Ayollar qaysi turdagi harbiy xizmatni o’tashlari mumkin

Ayollar qaysi turdagi harbiy xizmatni o’tashlari mumkin

Afg‘oniston bilan chegaradosh Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanidagi 9221-harbiy qismda o‘tgan yilning avgusti oxirlarida bo‘lgandik. O‘nlab insonlar bilan suhbatlashganmiz. Suhbatlardan biri asosidagi maqolaning eʼlon qilinishi vaqti soati bugun ekan.

Xatarli go‘zallik: arablarga armiyada ayollar nega kerak?

Qachonki ayol harbiylar haqida eshitib qolsak, miyada ko‘plab savollar g‘ujg‘on o‘ynaydi: ular azaldan erkaklarniki deb hisoblanib kelingan ushbu kasbni nega tanlashgan; ularning qurol-yarog‘ olib yurish va harbiy harakatlar olib borishda tajribasi qanaqa va h.k.

Ilgari ayollarga siyosiy va harbiy faoliyatda ishtirok etish man qilinar edi, lekin konstitutsion taqiqlar va jamoatchilik udumlariga ters o‘laroq, ular ayollar armiyasiga birlashar edilar. Tarixchilarning eslashicha, AQShda 1861–1865 yillarda bo‘lib o‘tgan fuqarolar urushida 400 dan 750 gacha ayol ishtirok etgan. Ularning barchasi o‘zini erkak, deya tanishtirgan. Faqatgina shu yo‘l bilan ular urushda ishtirok eta olishardi, biroq ularning ba’zilari fosh qilinib, qamoqqa jo‘natilgan.

So‘nggi paytlarda G‘arb davlatlarida armiyaga erkaklar qatori ayollarni ham chaqirish odatiy holga aylanib bormoqda. Ayollar professional harbiy bo‘lish uchun to‘liq va har tomonlama tayyorgarlikdan o‘tishmoqda.

Biroq bunday yondashuv an’anaviy hayot tarzini asrlar osha saqlab kelayotgan arablar uchun yot. Ammo, shunga qaramasdan, ba’zi bir arab davlatlari o‘z ayollariga harbiy bo‘lish va vatan oldidagi burchlarini bajarish imkoniyatini taqdim etishgan.

Ayollar eng qonli urushlarda vatanga bo‘lgan muhabbati va o‘z ishiga sodiqligi uchun ishtirok etishadi; ulardan ba’zilari o‘z og‘alari yoki erlari yonida turib, ayrimlari xizmatdagi moddiy rag‘batlantirish tufayli xizmat qilishadi.

AQSh

Fuqarolar urushi faxriylari tashkiloti a’zosi bo‘lgan yagona ayol

Sara Edmonds Sile Kanadadan AQShga o‘n besh yoshida majburiy nikohdan qochib kelgan. Avvaliga u biroz sayohat qilgan, keyin Injil sotib kun ko‘rgan. So‘ngra yigitcha ko‘rinishini olib, Amerika armiyasida xizmat qilishga qaror qilgan.

Amerika askarlari safiga kirganidan so‘ng ko‘plab jang va harbiy operatsiyalarda ishtirok etgan: dushman ketidan josuslik qilgan va yaralangan askarlarni hospitalga keltirishda ko‘maklashgan. Sara bezgak kasaliga chalingach armiyadan qochgan, ayolligini bilib qolishmasliklari uchun. Dezertirligi uchun sudga berilgan. Keyin u erkakcha ko‘rinishidan voz kechgan, biroq uni ayolcha ko‘rinishida tanib bo‘lmasligi tufayli hamshira bo‘lib ishlay boshlagan. Urush tugagach Sara «Ittifoq armiyasining hamshirasi va josusi» kitobini yozgan.

Dezertirlik ayblovi olib tashlangan va Sara rasman hurmat bilan iste’foga kuzatilgan. Shuningdek, u faqatgina erkaklardan iborat fuqarolar urushi faxriylari tashkilotiga qabul qilingan yagona ayol bo‘ldi.

Loretta Velaskes o‘z sevgilisi tufayli erkak qiyofasini olgan

Loretta o‘z sevgilisi — AQSh harbiy zobiti bilan doimo birga bo‘lish uchun armiyada xizmat qilishga qaror qilganida leytenant unvonini olgan. U soxta mo‘ylov yopishtirgan va leytenent Garri Bufordga aylangan. Loretta dushman ortidan josuslik qilgan va topshiriqlardan birida fosh qilinib, jazo sifatida armiyadan haydalgan.

Velaskes AQShning boshqa shtatiga o‘tib, yana erkak qiyofasiga kirib, armiyaga qo‘shilgan. Biroq, janglardan birida jarohatlangach, harbiy vrach unga janglarda qatnashishni taqiqlab qo‘ygan. Velaskesning armiyadagi sarguzashtlari ana shunday tugagan.

Arab dunyosi

Jahonning sharqiy qismida ayollar ko‘proq yaradorlarni davolash, ma’muriy masalalar va yozishmalar bilan shug‘ullanishgan, biroq so‘nggi vaqtlarda ba’zi bir arab davlatlari o‘z ayollariga harbiy tayyorgarlikddan o‘tib, jang maydonida vatan dushmanlariga qarshi erkaklar bilan bab-baravar jang qilish imkonini taqdim etishmoqda.

Iordaniya

1962 yilda Malika Muna hamshiralar kollejiga asos solinganidan so‘ng dastlabki bitiruvchilar Qirollik tibbiy xizmati boshqarmasida ishlay boshlashgan. Sakkiz nafar yangi chaqirilgan ayollar boshqarmada ikkinchi leytenant unvonini olish uchun yetarli ta’lim olishgan. O‘shandan beri ko‘plab ayollar harbiy xizmatga politsiya zobiti, harbiy, razvedka va qirollik gvardiyasi a’zolari sifatida qo‘shila boshlagan.

