ANʼANA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANʼANA haqida malumot bilib oling.

ANʼANA — oʻtmishdan kelajakka meros qoladigan, avloddan avlodga oʻtadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon boʻladigan moddiy va maʼnaviy qadriyat. Milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy va b. A. lar bor. A. lar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi. Odamlarning turmush tarzi, moddiy sharoitlari turli Anʼana larning shakllanishiga taʼsir qiladi. Muayyan ijtimoiy tartib-qoidalar, axloq meʼyorlari, urfodat, marosim va b. A. sifatida namoyon boʻladi. Anʼana larni: a) ijtimoiy-tarixiy hodisa; b) jamiyat hayotidagi jarayonlarning tarkibiy qismi; v) kishilar hayoti va faoliyatini belgilash mezoni; g) jamiyat va odamlarni boshqarishning maʼnaviy omillaridan biri sifatida tavsiflash mumkin. Anʼanalar yoshlarni tarbiyalash, ularni keksa avlod tajribalariga oʻrgatish vositasi hamdir. Har bir davrning oʻz Anʼana lari boʻlib, vaqt oʻtishi b-n oʻzgarib, mazmunan boyib boradi, baʼzilari yoʻqoladi, yangilari vujudga keladi. Shuningdek, bir zamonning Anʼanalari ikkinchi zamonga mos kelmasligi mumkin. Davr talabiga javob bermaydigan Anʼanalar unutiladi. Har bir xalqning Anʼana larida oʻsha xalqning turmush tarzi, madaniy kamolot darajasi, milliy ong va qiyofasi ham aks etadi. Bir hudud aholisi yoki xalqiga xos Anʼana larga har xil mafkuraviy, partiyaviy nuqtayi nazardan yondoshish, boshqa hudud yoki xalq nuqtayi nazaridan baholash notoʻgʻri. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng sobiq shoʻrolar tuzumida joriy etilgan Anʼana viy bayram va tantanali kunlarning koʻplari oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Oʻzbek xalqining qadimdan tarkib topgan, hozir ham keng amal qilinadigan Anʼanalari bor. Bular jumlasiga keksalarga hurmat, qarindosh-urugʻ, mahalla-koʻy bilan oqibatli, yaqin aloqada boʻlish, el-yurtga sadoqat, hashar, mehmondoʻstlik, nonni eʼzozlash va b. kiradi. Oʻzbekistonda Navroʻz, Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Roʻza hayiti, Qurbon hayiti va b. xalq bayramlari yaxshi Anʼanalar sifatida hayotga singib ketdi.

Ensiklopediya.uz
ANʼANA