AZOV DENGIZI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AZOV DENGIZI haqida malumot bilib oling.

AZOV DENGIZIAtlantika okeani havzasiga mansub oʻrta dengiz. Ukraina va Rossiya yerlari oraligʻida. Kerch boʻgʻozi orqali Kora dengiz bilan tutashadi. Mayd. 38 ming km2. Suvning oʻrtacha hajmi 320 km3. Dengiz tubi tekis. Oʻrtacha chuq. 8 m, eng chuqur joyi 14 m. Qirgʻogʻi u qadar egri-bugri emas. Sohilining gʻarbi, shim. va sharqi pasttekislik. Eng yirik qoʻltigʻi — Taganrog. Gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinida Sivash qoʻltigʻi Azov dengizidan kambar Arabat strelkasi bilan ajralgan. Kirgʻoq yaqinida Biryuchiy, Cherepaxa va bir guruh Peschaniy orollari bor. A. d. ga Don, Kuban va b. daryolar quyiladi. Azov dengizi atrofi iqlimi kontinental, havoning oʻrtacha t-rasi yezda 23,5°, 24,5», qishda – 1°, – 6°, yiliga 312—528 mm yogʻin tushadi. Suv t-rasi yezda 25», 30°, qishda 0°dan past. Shoʻrligi 9—11°. A. d. dek. oxiridan mart boshlarigacha muz bilan qoplanadi. Oqimlari shamol esishiga qarab oʻzgarib turadi; oʻrta qismida soat mili yoʻnalishiga qaramaqarshi oqadigan oqim bor. Suvi loyqa. Dengizda tishli baliqlar bor. Organik moddalar miqdori boshqa dengizdagilarga qaraganda 5—6-marta koʻp. Eng yirik portlari: Mariupol, Taganrog, Yeysk, Berdyansk.

Ensiklopediya.uz
AZOV DENGIZI