© AP Photo, Raad Adayleh
Iordaniya politsiyasi xodimalari

Iordaniya ayollari mamlakatning harbiy hayotida ishtirok etishlari uchun mamlakat qurolli kuchlarida ayollar masalalari bo‘yicha boshqarma tashkil etildi. Shunday qilib, qurolli kuchlarda xizmat qilayotgan ayollarning huquqlari ta’minlandi. Asosiy urg‘u erkaklar va ayollar tengligiga, shuningdek, ularning huquq va majburiyatlaridagi tenglikka qaratilgan. Bularning barisi harbiy ko‘nikmalarni professional darajada olish uchun ma’lum bir muhit yaratishda yordam beradi.

Iordaniyada ayol politsiyachilar davlat xavfsizlik organlarida ishlovchi ayollarning 7 foizini tashkil etadi, tinchlikni ta’minlash uchun operatsiyalarda ishtirok etuvchi ayollar soni esa 64 nafar.

Shunisi qiziqki, iordaniyalik askar ayollar Afg‘onistonda toliblarga qarshi 2005 yilda kurash olib borishgan. Bu ularning xorijdagi ilk missiyasi edi. Iordaniyalik polkovnik Orif az-Zayn shunday degandi: «Biz afg‘on ayollari ekstremistik g‘oyalardan uzoqroq ushlash uchun, mo‘’tadil islom haqida gapirishga majburmiz. Afg‘onistondagi ba’zi ayollar erkak askarlar bilan gaplashishni xohlamasligi tufayli, ular bilan muloqot uchun ayollarni tanladiq. Bu iordaniyalik ayollarning Hoshimiylar qirolligidan tashqaridagi birinchi vazifasi».

Tunis

Tunis mudofaa vaziri Farhod Xurshoniy tunislik ayollarni harbiy sohaga jalb qilish fursati yetib kelganini aytib o‘tgan, ayniqsa hozir Tunis og‘ir ahvolda bo‘lib turgan, terrorchilar va ularning hujumlari bois jiddiy muammolar yuzaga chiqayotgan bir paytda. Tunis konstitutsiyasi harbiy xizmat har bir fuqaroning burchi ekanligini ta’kidlab turganda, bu qonun har bir insonga, xoh u erkak bo‘lsin, xoh ayol bo‘lsin, qo‘llaniladi.

© AFP 2017, Fethi Belaid
Askarlar Tunisdagi saylov uchastkalarining xavfsizligini ta’minlamoqda

Eng mashhur tunislik ayol harbiy uchuvchilar Ad-Dara va Alifa hisoblanishadi va ular Tunis harbiy-havo kuchlarning 40 nafar ayol uchuvchilari safidan o‘rin olishgan.

Leytenant Alifa Tunis armiyasininguchuvchisi. Uning vazifasi operatsiyalarni havodan turib qo‘llab-quvvatlash, qo‘mondonlik markazining bo‘yrug‘iga ko‘ra doimo uchishga tayyor bo‘lib turish. Samolyotda albatta qurol, o‘q-dori va uskunalar, shuningdek, har qanday favqulodda holatda asqotadigan birinchi yordam buyumlari bo‘lishi shart.

Alifa va Ad-Dara shunday deyishadi: «Bizning qurolli kuchlarda xizmat qilayotgan boshqa insonlar oldida biror ustunligimiz yo‘q, chunki barimiz shu vatan ravnaqi uchun xizmat qilayapmiz».

Kuvayt

Jamiyatda turli qarash va ixtiloflarga qaramasdan, Kuvayt ayollariga politsiyada ishlash, zobitlik unvoniga ega bo‘lish uchun ruxsat berilgan.

O‘tgan yilning mart oyida Kuvaytda jinsidan qat’i nazar barcha fuqarolarning majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishi e’lon qilingan edi. So‘nggi 16 yil ichida foydalanilmagan armiyaga majburiy chaqiruv haqidagi qonun to‘xtatib qo‘yilgach, bu qaror o‘zining an’anaviy urf-odatlari va qarashlari bilan mashhur Kuvaytda katta rezonans keltirib chiqardi. Biroq kuvaytlik ayollar hukumatning ularni ham vatan oldida majburiyat va mas’uliyat his qilishga qodir fuqarolar sifatida tan oluvchi bu qarorini ma’qullashdi va qo‘llab-quvvatlashdi.

Kuvayt universiteti pedagogika va psixologiya professori Nuriya al-Harafiyning aytishicha, kuvaytlik ayollar jahondagi boshqa ayollardan mutlaqo farq qilmaydi. Biroq an’analar va qat’iy muhit ularning yurish-turishi, xulqi va turmush sharoitlarini belgilab beradi.

Qayd etish joizki, Kuvayt ham butun dunyoda duchor bo‘layotgan tartibsiz terrorchilik hujumlaridan tahdidni sezmoqda. Shu sababli bu davlat ham o‘z xavfsizligi va fuqarolarining tinchligi yo‘lida har qanday tahdidga qarshi tayyor bo‘lishni istamoqda.

Kuvayt politsiyasi mulozimi Nada al-Ajmiyning ta’kidlashicha, kuvaytlik ayollarning armiyada xizmat qilishiga imkon berilishi Kuvayt jamiyatida yuz berayotgan rivojlanishdan darak beradi.

Birlashgan Arab Amirliklari

BAAda Havla bint al-Azvariy harbiy maktabi barpo etilgach, qizlar uchun barcha yo‘llar ochildi. Maryam al-Mansuriy Yamanda o‘tkazilgan «Qat’iy po‘rtana» operatsiyasida ishtirok etish uchun bu imkoniyatdan foydalandi. Bu operatsiyaning maqsadi IShID terrorchilik tashkilotining pozitsiyalarini yo‘q qilish edi. Al-Mansuriy BAAda harbiy havo kuchlari mayori unvonini qo‘lga kiritgan ilk arab ayoli bo‘ldi.

© AFP 2017, Rabih Moghrabi
Amirlik ayol askarlari Abu-Zabiy yaqinidagi harbiy o‘quvlar chog‘ida

Shayx Zayd ibn Sultan Ol Nahayyon 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlarni ota-onasining roziligi bilan armiyada 9 oy xizmat qilishiga izn beruvchi qonunni imzolagan.

