BIBLIOGRAFIYASHUNOSLIK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BIBLIOGRAFIYASHUNOSLIK haqida malumot bilib oling.

BIBLIOGRAFIYASHUNOSLIKbibliografiya nazariyasi, tarixi, metodi va uni tashkil etish masalalarini oʻrganadigan va ishlab chiqadigan fan sohasi. Bibliografiyashunoslik termini dastlab 18-a. da Gʻarbiy Yevropada paydo boʻlgan, 20a. oʻrtalariga qadar turlicha talqin etilgan, 20-a. 70-y. laridan aniq ilmiy izohga ega boʻldi. Bibliografiyashunoslikning 4 tarkibiy boʻlimi mavjud: nazariyasi, tarixi, metodi,tashkiliy boʻlimi. Bibliografiyashunoslik nazariyasi bibliografiya moxiyati va ijtimoiy ahamiyatini belgilaydi, metodlarini takomillashtiradi, uning tasnifi va atamalarini ishlab chiqadi. Bibliografiyashunoslik tarixi bibliografiyaning tadrijiy rivojini yaxlit holda va uning alohida turlari va sohalarini, bibliograflar faoliyati va h. k. ni oʻrganadi.

Bibliografiyashunoslik metodi bibliografik ishda qoʻllaniladigan kridalarni ishlab chiqadi, eng yangi metod va texnika vositalarini bibliografik qoʻllanmalar tuzish va bibliografiya xizmati koʻrsatishga tatbiq etadi. Bibliografiyashunoslikning tashkiliy boʻlimi vazifasi mamlakatda bibliografiya xizmati tizimini yaratish, rejalashni takomillashtirish, muvofiklashtirish, bibliograf mehnatini ilmiy tashkil etishdan iborat. Oʻzbekistonda Bibliografiyashunoslik masalalari dastlab 20—30-y. larda Ye. K. Betger asarlarida oʻz ifodasini topdi. Keyinchalik Bibliografiyashunoslikning umumiy masalalari, tarkibiy boʻlimlari M. M. Turopov, Sh. M. Shamsiyev, N. P. Lyapustina, H. Mamatraimova va b. ning ilmiy ishlarida nazariy jihatdan oʻz aksini topdi.

Hamraxon Mamatraimova.

Ensiklopediya.uz
BIBLIOGRAFIYASHUNOSLIK