ALBANIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALBANIYA haqida malumot bilib oling.

ALBANIYA, Albaniya Respublikasi (Republika e Shgiperise) — Bolqon ya. o. ning jan.-gʻarbidagi davlat. Adriatika va Ioni dengizlari sohilida joylashgan. Maʼ-muriy jihatdan 36 retaga boʻlingan. Poytaxti alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Mayd. 28,7 ming km2. Aholisi 3,5 mln. kishiga yaqin (1999). Poytaxti Tirana sh.

Davlat tuzumi. Albaniya — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1998-y. qabul qilingan. Davlat hokimiyatining oliy organi — bir palatali Xalq majlisi (155 deputat), uni barcha fuqarolar 4 y. muddatga saylaydi. Davlat boshligʻiprezident. A. Oliy ijroiya organi — hukumat boshligʻi boshchiligidagi Vazirlar Kengashi (hukumat). Davlat hokimiyatining mahalliy organlari — tegishli xalq kengashlari.

Tabiati. Adriatika dengizining sohili asosan pasttekislik, jan. togʻlardan iborat. Albaniya hududining salkam 70% ni bal. 2692 m gacha boʻlgan Shim. Alban Alplari (Prokletiye) va Jan. Alplar egallaydi. Ular oʻrtasidagi markaziy voha daryo vodiylariga boʻlinadi. Sohili past-baland dengiz boʻyi tekisligidan iborat. Xromit, neft, bitum, temir-nikel va mis ruda konlari bor. Iqlimi — Oʻrta dengizga xos subtropik; iyulning oʻrtacha t-rasi 24», 25°, yanv. niki 8°, 9°. Iiliga 1000 mm yogʻin yogʻadi. Soy va daryolari togʻli, ularda kema qatnamaydi. Eng katta daryolari — Drin, Semani, Shkumbini. Skadar, Oxrid, Prespa koʻllarining bir qismi Albaniya hududida joylashgan. Tekislikda jigarrang, togʻlarda qoʻngʻir togʻ-oʻrmon tuproqlari. Yer maydonining 38% dan koʻprogʻi oʻrmon bilan qoplangan (dub, buk, kashtan va b. xil daraxtlar). Sohilda Oʻrta dengizga xos oʻsimliklar doimo koʻkarib turadi. Albaniyada 4 milliy bogʻ bor.

Aholisi. Asosiy aholialbanlar (salkam 98%). Greklar, valaxlar va b. lar ham yashaydi. Rasmiy tili — alban tili. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 km2 ga 87 kishi. Aholining 35% shaharlarda istiqomat qiladi. Eng yirik shaharlari — Tirana, Durres, Shkoder, Vlyora, Elbasan.

Tarixi. Albaniyaning eng qad. aholisi pelasglar (yangi tosh davri), illiriylar (mil. av. 2-ming yillikdan boshlab) bulgan. Mil. av. 2-a. da hoz. Albaniya hududini Rim bosib olgan. 395-y. dan 1347-y. gacha u Vizantiya tarkibiga kirgan, keyinchalik uning ayrim qismlari bolgar va serb zamindorlari qoʻl ostida boʻlgan. 1389-y. dan Albaniyani Usmonlilar imperiyasi zabt eta boshladi. 15-a. oʻrtalarida Skanderbeg boshchiligida boshlangan umumxalq qoʻzgʻoloni natijasida deyarli butun Albaniya ozod qilindi, birok 1479-y. da uni yana turklar bosib oldi. 1912-y. bahorida Usmonlilar hukmronligini bartaraf etish uchun xalq qoʻzgʻoloni boshlandi. Oʻsha yili 28 noyab. kuni Vlyorada aholi turli tabaqa vakillarining qurultoyi Albaniyani musta-qil davlat deb eʼlon qildi. Muvaqqat hukumatga I. Kamolbey boshchilik qildi. Aslida esa Albaniya boshqa davlatlarga qaram boʻlib qoldi. 1924-y. iyunidagi xalq qoʻzgʻoloni Ahmad Zogu toʻdasini agʻdarib tashladi. Ammo 1924-y. dek. da u ajnabiy imperialistlar yordamida yana qokimiyatni egallab, oʻzini avvaliga respublika prezidenti, 1928-y. esa qirol deb eʼlon qildi. Uning davrida Albaniya amadda Italiya mustamlakasiga aylandi. 1939-y. da fashistlar Italiyasi, 1943—44 ylarda esa nemis fashistlari Albaniyani bosib oldi. Albaniya 1944-y. 28 noyab. da fashist bosqinchilaridan ozod etiddi. 1946-y. 11 yanv. da xalq respublikasi deb tlon qilindi. 1976-y. 28 dek. dan 1991-y. maygacha — Albaniya Xalq Sotsialistik Respublikasi deb atalib keldi. 1991-y. maydan A. Respublikasi. Albaniya 1955-y. dan — BMT aʼzosi. Albaniya va OʻzR oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1993-y. da oʻrnatilgan. Milliy bayrami — 28 noyab. — Bayroq kuni (1912).