Al-Mansuriy BAA qurolli kuchlari safiga uchuvchi sifatida yollangach, o‘z oilasining qo‘lloviga qaramasdan doim qiyinchilik va muammolarga duchor bo‘lmoqda. Biroq al-Mansuriy bu borada erkaklardan raqobatda ortda qolmasligiga ishonadi va kelgusida F-16 Block 60 samolyotini boshqarish uchun professionallikka erishmoqchi.

Al-Mansuriy ayollar va erkaklarning harbiy tayyorgarligi orasida farq yo‘qligini ta’kidlaydi. Barcha tayyorgarlik ishlari yuqori professionallik darajasida tashkillashtiriladi. «Ishlashni boshlaganingda, ayollar uchun hech qanday istisnolar yo‘qligini anglay boshlaysan va har qanday farq yo‘qqa chiqadi», deydi u.

Bundan tashqari, al-Mansuriy qo‘shimchasiga shunday deydi: «Men bu sohada ishlayotganim uchun katta faxr va iftixor to‘yg‘usini tuyuman. Ayniqsa, qiruvchi samolyotlarda parvoz qilishdek tanlovni amalga oshirganim uchun».

Al-Mansuriy o‘z xizmatlari uchun Dubay amirligi raisi Muhammad ibn Rashid al-Maktumdan mukofot olgan, bu esa BAAda katta faxr-iftixor belgisi hisoblanadi.

Ayollar allaqachon o‘zlarini ko‘p yillardan beri erkaklar tomonidan monopollashtirilgan harbiy sohada tavsiya qilib bo‘lishgan. Kutilishicha, harbiy ayollar soni nafaqat ular erishgan yutuqlarga qarab o‘sadi, bu hol jahonda hukmron bo‘lib turgan, ko‘p miqdorda himoyachilarga talab tug‘dirayotgan tahlikali siyosiy vaziyat tufayli ham yuz beradi.

Ayollar qaysi turdagi harbiy xizmatni o’tashlari mumkin?

O`zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida”gi qonunining 4-moddasi harbiy xizmat turlari haqida. Harbiy xizmat fuqarolarning Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turi. Harbiy xizmatning quyidagi turlari mavjud: [1] muddatli harbiy xizmat; [2] safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat; [3] kontrakt bo’yicha harbiy xizmat; va [4] O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o’tagan rezervchilar xizmati.

Yuqorida tilga olingan birinchi (muddatli harbiy xizmat) va ikkinchi turdagi (safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat) harbiy xizmatga tinchlik davrida faqat quyidagi talablarga javob beradigan fuqarolar jalb qilinishi mumkin:

  • [1] O‘n sakkiz yoshdan yigirma etti yoshgacha bo‘lgan;
  • [2] Salomatligiga ko‘ra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli;
  • [3] Erkak fuqarolar chaqiriladilar.

To’rtinchi harbiy xizmat turi ham faqat erkaklar uchun mumkin, chunki rezervchilar xizmati faqat haqiqiy harbiy xizmat yoki safarbarlik chaqiruvi rezervdagi xizmatni o’taganlardan tashkil topadi. Uchunchi turdagi (kontrakt bo’yicha) harbiy xizmatni o’tash uchun erkak bo’lish sharti qo’yilmagan. Demak, ayollar kontrakt bo’yicha harbiy xizmatni o’tashlari mumkin.

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat nima?

Qonunning 7-moddasiga binoan, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat turidir.

Fuqarolar harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik, davlat qo‘mitasi va idora bilan harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida kontrakt tuzadilar. Harbiy xizmatni o‘tash muddatlari va asosiy shartlari kontraktda belgilanadi. Harbiy xizmatning kontraktda nazarda tutilgan muddati tugaganidan keyin taraflarning kelishuvi bilan bu muddat yangi kontrakt tuzish orqali uzaytirilishi mumkin.

Qonunning 24-moddasiga ko’ra, harbiy xizmat talablariga javob beruvchi ayollar ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha) quyidagi harbiy xizmatlarga kirishlari mumkin:

  • [1] Oddiy askarlar tarkibi lavozimlariga – o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan, harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha tegishli kasbiy tayyorgarlik ko‘rmagan ayollar;
  • [2] Oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga – o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majbur ayollar;
  • [3] Harbiy-ta’lim muassasalarining kursantlari tariqasida – o‘n etti yoshdan yigirma bir yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n etti yoshga to‘ladigan fuqarolar, shuningdek harbiy ta’lim muassasalarda o‘qish istagini bildirgan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan, o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar;
  • [4] Ofitserlar tarkibi lavozimlariga – qirq yoshgacha bo‘lgan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar.

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan fuqarolar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.

Aloqador maqolalar:

  1. Harbiy xizmatni o’tagan yigitlarga imtiyoz berilishi ayollar huquqini buzadimi?© Photo Namangancity.uz Читайте эту статью на русском O‘zbekiston Respublikasi.
  2. Harbiy xizmatni o‘tagan yigitlarga imtiyoz berilishi ayollar huquqini buzadimi?Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикаси қуролли кучлари сафида муддатли ҳарбий хизматни.
  3. Harbiy xizmatdan kimlar ozod qilinadi?Savol: Yoshim 23da. 2012-yili oliy o’quv yurtini tugatdim. Viloyatimga kelib.
  4. Hijobli ayollar o’z huquqlarini qanday himoya qilishi kerak? (Birinchi maqola)O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi Kodeksining 1841-moddasida jamoat joylarida ibodat.

Harbiyning ayoli bo‘lish osonmi?

Xalqimizda bir udum bor, armiyaga otlangan yigitga butun non tishlatiladi. Kemtik non yigit xizmatdan qaytguncha uy to‘rida turadi. Yigit nasibasi tortib bir kuni albatta kirib kelishiga umid qilingan irim bu. Omon-omon kunlarda kim bir oylik, kimdir bir yarim yillik muddatli xizmatga jo‘naganda shuncha xavotir! Umrini butkul harbiylikka bag‘ishlagan yigitlarning ota-onasiga to‘zim bersin. Ayoliga ham.

