Avrat va qo‘ltiq osti tuklari, boshqa joydagi tuklarni ham olish mumkinmi?

Avrat va qo‘ltiq osti tuklari, boshqa joydagi tuklarni ham olish mumkinmi?

Avrat va qo‘ltiq osti tuklari, boshqa joydagi tuklarni ham olish mumkinmi?

DO`STLARGA ULASHING:

Savol: Mening savolim poklik borasida. Avrat va qo‘ltiq osti tuklaridan tashqari boshqa joydagi tuklarni ham olish mumkinmi? Ayollar qo‘l va oyoq tuklarini olishsa bo‘ladimi? Tukni tozalashda tig‘siz, turli vositalardan foydalanish mumkinmi? (Barot)

Javob: Insondagi harom tuklar doim olib turilishi kerak. Masalan, avrat joylaridagi tuklar uzog‘i bilan qirq kunda olinadi. Har oyda olinsa, yaxshi. Qo‘ltiq osti tuklari har haftada olinishi afzal.

Ayollar chiroy uchun qosh va yuzdagi tuklarni olishdan qaytarilgan. Bilishimcha, bundan boshqa tuklarni olish haqida ko‘rsatma kelmagan. Shuning uchun, ko‘krak, qo‘l va oyoqdagi tuklarni olish muboh sanaladi. Agar hojati bo‘lmasa, insonga noqulaylik tug‘dirmasa, qo‘l, oyoq, qorin va beldagi tuklarni olmagan ma’qul.

Shariatda olish ruxsat etilgan tuklarni zamonaviy vositalar bilan ketkazishga monelik yo‘q. Jumladan, tuklarni lazer yordamida tozalasa bo‘ladi. Faqat bu ish inson sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi kerak. Sharti – shu. Qolaversa, avratni begonalardan berkitish masalasi ham yoddan ko‘tarilmasin. Zero, tuklarni zamonaviy vositalar bilan ketkazish, begonalar oldida libosini yechishga uzr bo‘la olmaydi. Vallohu a’lam! (Manba: “Tahorat kitobi”)

Qosh va yuzdagi tuklarni terish yoki terdirish gunoh sanaladi. Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Dorimiy, Ibn Moja va Ahmad keltirgan uzun rivoyatda tanasiga surat chizdiruvchi, qosh teruvchi, qosh terdiruvchi, Alloh yaratgan narsalarni o‘zgartiruvchi ayollar la’natlangan.

Jumhur ulamolar ittifoq qilishicha, ayol qo‘li, oyog‘i, qorni va badanining boshqa joylaridagi tuklarni olishi mumkin. Vallohu a’lam! (Odilxon qori Yunusxon qori o‘g‘li)

Avrat va qo‘ltiq osti tuklari, boshqa joydagi tuklarni ham olish mumkinmi?