Siyosiy partiya va bnrlashmalari, kasaba uyushmalari. A. sotsialistik partiyasi, 1941-y. da tuzilgan, 1948-y. gacha A. Kompartiyasi, 1991-y. gacha Albaniya mehnat partiyasi deb atalgan. Hoz. nomi 1991-y. 12-iyunda qabul qilingan; A. demokratik partiyasi, 1990-y. tuzilgan; A. agrar partiyasi, 1991-y. da tuzilgan; A. respublikachilar partiyasi, 1991-y. da tuzilgan; A. sotsial-demokratik partiyasi, 1991-y. da tuzilgan; Inson huquqlari uchun ittifoq, 1992-y. tuzilgan; A. kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990-y. da tuzilgan; A. mustaqil kasaba uyushmalari birlashmasi, 1991-y. da tuzilgan.

Xoʻjaligi. Albaniya mustaqil boʻlgach, xoʻjalik sohasida muayyan muvaffaqiyatlarga erishdi. U agrar-industrial mamlakatga aylandi. Albaniya milliy daromadining 46% sanoatda, 33% q. x. da hosil qilinadi.

Sanoati. Oziq-ovqat, yengil sanoat, konchilik va yogʻochsozlik tarmoqlarining salmogʻi katga. Energetika neft va gidroenergiya negiziga qurilgan. Yiliga 4 mlrd. kVt-s dan ortiq elektr energiya ishlab chiqariladi. Neft, xrom (1 y. da 1 mln. t — Gʻarbiy Yevropada l-oʻrin), temir-nikel va mis rudalari, bitum qazib olinadi. Oziq-ovqat sanoatida qandshakar, yogʻ-moy, baliq va meva-konserva, vinochilik, tamaki tarmoqlari, yengil sanoatda — asosan toʻqimachilik tarmogʻi mavjud. Kime, metallsozlik, mashinasozlik, yogʻochsozlik sanoatining ayrim korxonalari ishlab turibdi. Asosiy sanoat markazlari: Tirana, Elbasan, Fiyeri, Korcha, Shkoder.

Qishloq xoʻjaligi. Asosiy tarmogʻi — dehqonchilik. Ekinzorlari 560 ming ga dan ortiq (mamlaqat hududining deyarli 20%). 230 ming ga ga yaqini sugʻoriladi. Makkajoʻxori va bugʻdoy oziq-ovqat sohasida katta ahamiyatga ega. Kartoshka, sabzavot ham yetishtiriladi. Paxta, tamaki, qand lavlagi asosiy texnika ekinlaridir. Tokchilik, zaytun va sitrus oʻsimliklari oʻstirish rivojlangan. Chorvachiliqda qoʻychilik va echkichilik ustun.

Transporti. Transportningasosiy turi — avtomobil transporti (yuk aylanmasi hajmining salkam 65% ni tashkil etadi). Durres — Tirana, Durres — Elbasan va b. yoʻnalishdagi t. y. lar mavjud. Dengiz portlari: Durres, Vlyora. Xalqaro aeroporti — Tirana (Rinas).

Tashqi savdosi. Chetga asosan, xromitlar, temir-nikel, mis rudalari, neft, bitum, yogʻoch-taxta, charm, zaytun yogʻi, tamaki, sitrus, sabzavot va mevalar chiqariladi. Albaniya chetdan mashina, asbob-uskuna, prokat, transport vositalari, dori-darmon, kimyo sanoati mahsulotlari, keng isteʼmol mollari keltiradi. Asosiy tashqi savdo mijozlari: Italiya, Gretsiya, Turkiya, Germaniya. Pul birligilek.