Shukrki, bugun yurtimiz tinch, osmonimiz yorug‘. Yana shunisi aniqki, ana shu tinchlikda harbiylarimiz xizmati beqiyos.

Jomadoni doimo tayyor turuvchi harbiyning ayoli bo‘lish osonmi? Ko‘p hollarda yaqinlaridan uzoqda bo‘ladigan va turli sharoitlarga tushib qolishi mumkin bo‘lgan oilalar nimalardan quvvat va taskin oladilar?

Ko‘z yoshlarga to‘la asal oyi

Mushtariy Muzaffarova, leytenant Husniddin Hakimov bilan o‘tgan yil yozida oila qurgan. Juftlik Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida yashaydi.

Afg‘oniston bilan chegaradosh Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanidagi 9221-harbiy qismda o‘tgan yilning avgusti oxirlarida bo‘lgandik. O‘nlab insonlar bilan suhbatlashganmiz. Suhbatlardan biri asosidagi maqolaning eʼlon qilinishi vaqti soati bugun ekan.

Dala-dashtlarni ortda qoldirib, keng yaydoq cho‘l o‘rtasidagi harbiy qo‘rg‘onga yetib borishning o‘zi bo‘lmaydi. Eng so‘nggi rusumdagi mashina ham sizni olib otaveradi, olib otaveradi. Mana yetib keldingiz ham. O‘z-o‘zingizcha ichkariga kirolmaysiz. Qo‘rg‘on atrofi ikki odam bo‘yi simto‘r bilan chir aylantirib o‘ralgan. Unga odam-ku odam, bexos shoqol tegib ketsa ham signal chunonam chiyillashini aytishdi.

Obod, dov-daraxtlar, gullar ekilgan hovliga kirganda yo‘l azobi ham arigandek bo‘ldi.

Harbiy tayyorgarlik va faoliyat majmuasi orqa tomoni – istiqomat hududi. Moʻjazgina qo‘rg‘on ikki qavatli yangi uylardan iborat. Jami 40 ta oilaga mo‘ljallangan xonadon bor.

Qo‘rg‘ondagi eng yosh oila bekasi sifatida Mushtariy Muzaffarovani tavsiya qilishgan.

Kelinchakli xonadonning tarovati boshqacha-da. Nozikkina Mushtariybegim qo‘li doim ko‘ksida. Ko‘zlari kulib turadi. Gapirgandagi sokin ohang, suhbatdoshni tinglay olishi, maʼnili bir oilada tarbiya ko‘rganidan darak. Kuyov bola 25 yoshli katta leytenant Husniddin Hakimov chegarani qo‘riqlash vzvodi komandirining mafkuraviy-tarbiyaviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari. Ularning ikkovi ham buxorolik. To‘ylari saratonda Buxoroda o‘tgan. Yangi kelin qaynona-qaynotasiga yigirma kungina xizmat qilgan. So‘ng yoshlar Husniddin xizmat qilayotgan Bo‘stonliqdagi harbiy qismga kelishgan. Hali chillalari chiqmasdanoq Surxondaryoga yo‘l olishgan. Harbiyning shu zayldagi “ko‘ch-ko‘ch” hayotiga Mushtariy tayyormidi?

Foto: Dilruh Isomiddinova

“Sovchilik orqali birinchi uchrashuvga chiqqanmiz. Arkka bordik, o‘tirdik. 1-2 soatcha suhbatlashdik. Gap kelib-kelib ishga to‘xtaganda, ishlarini, men nimaga borayotganimni tushuntirdilar. Birinchi marta qo‘rqqanman. Bizning avlodda harbiylar yo‘q. To‘g‘ri, dadam armiyada xizmat qilganlar, lekin harbiy deganda xatarni tushunishga o‘rganib qolganmiz” – deydi Mushtariy.

O‘shanda qizgina Buxoro davlat universiteti to‘rtinchi bosqichi talabasi edi. Uning o‘ylab ko‘rishi uchun bir yil vaqti bor edi. Husniddinning kitobga bo‘lgan ishtiyoqi, qizning kasal bo‘lganini eshitib gul va shokolad bilan kirib kelgani kabi eʼtiborlar Mushtariy ko‘ngliga mehr soldi.

Husniddin Toshkentdan Surxondaryoga yo‘llanar ekan, internetdan Afg‘oniston voqealarini sinchiklab o‘rganganini aytadi.

“Birinchi vazifam rafiqamni tinchlantirishim, undagi qo‘rquv hisini yo‘qotishim kerak edi. Lekin o‘zimning ichimda ham vaziyat qanday ekan, degan hadik ham bor edi. Chunki Afg‘onistondagi holatlarni internetdan ko‘rib borayotgandik. Portlashlar, o‘t-olov ichida qolib ketgan odamlar.

Har qanday insonning qalbini titratadi. Hadikni yengib keldik. Ishonar edim, O‘zbekiston Qurolli Kuchlariga jangovar shayligimiz yuqori holatga ko‘tarilgan edi”, – deydi Husniddinov Hakimov.

Foto: Dilruh Isomiddinova

Mushtariy esa Muzrabotga kelganlaridan ko‘p o‘tmay harbiy qismda kuchaytirilgan tartib joriy etilgan kunlarni eslaydi.

“O‘q ovozlari, gumbur-gumbur ovozlar eshitilardi. Barcha erkaklar 3-4 kunlab uyga kelmas edilar. Bir kuni sirena ovozi yoyildi. Birinchi marta eshitdim, qo‘rqib ketdim. Xo‘jayinim chiqib ketdilar. Men urush boshlandi, deb o‘yladim. Keyin qo‘shnilar chiqib bu oddiy holat ekanligini tushuntirishdi. Necha kun ko‘rinmay bir kelganlarida ham eshikdan qandaysan, deb ketardilar. Yelkalarida qurol. Boshqa paytlar qurol bilan yurmaganlari uchun vahima bosardi. Faqat yig‘lardim. Yangi kelinchakman, bu yerlarda hech kimni tanimayman, bunaqa holatlarni ko‘rmaganman”, – deydi Mushtariybonu.

