Android qurilmalarda yashirin mayning nima
Android qurilmalarda yashirin mayning nima
DO`STLARGA ULASHING:
Android qurilmalarda yashirin mayning nima yoki smartfoningiz qotib ishlashiga yana bir sabab
Agar Android tizimi qotib ishlasa (https://t.me/gsmgurus_FAQ/942) ko‘pchilik buning uchun darrov viruslarni ayblaydi. Yoki smartfon qizib ketsa (https://t.me/gsmgurus_FAQ/791), quvvati tezda tugasa (https://t.me/gsmgurus_FAQ/543), unda buni odatda uning eskirganligi bilan bog‘lashadi va uni o‘zgartirish vaqti keldi deb o‘ylashadi. Aslida muammo smartfonda yashirincha ishlayotgan kriptovalyuta mayneridan bo‘lishi mumkin.
Maynerlar turli kriptovalyutalarni yaratish uchun hisoblash qurilmasi resurslaridan foydalanadigan dasturlardir. Bunday dasturlar foydalanuvchining roziligisiz o‘rnatiladi va ko‘pincha troyan va boshqa zararli dasturlardan foydalangan holda tarqatiladi.
Hisoblash quvvati mayning uchun muhimdir. Albatta ish kuchi nuqtai nazaridan, mobil qurilmalarni kuchli videokartaga ega kompyuterlar bilan taqqoslab bo‘lmaydi, ammo gap yagona botnetga birlashtirilgan yuz minglab qurilmalar haqida ketmoqda.
Botnet — bu bir nechta qurilmalarning kuchidan foydalangan holda bitta vazifani bajarish uchun boshqariladigan tarmoq. Botnetlar mayningdan tashqari, keng ko‘lamli DDoS-kiberhujumlar (https://daryo.uz/k/2022/02/16/xakerlar-ukrainadagi-davlat-xizmatlari-servisiga-ozbekiston-orqali-hujum-uyushtirgani-malum-qilindi/) uyushtirishda ham qo‘llaniladi.
Smartfonga yashirin maynerni yuqtirish juda oson va bu uchun shubhali manbalardan ilovalarni yuklab olish ham shart emas. Ma’lum bo‘lishicha, rasmiy Google Play do‘konidan mutlaqo zararsiz ko‘rinadigan ilovani ishga tushirish orqali yashirin maynerni yuqtirib olish mumkin.
Muammo shundaki, bu kabi ilovalar tavsifida ko‘rsatilgan barcha foydali funksiyalarini bajaradi, faqat zararli qismini o‘zi boshqa manbadan yuklab oladi. Shu sababli Google Play himoya tizimi (https://t.me/gsmgurus_FAQ/852) ilovadagi xavfni sezmasligi mumkin.Tasavvur qiling, biror mobil o‘yinning mod versiyasini (https://t.me/gsmgurus_FAQ/434)noma’lum manbadan o‘rnatib o‘ynashni boshladingiz va shu vaqt ichida unda o‘rnatilgan yashirin mayner o‘z egalari uchun raqamli valyuta ishlab chiqaradi. Buni sezish juda qiyin, chunki e’tiboringiz o‘yinda bo‘ladi va o‘ynash paytida smartfoningiz qizib ishlashini ham tabiiy deb o‘ylaysiz. Bu usul ko‘plab VPN ilovalari uchun ham taaluqli va umuman olganda bepul ilovalarda reklama ko‘rsatilishi o‘rniga yashirin mayner joylashtirish ommalashmoqda.
Yashirin maynerlardan himoyalanish usullari ham oddiy:
• Smartfoningiz noodatiy xatti-harakatlariga e’tibor bering. Agar u juda qizib ketsa va hech qanday sababsiz quvvati tezda tugasa, qaysi ilovalar batareya quvvatini sarflayotganini o‘rganib chiqing.
• Yangi ilovalarni yuklab olayotganda, reytingi, ishlab chiqaruvchisi va foydalanuvchilari sharhlariga e’tibor bering. Yaxshi obro‘ga ega bo‘lgan ishonchli ishlab chiquvchilarning ilovalarida zararli funksiyalarni uchratish ehtimoli juda kam.Savol: Yana qanday elektron qurilmalarda yashirin mayning mavjudligi haqida eshitgansiz?
Android qurilmalarda yashirin mayning nima