Baxtga intilish
Baxtga intilish
DO`STLARGA ULASHING:
Baxtga intilish bo‘lmagan joyda umuman intilish ham yo‘q. Baxtga intilish intilishlarning intilishidir.
L. FEYERBAXInsonga baxt kerak, uning bunga haqqi bor, nechog‘li qiyin bo‘lmasin, inson baxtga erishishi darkor.
N. A. DOBROLYuBOVHar bir kishi baxtli bo‘lgisi keladi, u baxtli bo‘lishi kerak va baxtli bo‘lishga huquqlidir.
N. V. ShELGUNOVBaxtli bo‘lish huquqi inson huquqining ajralmas tarkibiy qismidir.
K. D. UShINSKIYQush parvoz uchun, inson baxt uchun yaralgan.
V. G. KOROLENKOInson o‘zini muhofaza etishga hamda baxtiyor bo‘lishga intiluvchi ta’sirchan, sezgir, aqlli va fikr yurituvchi mavjudotdir.
P. GOLBAXBaxt bizga to‘la-to‘kis nasib bo‘luvchi yuksak darajadagi huzur-halovat, baxtsizlik esa yuksak darajadagi musibatdir.
J. LOKKBaxtsizlikni yaxshi maktab deydilar, balki shundaydir. Lekin eng yaxshi dorilfunun baxtda mujassam. U ezgulik va go‘zallikka qodir qalb tarbiyatini nihoyasiga yetkazadi.
A. S. PUShKINFaylasuflar emas, balki lo‘ttibozlargina inson o‘z istagicha yashasa baxtlidir, deya gap sotadilar: bu g‘irt yolgon. Jinoiy istaklar eng manfur badbaxtlikdir. Jinoiy istakdan ko‘ra istaganingga yeta olmasliging ancha durustdir.
SISERONO‘z shaxsiy baxtini yaratishni istagan har bir kishi barcha ishchi va dehqonlar baxtining toblovchisi, bunyodkori bo‘lmog‘i kerak, qachonki u barchani baxtiyor qilsa, o‘z shaxsiy baxtini ham toblagan bo‘ladi.
M. I. KALININJamiyatning maqsadi hammani baxtiyor qilishdir.
G. BABEFHamma uchun baxt — hammaning ahil mehnati bilan yaratiladi.
G. IBSENDo‘stlar bilan baham ko‘rilmagan, faqat o‘zimiz bahra olgan har qanday turmush farog‘ati bizga ham unchalik botmaydi.
ERAZM ROTTERDAMSKIYKishi boshqalarga qancha shodlik va baxt ulashsa, u faqat o‘shancha shodlik va baxtga da’vogar bo‘lishi mumkin.
E. FEYXTERSLEBENBoshqalarning baxtini o‘ylab, o‘z baxtimizni ham topamiz.
AFLOTUNEzgulik faqat insonga xos xususiyat, binobarin, birov-birovning baxti va rohati uchun xizmat qilsa, bu yana ham insoniy xususiyatdir.
TOMAS MORKishi dunyoda boy bo‘lish uchun emas, balki baxtli bo‘lish uchun yashaydi.
STENDAL
Farosatsiz odamning omadi yurishsa ham u aqlsiz bo‘lgani uchun uning to‘qligi surbetlikka aylanadi.
FEOGNIDHayotda baxtli bo‘lishning birdan-bir yo‘li: jahonga va ayniqsa o‘z Vataniga foydali bo‘lishdir.
N. M. KARAMZINIloji boricha ko‘proq odamlarga baxt hadya qilgan kishi eng baxtiyor kishidir.
D. DIDRO…Iloji boricha ko‘proq odamlarga baxt keltirgan kishini tajriba eng baxtiyor kishi sifatida ta’riflaydi.
K. MARKSBoshqalarning qayg‘usini o‘z qayg‘usi deb bilgani uchun ham inson barcha jonzotlar orasida azizu mukarram bo‘ldi.