Shunda Mushtariyga qo‘shni ayollar madadkor bo‘lishgan, bunday voqealar ularning boshidan ko‘p marta o‘tganini, bizning yurtda urushga yo‘l yo‘qligini tushuntirishgan. Ana shunday sinovli kunlarda Mushtariy irodasi chiniqdi. Yaqinlari videosuhbatga chiqqanda ko‘z yoshlarini artgan va kulib gaplashgan: “Bizlar O‘zbekistonda yashaymiz. Harbiylarimiz bizni shunday qo‘riqlaydilarki, bizda urush bo‘lmaydi” deb aytgan. Mushtariy endi u kunlarni kulib eslaydi, gohida o‘zini g‘o‘rlikda ayblab ham qo‘yadi.

2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi bitirgandan buyon DXX Chegara qo‘shinlar harbiy xizmatchisi sifatida “pishgan” Husniddin Vatan himoyachisi bo‘lishning sharaf ekanligini taʼkidlaydi.

“Ortingda butun Vatan turganda, insonlar taqdiri, ularning tinch-osoyishta uxlashini o‘ylaganda, yaqinlaringiz sizga ishonib osoyishta hayotlarini davom ettirayotganini o‘ylaganda g‘urur hissi paydo bo‘ladi-da, qiladigan ishingiz bilan faxrlanasiz. Aynan mana shu hissiyot sizni charchamaslikka, yana-da oldinga intilishga yo‘naltiradi.

Mushtariy ham, Husniddin ham ko‘p o‘qiydilar, izlanadilar. Ingliz tili mutaxassisi bo‘lgan kelin Afg‘onistondagi voqealar lavhalarini asliyatida ko‘rdi. U, ayniqsa, afg‘on bolalarini harbiylarga berib yuborilayotgan videodan taʼsirlanganini aytadi. Keyin u “Tolibon”ning xotin-qizlarga cheklovlari – ko‘chaga yolg‘iz chiqmaslik, burqada yurish, ularning ishlashi taqiqlanishidan qattiq tashvishda.

“Men esa yangi o‘quv yilidan hududimizga eng yaqin maktabda dars bermoqchiman. Istagimni xo‘jayinimga aytganimda, u kishi yo‘lda qiynalmasligim uchun buyurtma taksi yollashlarini aytdilar. Keyin harbiylar farzandlari uchun bepul kurslar ham tashkil qilmoqchiman”, – deydi xonadon bekasi.

Husniddin esa toliblarni yaxshiroq o‘rganish uchun “Men Malalaman” kitobini o‘qigan. Unda “Tolibon”ning Pokistondagi faoliyati muallif tilidan so‘zlanadi. Husniddin xizmat qilayotgan bo‘linma Afg‘onistonning Dali aholi punktiga to‘g‘ri keladi. Mana shu hududni ham u o‘rgangan.

“Urush bo‘lgan joyda rivojlanish bo‘lmaydi. Iqtisodiyotda ham, ijtimoiy hayotda ham. Maʼnaviyat va maʼrifatda ham”, – deydi u.

Mushtariyning sal keyingi rejalaridan biri magistraturada o‘qishini davom ettirish, keyin doktorantura.

Husniddin esa bu vaqtda pensiyaga chiqqan bo‘larkan – 33 yoshida (maʼlum bo‘lishicha, tabiiy sharoit, xizmatning o‘ziga xos murakkabligi, chegara hududi kabi holatlar qayd etilganda bir yillik ish staji ikki yilga o‘tar ekan). Shunda u o‘zi taʼlim olgan O‘zbekiston Qurolli Kuchlarm akademiyasida amaliyotda ko‘rganlaridan bo‘lajak ofitserlarga saboq bermoqchi. Husniddin taʼlim olishga sharoit yaratib bergan ota-onasiga minnatdorchilik bildirdi.

“Vatan himoyachilari kuni” oldidan Husniddin va Mushtariybegim bilan bog‘landik. Mushtariybegim Muzaffarova Muzrabot tumani 22-umumtaʼlim maktabida ingliz tilidan dars berayotgan ekan. Husniddin esa o‘z faoliyatini odatdagicha davom ettiryapti..

“Qizlarim dadam keladimi, deb qorong‘uni kutishadi. ”

Muqaddas Sobirova serjant Asror Xolmatovning olti yillik rafiqasi. Oila Sirdaryo viloyati Shirin shaharchasida yashaydi.

Harbiy qismda bizni kutib olgan Asror xonadoni sari boshladi.

Yana bir fayzli oila. Bir-biridan shirin vijir-vijir ikki qizaloq Asror va Muqaddasning eng katta quvonchi. Ularning ismlari Asida va Asila. Bilmagan odam qizlarni egizak deydi. Qizaloqlarning savollari-yu talablari, injiqligi orasida suhbatimiz qizidi.

Serjant Asror Xolmatov Shirin shahridagi harbiy qism tarkibida xizmat qiladi. U 2012 yilda “Qurolli kuchlar akademiyasi”ga hujjat topshirib bali yetishmaganda ham harbiy bo‘lish niyatidan qaytmagan.

Jizzax viloyati Baxmal tumanida askarlik burchini bajarayotganda u Vatanni qo‘riqlash, harbiylik yukini yelkada ko‘tarish uchun ofitser bo‘lish shart emas, degan qarorga kelgan.

“2015-yilning fevralida bir yillik xizmatni tugatib, shartnoma asosida ishlash ishtiyoqi paydo bo‘ldi. Testlar, imtihon topshirdim. Saralash bosqichidan o‘tganimdan so‘ng besh yillik shartnoma tuzib, Shirin shahriga yo‘llandim. Mana, yetti yildan buyon bitta obyektdaman”, – deydi Asror.

Asror bir yilcha ko‘nikish davridan o‘tgach, onasi ko‘z ostiga olib qo‘ygan qiz haqida gap ochgan. Asror ham Muqaddas ham Farg‘onaning Oltiarig‘idan. Mahalladosh qizni Asror azaldan bilgan. Faqat ular avvaldan gaplashib yurishmagan.

