish tuyg’usini shakllantiradi.

Ma’lumot: O’zbek xalqi bayramlari. “Sharq”. T.2002.

Malumotlar
“Bilimlar kuni” haqida