AMENOREYa haqida malumot bilib oling.
AMENOREYa (yun. a — inkor qoʻshimchasi, men — oy va rheo — oqaman) — olti oy va undan koʻproq muddat hayz koʻrmaslik. Agar ayol ilgari hayz koʻrmagan boʻlsa, birlamchi, oldin hayz koʻrib yursa-yu, maʼlum vaqtdan soʻng hayz qoni uzoq vaqtgacha yoki butunlay toʻxtab qolsa, ikkilamchi Amenoreya boʻladi. Fiziologik Amenoreya balogʻatga yetmagan qizlarda, homiladorlik, bola emizish va klimakteriya davrida uchraydi. Patologik Amenoreya ogʻir infeksion kasalliklar (terlama, sil, sepsis), umumiy darmonsizlik, moddalar almashinuvining buzili shi, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining oʻzgarishi, organizmning zaxarlanishi, bachadonga turli eritmalar quyilishi tufayli roʻy beradi. Baʼzan Amenoreyada kasallik belgilari kuzatiladi, yuz va boshga qon koʻp kelib, toʻsatdan issiq seziladi, keyinchalik esa et uvushadi, sovuq ter bosadi, quloq shangʻillaydi va b. Hayz sikli buzilgan hollarda darhol vrachga uch-rashish va uning koʻrsatmalariga amal qilish lozim.
Ensiklopediya.uz
AMENOREYa