“Onam tanlagan qiz, menga ham yoqdi”, – ochiq chehra bilan gapiradi Asror.

Foto: Xabardor.uz

Muqaddas esa birinchi uchrashuvini shunday eslaydi:

“Bular (turmush o‘rtog‘ini nazarda tutib, -tahr.) dadamga yoqardi, menga ham albatta yoqqan. Birinchi uchrashuvda Farg‘onada bog‘larda aylanganmiz. Tushuntirgan. “Men ko‘p vaʼdalar bermayman. Lekin baxtli qilish uchun harakat qilaman” degan. Ana shu bilan ketgan, 7 oydan keyin kelgan”.

Muqaddas, ehtimol, harbiy hayotning o‘ziga xos murakkabligiyu oldinda uni qanday masʼuliyat kutayotganini yetti oylik hijronda his qilgandir. “Lekin telefonda gaplashib turganmiz” – qo‘shib qo‘yadi u.

Muqaddasning aytishicha, keyingi uchrashuvda ular “ZAGS”ga ariza yozishgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tishgan. Shu bilan kelin Asrorni to‘yda ko‘rgan. Keyin barcha harbiylar kelinchagi kabi Muqaddasxon ham chillasi chiqmasdanoq qaynona-qaynota xonadonini tark etdi.

“Ertalab chiqib ketib, kechqurun keladi. Zerikar edim, uydagilarni sog‘inardim”, – Muqaddas “yig‘lar edim” degan iborani yonida o‘ynab turgan qizaloqlarini o‘ylabmi, aytmaydi.

Muqaddas keyinchalik ko‘plab dugonalar topgan. Ular ham harbiy oilalarning ayollari. Dugonalari ular kabi 5-6 yillik ro‘zg‘or bo‘lishsa-da, allaqachon bir necha viloyatda yashab kelishga ulgurishgan. Yetti yil davomida erining bitta qismda xizmat qilishi bu ayolning hayoti silliq kechdi deganimi?

“Mana bu harbiy qismdagi uy berilguncha, qismdan tashqarida ijara uyni to‘rt-besh marta almashtirib yashaganmiz. Har bir uy egasining o‘ziga xos talablari bo‘lardi. Keyin bularning uzoq muddatli safarlariyam kam emas, musobaqalari ko‘p”, – deydi Muqaddas.

Asror oilada uch o‘g‘il ulg‘aygani uchunmi, qizlariga, ayoliga ko‘proq mehr bergisi, ular uchun ko‘proq vaqt ajratgisi keladi. Lekin harbiy xizmat hamma vaqt ham bunga imkon bermaydi. Asror xalqaro harbiy o‘yinlari musobaqalari ishtirokchisi sifatida mashg‘ulotlarda, safarlarda bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.

Asror oila boshlig‘ining vaqtinchalik uzoqda bo‘lishi oilani yana-da jipslashtiradi deb hisoblaydi.

Muqaddasxon o‘zi maktabgacha taʼlim borasida maʼlumotga ega, qizlari bilan shug‘ullanishni o‘rniga qo‘yadi. Kitob o‘qib beradi, multfilm qo‘yib beradi, harakatli o‘yinlarga ham ahamiyat qaratadi, vaqtida ovqatlantiradi, vaqtida uxlatadi. Lekin qizlari dadasi safarda bo‘lganida, onasining aytishicha, “qorong‘u tushsa keladimi” deb qorong‘uni kutishadi. Kattasi dadasini so‘raydi, kichigi injiq bo‘lib qoladi.

Foto: Xabardor.uz

Asror uzoq muddatli safarlari chog‘ida oilasini Farg‘onaga olib borib qo‘yadi. Qizlari dunyoga kelishi oldidan ham ayolini onasiga topshirib kelgan. Keyin chaqaloq 2-3 oylik bo‘lguncha ikki orada qatnaydi. Buning hammasi ayoli yolg‘izlanmasin, qiynalmasin degan maqsadda.

Muqaddas harbiy ayolining qiyinchiligi “ko‘ch-ko‘ch”larda emas, ko‘pincha jufti uzoqda bo‘lishida deb biladi. “Keyin harbiy erkaklar uyda ham harbiy intizom talab qilishida”, – deydi u.

“Yog‘ni yondirganing, hammayoqni qoraytirganing-u, uyni suvga bostirganingni aytmaysanmi?” – Asror hazil aralash suhbatni eng qiziq nuqtaga buradi.

Shunda Muqaddas boshlaydi: “Tushlikka keladigan vaqti oldidan yog‘ni qozonga qo‘yib, gazni yoqqanman. Tez-tez unnayapman. Chunki kelganida ovqat tayyor bo‘lmasa, indamasdan chiqib ketadi. Ichkarida beshikdagi bola big‘illab yig‘ladi. O‘zi tuni bilan bevoztalanib chiqqandi. Ichkarida bolani ancha vaqt ovutib, yog‘ni unutibman. Yog‘ yonib ketgan. Qo‘shnilarim ko‘rgan. Taqillatishdi vahima bilan. Qo‘rqib ketganman.”

Er-xotin o‘sha kuni Asror tushliksiz qolganiyu, ko‘chib kirganlariga hafta bo‘lmagan ijara uyni remont qilib berganlarini kulib-kulib biri olib, biri qo‘yib gapiradi. Lekin, tasavvur qiling, o‘shanda ayol kulganmi, yig‘laganmi? Uning o‘shandagi holati – ham beshikda bolasi, ham ikkiqatlik nimaligini boshidan o‘tkazgan ayolgina tushunadi.

Uyni suv bostirganida, (boshqa uyda) Muqaddas ikki farzandi bilan uyda bo‘lgan. O‘sha tunda Asror navbatchilikka qo‘yilgan.