V. A. SUXOMLINSKIYUmrini boshqalarning baxti to‘g‘risida gamxo‘rlik qilish bilan o‘tkazgan kishlar eng ajoyib va ayni vaqtda eng baxtiyor kishilardir.
V. A. SUXOMLINSKIYEng yuksak shaxsiy baxt shaxsiy manfaatlardan ham ahamiyatliroq maqsadlar uchun kurashmoqlikdir.
V. A. SUXOMLINSKIYKishi o‘z baxtini boshqalarga keltirgan baxtiga qarab o‘lchaydi.
I. BENTAMUmum farovonligi yo‘lida xizmat qilish ishtiyoqi qalb ehtiyoji va shaxsiy baxt garovi bo‘lmog‘i lozim.
A. P. ChEXOVBoshqalarning baxtisiz shaxsiy baxt ham bo‘lmaydi.
N. G. ChERNIShEVSKIYHayotda faqat birgina chinakam baxt bor, u ham bo‘lsa boshqalar uchun yashamoqlikdir.
L. N. TOLSTOYKishi o‘zgalarning baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.
I. GYoTEBaxt boshqalar bilan baham ko‘rilgandagina barqaror bo‘ladi.
J. LAMETRIBoylik yaratmay turib undan foydalanishga haqqimiz bo‘lmaganidsk, baxt keltirmay turib uni baham ko‘rishga ham haqimiz yo‘q.
B. ShOUShaxsiy farog‘at to‘g‘risida o‘ylash tabiiydir, buni e’tiborga olish kerak. Lekin el-yurt baxt-saodati va butun insoniyat jamiyati muhofazasidan ko‘z yumib, faqat shaxsiy farog‘at haqida o‘ylansa, hayot chirkinlashadi, maydalashadi, ochig‘ini aytganda — tuban bir holga tushadi.
R. ROLLANKishi o‘zicha shug‘ullanganda u juda kam hollarda va shunda ham o‘zi va boshqalar uchun foyda keltirmay o‘zining baxt sari intilishini qondirishi mumkin. U o‘z ehtiyojlarini qondirish vositalari bo‘lgan tashqi dunyodagi: oziq-ovqat, boshqa jins individi, kitoblar, dam olish, munozaralar, faoliyat, iste’mol va mehnat buyumlari bilan muomalada bo‘lishi kerak.
F. ENGELSBaxtga — bu masalada har bir odamga alohida-alohida yondashish zarurligidan qat’iy nazar,— odamning eng zarur moddiy ehtiyojlarini qondirgandagina yetishish mumkin.
N. A. DOBROLYuBOVBoylik — shunday narsaki, usiz ham baxtli yashash mumkin. Ammo farovonlik — baxtiyor yashash uchun zarur shart.
N. G. ChERNIShEVSKIYYashamoq va baxtiyor bo‘lmoq huquqiga qurbi yetmaydigai odam shunchaki bir sharpadir.
N. G. ChERNIShEVSKIYInson baxtli bo‘lishi kerak. Agar u baxtsiz ekan, uning o‘zi aybdor. Binobarin, u shu noqulaylik yoki nohaqlikni bartaraf etmaguncha o‘zi uchun kuyib-pishib harakat qilmog‘i lozim.
L. N. TOLSTOYBaxtli bo‘lmoq uchun baxtli bo‘lish mumkinligiga ishonmoq kerak.
L. N. TOLSTOYBaxtli bo‘lish uchun doimo shu baxtga intilmoq va uni anglamoq zarur. Baxt vaziyatga emas, kishining o‘ziga bog‘liq.
L. N. TOLSTOYBaxt saxovatli odamning qo‘lidan tayyor holda olinmaydi, u kurash orqali qo‘lga kiritiladi va shakllanadi.
D. I. PISAREVBaxt havoda esmaydi, mehnatdan keladi.
RUDAKIYBaxt ko‘p mehnat qilganga nasib bo‘ladi.
