Battle : Django VS Flask
Ushbu maqolada siz veb- dastur ishlab chiqishni oson va tezroq qilish uchun Django va Flask veb-freymvorklarini solishtirish orqali ular orasida qaysi biri yaxshi ekanini va aynan kimlar uchun yoki nima uchun yaxshi ekanini bilib olasiz.
Django veb-freymvork
Django bepul va ochiq manbali veb-freymvorkdir. U Model-View-Template (MVT, Model-View-Template) arxitekturasidan foydalanadi.
Bu mustahkam, oson xizmat ko’rsatish mumkin bo’lgan veb-saytlarni qurish uchun ishlatiladigan juda rivojlangan freymvork. Django bilan siz har safar velosipedni qayta ixtiro qilishingiz shart emas: u veb-ishlab chiqishning asosiy qismini o’z zimmasiga oladi. U frontend va backend uchun mos keladi.
Django-ning qo’shimcha afzalliklari yengil va ochiq kodliligi (repozitoriyani GitHub-da topish mumkin).
Django asosan yuqori sifatli veb-ilovalar va dinamik veb-saytlarni yozish uchun ishlatiladi. U HTML yaratish uchun o’zining shablon mexanizmiga ega, bu dinamik saytlarni yaratish jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi. Shu bilan bir qatorda albatta, statik saytlar ham yaratilishi mumkin.
Django freymvorki Adrian Golovaty va Simon Willison tomonidan Lawrence Journal-World gazetasida ishlagan vaqtlarida yaratilgan. Django birinchi marta 2005 yilda ommaga taqdim etilgan.
Ushbu freymvork hozirda AQShda joylashgan Django Software Foundation kompaniyasiga tegishli hisoblanadi.
Django Django REST freymvorki, Select2, Bugsnag, Strapi Cloudinary va boshqa ko’plab freymvorklar va kutubxonalar bilan birlashadi.
Pinterest, Udemy, Trivago, Pratilipi, Instagram, Robinhood kabi mashhur kompaniyalar o’z loyihalarida Djangodan foydalanadilar.
Djangoning afzalliklari
- Pythonda yoziladi
- ochiq manba
- Tez rivojlanishni qo’llab-quvvatlaydi
- Xavfsizlik
- Masshtablilik (istalgan darajadagi kattalikdagi loyihaga mos kelishi)
- Keng hamjamiyat (juda ko’plab dasturchilar undan foydalanadi)
- Eng yaxshi CDN ulanishini va kontentni boshqarishni taklif qiladi.
Djangoning kamchiliklari
- Kichik loyihalar uchun mos emas
- Ko’p protsessorni (Multiprotsessor) qo’llab-quvvatlamaydi
- Freymvorkni o’zlashtirish oson emas, garchi uni o’zlashtirganingizdan so’ng, ishlash juda oson bo’lsa ham.
- Bu monolit freymvork
- Freymvork komponentlari mahkam bog’langan
- URL manzillarda oddiy iboralar
Flask — bu veb-ishlab chiqish uchun mikro-freymvork.
Flask Python tilida yozilgan, ochiq manbali va yengil veb-freymvork. Freymvork kodlari GitHub-da mavjud.
Flask mikroframevork sifatida tasniflanadi, chunki u faqat asosiy funktsiyalarni o’z ichiga oladi. Unda funktsiyalari allaqachon mavjud uchinchi tomon kutubxonalari tomonidan bajarilishi mumkin bo’lgan komponentlar yo’q. Masalan, formani tekshirish mavjud emas.
Bu o’z navbatida ishlab chiqish vaqtidagi ko’plab ishlarni dasturchini o’zi qilishiga olib keladi.
Flask Avstriyalik dasturchi Armin Ronacher tomonidan yaratilgan. Birinchi reliz (nash, taqdimot) 2010 yilda bo’lib o’tgan.
Flask Pythonda veb-ilovalarni yaratish uchun ishlatiladi. U Werkzeug va Jinja2-da amalga oshirilgan va dastlab RESTful API-larni ishlab chiqish uchun veb-freymvork sifatida ishlab chiqilgan bo’lsa-da, backendni uchun mos keladi.
Flask Bugsnag, Strapi, Airbrake, KeyCDN, Bokeh, Stormpath, behave, AnyChart, unit test, Faust, PyPy, Wing, PythonIDE, CDNsun, PyWebIO va boshqalar bilan birlashadi. Ushbu kutubxonalarni barchasi veb-ishlab chiqish uchun ishlatiladi.
Ushbu freymvork Netflix, CRED, Trivago, ML, Patreon, Barolo, Reddit kabi kompaniyalar tomonidan o’z loyihalarida qo’llaniladi.
Flaskning afzalliklari
- Masshtablilik
- Moslashuvchanlik
- Yengillik
- Yaxshi yo’riqnoma
- Qo’shimcha vositalar yo’q
Flaskning kamchiliklari
- Ko’proq potentsial xavfsizlik xavflari
- Aksariyat hollarda MVP ishlab chiqish ko’proq vaqt talab etadi
- Keyinchalik murakkab texnik to’plam
- Katta tizimlar uchun qo’llab-quvvatlash yanada murakkab va shuning uchun qimmat.
Xulosa
Ushbu maqolada keltirilgan freymvorklar o’ziga xos tarzda yaxshi. Django bizning va ko’plab dasturchilarning fikriga ko’ra bu battlda g’olib chiqadi. Bu fikrga ikkala freymvorklarni foydalanuvchilari soni, qulayligi, oson qo’llanishi kabi bundan tashqari o’rganish uchun keltirilgan yo’riqnomalarigacha solishtirish orqali kelindi. Flask dasturchi uchun Django kapot ostidan beradigan o’z yechimlari o’rniga shaxsiy yechimlarni qo’llash imkonini beradi. Flask veb-ishlab chiqishda ancha tajribasi borlar uchun qulay. Vebni qanday ishlashi va umumiy tushunchalarga ega dasturchi Flaskdan foydalanishda oddiy , endi yangi kirib kelgan bekend dasturchilarga nisbatan kamroq muammolarga uchraydi. Yangi boshlovchilar uchun esa Django yaxshi variant.
Fikrlar shaxsiy tajriba va bilimlardan kelib chiqib yozildi. Agar sizda muhokama uchun fikrlar bo’lsa u holda telegram kanalimizda yoki shu yerni o’zida qoldiring. Biz uni albatta o’qib fikr bildirishga harakat qilamiz.
Umumiy Dasturlash
Battle : Django VS Flask