“Kechqurun suv o‘chib qolgan. Idishni yuvolmaganman. Suv ham olib qo‘ymagan ekanmiz. Rakovina o‘rtasida idishim qolib, suv ochig‘icha qolib ketgan. Tunda suv chiqqan, idish to‘sgani uchun suvni tortib ketolmagan. Soat birlarmidi, pastdagi qo‘shnim vahima bilan taqillatayapti. Hali nima bo‘lganini ham tushunmaganman. Eshikni ochmaganman. ”

Xolmatovning uyini suv bosdi” degan mazmunda harbiy qismga qo‘ng‘iroq bo‘lgan.

“O‘rnimga naryad chaqirib ming xayol bilan kelganman”, – deydi Asror.

Nafaqat Asror va Muqaddasning hayotida, balki boshqa harbiylar hayotida ham ishdagi tartibning oilaga taʼsiri bo‘ladi. Shunaqa paytda tushunmovchilik, araz-gina ham bo‘ladi. “Kengroq qarash kerak, masala o‘tdi-ketdi, keyin kulguga yo‘yadigan jihatlar bo‘ladi yoki umuman “unutish” lozim bo‘ladi” deyishdi suhbatdoshlarim.

Asror har qanday holatda ham haftalik bozorni o‘zi qilib berishga harakat qiladi. “Harbiyning ayoli bo‘lganimdan hech qachon afsuslanmayman, aksincha, faxrlanaman. To‘g‘ri, xavotirlanaman. Har safar “Ollohga omonat” deyman, Olloh saqlaydi”, – Muqaddas taʼsirlanib aytadi bu so‘zlarini.

Muqaddas kelin bo‘lib tushganidan buyon moddiy qiyinchilikni sezmaganini taʼkidlaydi. Erlari Rossiya va boshqa davlatlarda yillab qolib ketib, bolalari tarbiyasi va sharoitlarida muammo bo‘layotgan maktabdosh dugonalari unga havas qilishini ham aytadi. Er-xotin ikkovi bir ovozdan “Shirin shahriga o‘rganib qoldik. Lekin boshqa hududga o‘tish talabi paydo bo‘lsa, biz tayyormiz, yangi sarguzashtlarni yaxshi ko‘ramiz”, deyishadi.

Asida va Asila esa yangi joyga ko‘chish nimaligini hali tushunishmaydi. Bir qarasangiz, birgalikda kuylashadi, baʼzan janjallashadi. Tortishuvlari ham chetdan qaraganda zavqli. “Dadam meniki! Yo‘q meniki!”. Dadasining furajkasini birovi egallab olganda ikkinchisi arazlaydi.

“Sinovlarning rohati ham bor”

Gulandon Ixsonova, hozirda nafaqadagi ofitser Jamshid Yunusov bilan oila qurganiga 18 yil bo‘lgan. Bugun u oilasi bilan Toshkentda yashaydi.

Samarqandda kelinlik davrining o‘ziga xosligi bor. Qirq kun kelinchak boshidan tillaqosh tushmaydi. Zardo‘zi liboslar har kuni necha marta almashtiriladi.

Gulandon faqat o‘n besh kungina do‘ppi, tillaqoshli yurdi. Keyin kelin-kuyov “qaydasan, Qoraqalpog‘iston” deb yo‘lga chiqdilar. Samarqandcha milliy lash-lushlar qoldi sandiqda.

Foto: Oilaviy arxivdan

“Biz sovchi qo‘yilguncha bir-birimizni tanimaganmiz. Faqat ota-onalar quda bo‘lmishlarni uzoqroqdan bilishgan. Novchaman. Sovchi qo‘yayotganlarning ko‘pi bo‘yi pastroq yoki teng bo‘yli bo‘lgan. Ishqilib, taqdirimga mendan balandi uchrasin deya niyat qilardim. Gap faqat tashqi ko‘rinishda ham emas, albatta. Ular mendan ancha baland ekan. Keyin og‘ir-bosiq, gaplarini o‘ylab gapiradigan yigit sifatida taassurot qoldirgan”, – eslaydi Gulandon.

Jamshid esa “Hammasini Gulidan so‘rayvering” deydi. Kenjalari Farzona ham dadasi bilan o‘yinidan chalg‘ishni istamaydi.

Nukusda Gulandonni kutilmagan, tasavvuriga sig‘maydigan hayot kutardi. Avvalo ob-havo juda farqli edi. Keyin u qoraqalpoq tilini boshida tushunmagan.

“Tilni bilmayman, hech qayerni bilmayman. Borgan paytlarimiz na radio, na televizorimiz bor edi. Xo‘jayinim ishlari oqshom 11gacha davom etar, to‘rt devor ichida qolganman. Lekin ularning mehrlari, sabr-toqatga undashlari bilan qiyinchiliklarni yengib yashadim.

Jamshid Qoraqalpog‘istonda o‘tgan yillarni shunday xotirlaydi:

“Xizmatni boshlaganimdan ko‘p o‘tmay oylik shartnomadagi askarlar vzvod komandiri etib tayinlandim. Ishimiz qiyin edi. Oilaga ko‘proq eʼtibor berishga harakat qilganim bilan istak va imkon o‘rtasida tafovut bor edi.”

Gulandon harbiylar hayotini ichkaridan kuzatar ekan, o‘zi ham harbiy bo‘lmoqchi ekanini kunlardan birida Jamshidga aytgan. Jamshid esa oilada ham ayol, ham erkak harbiy bo‘lishi avvalo bolalar hayotiga taʼsir qilishini unga tushuntirgan. Gulandom farzandli bo‘lganidan keyingina erining haqligini tushungan.

“Boshqa kelinlar qaynona va onasidan uzoqda bola parvarishida qiynalganini bilaman. Lekin men Samarqanddagi shifoxonaning chaqaloqlar bo‘limida hamshira bo‘lib ishlaganim qo‘l keldi. Lekin bozor-o‘charga chiqishda aravachada chaqaloqni birga olib chiqishga majbur bo‘lardim, qoldirib ketadigan odam yo‘q edi. Xo‘jayinimning bozorga borishga vaqtlari yo‘q edi”, – deb eslaydi Gulandon.

Bora-bora Gulandon boshqa harbiylarning ayollari, qoraqalpoq qo‘shni xotin-qizlar bilan ham yaqin dugona bo‘lib ketdi. Uning o‘zi ham qoraqalpoq tilida gapiradigan bo‘ldi.