LEONARDO DA VINChIHar bir kishi — o‘z baxt-saodatining ijodkori.
R. STIL…Baxt sotilmas va kimki agar
Ter to‘kishga bo‘lolsa molik,—
Shunda tole bo‘lur jilvagar,
Shurda shodlik qilur oshnolik.
MIRZA ShAFIYNoshud! kishilarga baxtning nafi tepfyidi.
SOFOKLOmadimiz — vaziyatning muvozanati xolos, binobarin, kutilmagan baxtsizlik shu muvozanatni buzishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, donolik mana shunda.
R. BRIJESNa bo‘ysunishga, na o‘zining nimaga qodirligini ko‘rsatish uchun buyruq berishga ehtiyoji yo‘q kishigina chinakam baxtiyor va ulug‘vordir.
I. GYoTEO‘z ehtirosiga monand yashaydigan kishi baxtiyordir, lekin o‘z ehtirosini har qanday og‘ir sharoitga ham moslashtira biladigan kishi undan ham baxtlidir.
D. YuMSiz agar baxt orqasidan quvib qachondir unga yetishsangiz, ko‘zoynagini axtargan kampir singari, baxt doim burningiz ostida yurganini sezib qolasiz.
B. ShOUIzlaganimiz ajoyib narsa yonimizda bo‘lganligini biz doim kechikib tushunamiz.
A. BLOKYuraksizlarga baxt yor bo‘lmaydi.
SOFOKLBaxt har doim mard odam tomonida.
P. I. BAGRATIONOdamni baxtli bo‘lishga o‘rgatishning iloji yo‘q, lekin uni baxtiyor bo‘la oladigan darajada tarbiyalash mumkin.
A. S. MAKARENKOBesaranjom odam chinakam baxtli bo‘lolmaydi; chinakam baxt osoyishta, yoz faslidagi dengiz singari vazmin bo‘ladi.
A. I. GERSENBaxtiyor bo‘lishimizga shaxsiy xislatlarimizdan eng ko‘proq foyda beradigani quvnoqligimizdir.
A. I. ShOPENGAUERKim doimo quvnoq bo‘lsa u baxtiyordir, kim baxtiyor ekan, u yaxshi insondir.
V. G. BELINSKIYTashvishsiz va g‘amsiz hayot -baxt emas, baxt — ko‘ngilning besaranjomligi.
F. E. DZERJINSKIYKimgadir baxtli ko‘ringan emas, balki o‘zini baxtli sezgan odam baxtlidir.
PUBLILIY SIRO‘zini baxtli deb biladigan odam baxtlidir.
G. FILDINGO‘zini baxtli deb hisoblamaguncha hech bir odam baxtli emas.
MARK AVRELIYOdamning baxt haqida tasavvuri qanday bo‘lsa, o‘zi ham shunday.
V. A. SUXOMLINSKIYAgar siz o‘zingizni baxtli deb bilsangiz, baxtingizni tekshirmang: bu — nafis kapalakning go‘zalligini yaxshiroq ko‘rish niyatida uni burdalab tashlash bilan barobar.
P. MANTEGASSOBaxt sog‘liqqa o‘xshaydi: u bor bo‘lsa, payqamaysan.
I. S. TURGENEVBa’zilar o‘zlari bilmaganlari holda baxtli yashaydilar.
L. VOVENARGBizning his etish qobiliyatimiz hududiga ham sig‘maydigan kuchli baxt va qayg‘ular bo‘ladi.
F. LAROShFUKOBaxt yoki alamdan g‘ofil kishi dushman bilan duch kelmagan soldat singari dunyodan o‘tadi.
F. KLINGERAgar faqat baxtli bo‘lishgina maqsad qilib qo‘yilsa, bunga tezda erishish mumkin. Lekin odamlar ko‘pincha boshqalardan ko‘ra baxtliroq bo‘lishni istay-dilarki, buning deyarli iloji yo‘q, chunki aslida bizga o‘zgalarning baxti hamisha ko‘proq bo‘lib ko‘rinadi.
