ATLANTIKSITI — AQSH shim.-sharqidagi shahar, Nyu-Jersi shtatida. Aholisi 309 ming kishi (1988; shahar atrofi b-n). Silikat-keramika, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Kimyo-farmatsevtika uskunalari i. ch. yoʻlga qoʻyilgan. Dengiz kurorti, xalqaro turizm markazi.