Foto: Oilaviy arxivdan

Katta farzandi Jahongir va qizalog‘i Marjonaning tillari bog‘chada, qoraqalpoqchada chiqqan: “Bog‘cha yoshida edi. Samarqandga mehmonga borganimizda ikkisi bir uy qarindoshlar oldida urushib qolsa deng. Ular qoraqalpoqchasiga bir-birini ayblar, mehmonlar ular nima deyayotganini tushunmas edilar. ”

Mamlakatning eng chekka hududidan keyin Jamshid va Gulandonning moʻjazgina oilasi Toshkentga o‘tkazildi. Jamshid harbiy akademiyada taʼlim bera boshladi. Shu yili Jahongir Mudofaa vazirligi qoshidagi maktabga 1-sinfga qabul qilindi. Keyin Marjonani ham shu maktabga berishdi.

Oila harbiylarga berilgan imtiyozli to‘lovli uyga ko‘chib o‘tguncha bir necha marta istiqomat joylarini almashtirdi. Lekin ular bolalar maktabidan uzoq bo‘lmagan hududdan uy topishga harakat qilishdi.

Sabrning tagi sariq oltin deydilar. Harbiylar uchun maxsus imtiyozli ipoteka uy ham olishdi. Yangi uyda yangi quvonchlar olib kelgan Farzona tug‘ildi. Bu vaqtda Marjona dastyor bo‘lib qolgandi, uy-ro‘zg‘or ishlarida, singlisi parvarishida qarashdi.

Jamshid nafaqaga chiqishidan keyingi faoliyati haqida to‘xtaladi:

“2018-yildan muddatidan avval pensiyaga chiqishim mumkin edi. Qoraqalqog‘istonda ishlagan bir yilim bir yarim yil deb belgilangan. Harbiyning maoshi yaxshi bo‘lgani uchun pensiyasi ham risoladagidek bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham o‘zimni bir necha boshqa sohalarda sinab ko‘rishdan erinmadim. Mana, bir firmada o‘z o‘rnimni topganimga amin bo‘ldim. Ishimiz qiziq, dehqonchilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.”

Gulandon esa Toshkentga kelgan yillarida 3-sonli Toshkent Tibbiyot Akademiyasi jamoasiga kelib qo‘shilgandi. Bugun ham u ahil jamoasi bilan birga. Tibbiy reabilitatsiya bo‘limiga kelib davolanadigan mijozlari orasida qoraqalpoq mijozlari kam emas. Ular “Guli qizimiz” deb ataylab izlab kelishadi. Darddan forig‘ bo‘lib qaytayotganda esa duolar qilishadi.

Qahramonimiz harbiy yorining ko‘ngliga qarab mazali-mazali ovqatlar tayyorlashni ham uddasidan chiqadi, bolalarining har biri bilan ularning xarakteri, qiziqishlariga qarab suhbatlashadi, yo‘naltiradi. O‘z ustida ishlashni ham yaxshi ko‘radi. Tibbiyot bo‘yicha qo‘shimcha kurslarni bitirdi. Haydovchilikni o‘rganib bo‘lgani bilan turmush o‘rtog‘i u uchun alohida avtomobil olib berdi.

“Harbiylikdagi faoliyatlari tugadi. Lekin oiladi harbiy intizom, faollik qoldi. O‘zim ham har kuni tongda bir xil vaqtda uyg‘onishga odatlanib qolganman. Nonushta tayyorlayman. Bolalar tushligini ham pishirib qo‘yaman. Keyin hammamiz birgalikda nonushta qilib, yo‘lga chiqamiz. Bolalarning birini bog‘chasiga, boshqasini maktabiga, yana birini qo‘shimcha kursiga tashlab ishga kelaman. Dadamiz ishxonalari yo‘li teskari yo‘nalishda. Shu sababli ular ishlariga o‘z mashinalarida yetib oladilar”, – deydi xonadon bekasi.

Gulandon harbiy xizmatchilarning xorijiy davlatga chiqishi taqiqlangani asosli talab ekanligini yaxshi tushunadi. Ammo oilasi bilan chet ellarga sayohat qilolmaymanmi deb xunob bo‘lganini kulib eslaydi. Turmush o‘rtog‘i nafaqaga chiqqanidan so‘ng, o‘tgan yozda juftlik Misrda bir hafta davomida sayohatda bo‘lishgan.

Foto: Oilaviy arxivdan

Bu yil Gulandon va Jamshid oilada yana bir quvonchdan umidvor. Maktabni bitirayotgan Jahongir moliya sohasida oliy taʼlim dargohiga kirish uchun qizg‘in tayyorlanayapti.

“Harbiy bilan yonma-yon yashagan ayolga berilgan tashvish-sinovlar intihosi rohat, desam balandparvoz tuyulmasin. Men turmush o‘rtog‘imning Vatan tinchligi uchun hissasi qo‘shilganidan, men oiladan turib ularni qo‘llaganimdan faxrlanaman”, – deydi Gulandon Ixsonova.

Xulosa o‘rnida

Qahramonlarimizning birortasi turmush qiyinchiliklaridan nolimadi, harbiyning ayoli bo‘lish qiyin demadi. Lekin samimiy suhbatlardan ularga oson bo‘lmagani, bo‘lmayotganini o‘zingiz ham ilg‘agandirsiz. Ammo hayotning o‘zi o‘ng‘ir-cho‘nqirlari, ulardan o‘tib olganingiz bilan qiziq emasmi?

Eng muhim gap: Biz osuda mamlakatda yashayapmiz. Qahramon ayollarimiz, ularning minglab dugonalari tinchlik posbonlarining tinchini qo‘riqlayapti.

Mustahkam Tangriyorova, jurnalist

Bu video ko’rinishi uchun sizning brauzeringiz JavaScript’ni qo’llab quvvatlashi kerak

Qiziqarli malumotlar
Ayollar qaysi turdagi harbiy xizmatni o’tashlari mumkin