Tibbiy xizmati. Albaniyada 10 mingdan ortiqoʻrinli kasalxonalar mavjud. 735 bemorga 1 shifokor toʻgʻri keladi. Shifokorlarni Tirana un-tining tibbiyot f-ti yetishtiradi. Lidjada kurortlar bor.

Xalq taʼlimi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Xalq taʼlimi tizimi 1969-y. da joriy etilgan boʻlib, u maktabgacha muassasalar, 8 y. lik umumiy majburiy, 4 y. lik oʻrta (hunar yoki umumiy) va 3—4 y. lik oliy oʻquv yurtlaridan iborat. Albaniyada 3 un-t bor. Fanlar akademiyasi 1973-y. tashkil etilgan. Milliy kutubxona va un-t kutubxonasi, arxeologiya, etn. muzeyi va b. bor.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi. Albaniyada «Zeri i popullit» («Xalq ovozi», 1942-y. dan) «Mesuyesi» («Muallim», 1961-y. dan), «Bashkimi kombetar» («Milliy birlik», 1943-y. dan), «Kombi» («Millat», 1991-y. dan), «Drita» («Hyp», 1960-y. dan), «Koxa Ione» («Vaqtimiz», 1991-y. dan) va b. gaz. lar nashr etiladi. Albaniya telegraf agentligi 1944-y. tashkil etilgan. «Albaniya radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi» davlat tashkiloti mavjud. Radio-eshittirish — 1944-y. dan, telekoʻrsatuv — 1961-y. dan ishlaydi.

Adabiyoti. Albaniyada boy xalq ijodiyoti — qahramonlik dostonlari, tarixiy qoʻshiqlar mavjud. Alban tilida hozirgacha saqlanib qolgan dastlabki yozma manbayepiskop Pal Engelaning «Choʻqintirish taomili» (1462)dir. 16 — 17-a. larda adiblar P. Budi, F. Barde, P. Bogdani, M. Barxeti ijod qildilar. 18-a. da T. Kavalyoti va Danel alban tili lugʻatini tuzdilar. 19-a. da bir necha atoqli vatanparvar yozuvchilar, milliy uygʻonish arboblari maydonga chiqdi. Adabiyotda romantizm oqimi hukmron boʻlib qoldi. Shu davrning eng taniqli namoyandalari — shoirlardan I. De Rada («Milosao qoʻshigʻi», «Shoʻrpeshona Skanderbeg» dostonlari), Kenja G. Dara («Balaning soʻnggi qoʻshigʻi» dostoni). 3. Serembe («Taqdir» dostoni), V. Shkodrani («O, mening Albaniyam» dostoni), adib va tarjimon K. Kristoforidi. Adabiyotda novella, tarixiy roman, drama paydo boʻla boshladi. Yangi adabiyotning asoschilaridan biri N. Frasherining «Poda va dala» (1886), «Skanderbeg tarixi» (1898) va b. dostonlari yuzaga keldi. 20-a. boshlaridagi shoirlar — A. Chayupi («Tomori ota» toʻplami, 1902; «Oʻn toʻrt yoshli kuyov» komediyasi, 1902), N. Myeda («Quvgʻin», «Bulbul nolasi» dostonlari), F. Shiroka, R. Silichi xalqni birlikka chaqiradi. Vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiq va novellalar muallifi M. Grameno alban badiiy prozasining asoschilaridan biri boʻldi. Albaniya adabiyotining taniqli vakili Fan Noli oʻz sheʼrlarida fuqaroga hurmat va muhabbat tuygʻularini ulugʻladi («Salip Sulton qoʻshigʻi», «Quvgʻin qurboni», «Dragobiy gʻori», «Yugur marafonchi» va b.). 20-a. ning 30-y. larida ijtimoiy mavzu qalamga olina boshladi. 2-jahon urushi davrida va Albaniya ozodlikka chiqqanidan soʻng adabiyotda italyan-nemis fashistlariga qarshi kurash mavzuidagi asarlar yaratildi (F. Gyataning «Partizan Banko haqida qoʻshiq» dostoni, D. Shuterichining «Haloskorlar» romani, 1952— 55). Tur-mushni ijtimoiy jihatdan oʻzgartirishga bagʻishlangan romanlar (S. Spassening «Ular yolgʻiz emas edi», 1952; F. Gyataning «Botqoq», 1959 va b.) paydo boʻldi. 50—60-y. larda avtobiografik va tarixiy qissa hamda romanlar (D. Shuterichi, V. Kokona, Ya. Dzodza asarlari) yaratildi.

