Amir Temur haqida ma’lumot to’liq malumot oling

Amir Temur haqida ma’lumot to’liq malumot oling

Amir Temur
Mundarija скрыть

(to’liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag’oy ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel, Kesh (hozirgi Shahrisabz) sh. yaqinidagi Xoja Ilg’or qishlog’i (hozirgiYakkabog’ tumani) — 1405-yil, 18-fevral, O’tror sh., Samarqandda dafn etilgan) — o’rta asrningyirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi. Amir Temurning ota-onasi

Amir Temur haqida ma’lumot

Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi amir Tarag’oy esa barlos urug’ining oqsoqollaridan hamda Chig’atoy ulusining e’tiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Tarag’oy ham yilda bir marotaba Ili daryosi bo’yida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yig’inlarda muttasil qatnashar edi. Shu bilan birga u, Sharafuddin Ali Yazdiyning ta’kidlashiga ko’ra, «ulamo va sulaho va muttaqiylarg’a mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi…». Tarag’oybek piri Shamsuddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri bo’lgan. Tarag’oybek 1360 yilda vafot etgan.

Amir Temurning yoshligi

Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga to’lgach, otasi uni o’qishga berdi. Amir Temur yoshlik chog’laridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o’q uzish, boshqa turli mashq va harbiy o’yinlar bilan mashg’ul bo’lgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir bo’lib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan og’ir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson bo’lgan. Shu tufayli o’spirinlik chog’laridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli do’stlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi do’stlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar) to’planishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin navkar bo’lishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy bo’linma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur qo’shinida lashkarboshilik darajasigacha ko’tarilganlar.

Biografiya
Amir Temur haqida ma’lumot