ASSO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASSO haqida malumot bilib oling.

ASSOTurfon vodiysi (hoz. XXR hududi)dagi qad. shahar xarobalaridan biri; rus sayyohlari G. Ye. GrummGrjimaylo va D. A. Klemenslarning koʻrsatishicha, Asso daryo sohilida joylashgan, keyinchalik shaharning koʻp qismi qum ostida qolib ketgan, faqat shahar oʻrdasining xarobalarigina saqlanib qolgan. U tevarak-atrofi qalin devor bilan oʻralgan toʻrtburchakli qalʼaga oʻxshaydi. Oʻrdaning asosiy qismi bir necha qavat, tepasi gumbaz shaklida. Oʻrdaning ichi (hovlisi)da qurbonlik qilinadigan supacha saqlangan. Uy-imoratlarning qurilish usuli Buxorodagi Varaxsha xarobalariga oʻxshab ketadi. Asso va Turfon vodiysidagi boshqa xarobalar uygʻur idiqutparining davriga oid boʻlib, moʻgʻullar hukmronligi davrida ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Faqat Chigʻatoy xonlarining hukmroiligi davridagina (14 — 16-a. lar) Sharqiy Turkiston shaharlari tushkunlikka uchrab, xarobaga aylandi.

ACCOM — Hindistonning shimoliy-sharqidagi shtat. Sharqiy Himolay togʻlari etagida. Mayd. 78,5 ming km2. Aholisi 22,3 mln. kishi (1991), yarmidan koʻprogʻini assomlar, 18% ni bengal lar tashkil etadi. Maʼmuriy markazi — Dispur sh. Qadimda va ilk oʻrta asrlarda Asso hududi Kamarupa deb atalgan. AngliyaBirma urushlari (19-a.) natijasida A. Angliyaning Hindistondagi mulklariga qoʻshib olingan. 1950-y. dan Hindiston Respublikasi shtati. Shtat aholisining 9/10 qismi Brahmaputra va Surma vodiysida, qolganlari togʻli viloyatlarda yashaydi. Asso hududining yarmi pasttekislik, qolgan qismi bal. 3826 m gacha boʻlgan Assom togʻlaridan iborat. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi tropik, musson iqlim, sernam. Dunyoda eng koʻp yogʻin tushadigan joy. Yiliga 12500 mm gacha yogʻin yogʻadi. Doim yashil tropik oʻrmonlar va butazorlar bor. A. Hindistonda choy yetishtiradigan va sholi hamda jut ekishga ixtisoslashgan mayda dehqon xoʻjaliklari oʻlkasidir. Aholining 80% ga yaqini q. x. da ishlaydi. Asso yer maydonining 15% iga ekin ekiladi. Butun Hin-distonda yetishtiriladigan choyning yar-miga yaqinini Asso beradi. Loviya, shakarqamish, tamaki, paxta, kunjut, indov va xantal ekiladi. Assoning ishlab beruvchi sanoati nisbatan yirik choy f-kalaridan, faner va yashik ishlab chiqaradigan korxonalar, objuvoz va yogʻ korxonalari, Dhubridagi gugurt f-kasidan iborat. Digboy va Naharkatiya Hindistonda neft chiqariladigan muhim r-ndir. Neft qazib olish va qayta ishlash Asso sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri. Koʻmir (Margerita) va ohaktosh qazib chiqarish mahalliy ahamiyatga ega. Brahmaputra vodiysi boʻylab oʻtadigan t. y. A. ni Hindistonning boshqa qismlari bilan bogʻlaydi; Brahmaputradan Dibrugarhgacha kema qatnaydi. ACCOM TILI — Hindistonning shimoli-sharqidagi Assom shtatida yashovchi assom xalqining tili. HindEvropa tillari oilasiga kiradi. Asso 10 — 11 – a. larda shakllana boshlagan. 13 – a. da Assom yerlarini axomlar ishgʻol etishi bilan Asso axom leksikasi, oʻlkada vishnuiylik dini yoyilishi tufayli sanskrit leksikasi taʼsirida rivojlandi. Assomda inglizlar hukmron boʻlgan davrda bengal tili viloyatning rasmiy tili deb eʼlon qilingan. Bu davrda Assoga bengal leksikasi katta taʼsir koʻrsatgan. Asso Hindiston milliy tillaridan biri boʻlib qolgan.

Asso dagi adabiyot 13 – a. oxiri — 14 – a. boshlarida paydo boʻldi. 15 — 16 – a. larda koʻproq diniy mavzuda asarlar yaratildi. 17 — 18 – a. larda tarixiy voqealar aks etuvchi yilnoma (buranj)lar hamda diniy arboblar hayoti aks etuvchi asarlar keng tarqaldi. 19 – a. ning 2-yarmiga kelib yangi adabiy janr (roman, hikoya)lar paydo boʻldi. Assoda jurnal nashr etila boshladi. Publitsistika ham taraqqiy etdi. Ingliz mustamlakachilariga qarshi xalq qoʻzgʻoloni milliy ozodlik harakatini yangi bosqichga koʻtardi. Bu davr adabiyotida vatanparvarlik gʻoyalari ilgari surildi (P. Chaudxuri, «Joʻshqin qoʻshiklar»). 20 – a. ning 2 – yarmida ijod etgan yozuvchilar asarlarida ijtimoiy taraqqiyot uchun kurash asosiy oʻrinni egalladi (S. A. Malik, Ch. K. Gogʻoya, Sharma Dinapatxa, P. Pxukana va b.).

Ensiklopediya.uz
ASSO