Meʼmorligi. Antik davr (mil. av. 7-a.)dan Albaniya hududida mudofaa inshootlari, jamoat va uy-joy binolari, meʼmoriy bezaklarning qoldiqlari, oʻrta asrlardan Vizantiya inshootlari (13 — 14-a. larga mansub boʻlgan Lyavdari, Mborya qishloqlaridagi cherkovlar) va romantik uslubdagi imoratlar (Shasi qishlogʻidagi sobor, Vau-i-Deyes, Oboti qishloqlaridagi cherkovlar, 13-a.), shuningdek, istehkomva qasrlar saqlanib qolgan. Saroylar, timlar, machitlar ham mavjud. A. Xalq meʼmorligiga xos xususiyatlar — togʻlardagi mustahkam minorasimon uylar, ikki-uch qavatli, oldi peshayvonli, yassi cherepitsa tomli uylar. Albaniya shaharlarida oʻrta asrlar va 20-a. boshlaridagi inshootlar bilan yonma-yon zamonaviy imoratlar koʻzga tashlanadi.

Tasviriy sanʼati Oʻrta asrlarda rassomlik va haykaltaroshlik birmuncha rivoj toptan (Lyavdaridagi Troitsa cherkovi devorlariga ishlangan suratlar). 16-a. ning 50-y. larida Sheltsan va Balsh cherkovlarida neokastrlik usta Onufriy suratlar chizgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida dunyoviy rang-tasvir (rassomlardan N. Martini, K. Xidromeno) paydo boʻldi. Keyingi y. larda musavvirlik, grafika, haykal-taroshlikning turli janrlari rivojlandi. Albaniyada xalq amaliy sanʼati (gilamdoʻzlik, tikuvchilik, toʻquvchilik, oʻymakorlik, zargarlik) qadim zamonlardan maʼlum.

Musiqasi. Alban xalq musiqasida xilma-xil mahalliy uslublar, tabiiy besh pardali (pentatonik) kuylar, ozarbayjon musiqasida uchraydigan ohanglar bor. Oʻzbek musiqasidagi kabi vazni oʻzgarib turadigan qoʻshiq va raqs kuylari taraqqiy topgan. Aksari 3 ovozli qoʻshiqlar kamonli cholgʻular joʻrligida aytiladi. 20-a. 50-y. laridan professional musiqa sanʼati: opera (P. Yakovaning «Mrika», 1954, «Skanderbeg», 1968), balet (T. Dayyaning «Xalil va Xayriya», 1963), operetta, simfoniya, kamer, cholgu, xor musiqasi rivojlandi. Tiranada davlat opera va balet teatri bor.

Teatri. 1874-y. da Testorati boshchiligidagi teatr toʻgaragi dastlabki sahna asarini qoʻydi. 19-a. 2-yarmida S. Frasheri, M. Grameno, F. Noli, A. Chayupi pyesalarini havaskor teatr trup-palari sahnalashtirdi. 1944-y. Tiranada professional xalq teatri, keyinroq Korcha va Durresda teatrlar barpo etildi. A. Moisei nomidagi oliy aktyorlik bilim yurti ochilgan (1959).

Kinosi. Albaniya kinematografiyasi 2-jahon urushidan soʻng rivojlana boshladi. 1952-y. da tashkil etilgan «Yangi Albaniya» kinostudiyasi hujjatli filmlar va kinojur. lar chiqaradi. Birinchi rangli badiiy film — «Albaniyaning buyuk farzandi Skanderbeg» (1954). Keyinchalik «Tana», «Yer alanga ichra» va b. badiiy filmlar yaratildi.

Ensiklopediya.uz
ALBANIYA