Sh. MONTESKEShunday odamlar borki, ular doim nolish va diqqatbozlikdan xuzur qiladiganga o‘xshaydilar va undan mahrum bo‘lmaslik uchun baxtsizlikni izlashga ham tayyor turgandek tuyuladilar.
P. KALDERONBaxt baxtsizlikni nafratlashdan, kishini tasqara qilib, uni buzadigan jamiki narsalarga fiziologik jirkanch bilan qarashdan, tarix bo‘roni tufayli yanada vayron bo‘layotgan soxta farovonlik xususida oh urgan, ingragan, noligan notavonlardan chinakamiga voz kechishdan boshlanadi.
M. GORKIY…Ko‘plar o‘z hayotlarini arzimagan narsalar bilan hech qan-day asossiz buzayotganlarini ko‘rganimda men o‘zimni baxtiyor his etaman, negaki men ruhimning bukilmas tetikligini saqlab qolganman va har qanday bo‘lmag‘ur narsalar ustidan kulaman.
F. ENGELSQuvonch va umidga moyillik chinakam baxtdir; hadiksirash va ruhiy tushkunlikka berilish —haqiqiy baxtsizlik.
D. YuMBaxt qushi boshga qo‘nganda undan foydalana bilmagan odam u qo‘lidan ketganda nolimasligi kerak.
M. SERVANTESHayotdagi qariyb hamma baxtsizliklar ishimizning yurishmayotgani xususidagi soxta tasavvurlarimizdan kelib chiqadi. Binobarin, odamlarni yaxshi bilish va voqealar haqida sog‘lom fikr yuritish bizni baxtga yetaklaydi.
STENDALTo‘g‘ri, qiyin daqiqalar ham bo‘ladi, ammo unga bo‘yin egma — yomon narsadan yuzini o‘girdi, shunda ko‘ngling bahori seni qo‘llab-quvvatlaydi. Hatto kek-salik ham tun zulmati sovug‘idan hamma vaqt yengilib qolavermaydi.
LUKRESIYBaxt besabr odamlarga ko‘p narsalarni pullab qoladi-yu, sabrlilarga ularni tekinga beradi.
F. BEKONBir qadar aziyat qo‘shilmagan sof baxt bo‘lmaydi.
V. ShEKSPIRIllatsiz baxt bo‘lmaydi.
GORASIYErimaydigan muz bo‘lmagani kabi abadiy baxt ham yo‘q.
A. I. GERSENBizning baxtimiz hech nar-ani orzu qilmaydigan holga tushib,butun istaklarning to‘la qondirilishidan iborat emas va bunday bo‘lmasligi kerak, chunki bu aqlimizning o‘tmaslashuviga olib kelgan bo‘lur edi. Yangi-yangi rohat-farog‘atlarga va yangidan-yangi mukammallik-arga beto‘xtov intilish — baxt shudir.
G. LEYBNISInsonni chinakam baxtiyor qila oladigan ikki xil xohish bor,— odamlarga naf keltirish va sof vijdonli bo‘lish.
L. N. TOLSTOYIstagan huzur-halovat hambaxt emas, u huzur-halovatlar halol va pok bo‘lmog‘i kerak.
TOMAS MORBaxt pushaymonsiz huzur qilish demakdir.
L. N. TOLSTOYBaxtning zarur tarkibiy qismi — bu to‘g‘ri yashayotganingga, ortingda xudbinlik, qallob-lik, makkorlik, zararkunanda-lik va yana shunga o‘xshash boshqa bir razilliklar yo‘qligiga qat’iy ishonishingdir.
A. S. MAKARENKOziyouz.uz
Baxtga intilish