Akusherlik kitob pdf
- Stomatologiya
- Podiatriya
- Dorixona
- Fizioterapiya
Va ginekologiya
foydalanilgan holda, dars jarayoni tashkil etilib kelinmoqda.
Shu nuqtayi nazardan har tomonlama yetuk, malakali, amaliy
ko‘nikmalarga ega bo‘lgan umumiy amaliyot davolash ishi feld-
sherlarini tayyorlash uchun mo‘ljallab yozilgan ushbu o‘quv qo‘l-
lanma tarmoq ta’lim standartlari talabidan kelib chiqib, Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012-yil 15-avgustdagi 332/1-sonli
buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Akusherlik va ginekologiya” fani na-
munaviy o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. O‘quv qo‘llanmada
akusherlik va ginekologiya fanining anatomiya, fiziologiya va pa-
tologiya asoslari, hamshiralik ishi, pediatriya, ichki kasalliklar,
anesteziologiya va reanimatsiya asoslari fanlari bilan bog‘lab o‘tila-
digan mavzularga alohida o‘rin berilgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida ishlab chi-
qilgan protokollardan foydalanib, “Homiladorlikda giðertenziv
buzilishlar”, “Akusherlik qon ketishlari”, “Akusherlikda septik in-
feksiya” kabi mavzularga tegishli o‘zgartirishlar, yangiliklar kiritildi.
Shuningdek, “Tug‘ruq komplekslarining tuzilishi”, “Chaqaloqlar-
ni parvarishlashning zamonaviy usullari”, “Asfiksiyada tug‘ilgan
chaqaloqlar parvarishi” mavzulari Sog‘liqni saqlash vazirligi max-
sus buyruqlari va yo‘riqnomalaridagi ma’lumotlar bilan boyitildi.
O‘quv adabiyoti umumiy amaliyot davolash ishi feldsherlari
bilishi va bajarishi lozim bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar va muola-
jalar, ginekologik bemorlarni umumiy davolash, operatsiyaga tay-
yorlash, ularni umumiy parvarishlash masalalari alohida yoritildi.
Shuningdek, avvalgi o‘quv adabiyotlariga kiritilmagan akusherlik va
ginekologiyada amaliy ko‘nikmalar va muolajalar yoritilgan 5-
qismga alohida e’tibor qaratilib, umumiy amaliyot davolash ishi
feldsheri sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘inida (poliklinika,
QVP) bajarishi lozim bo‘lgan muolajalar algoritm tarzida berilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma tibbiyot kollejlari “Davolash ishi”
yo‘nalishi o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan kutila-
digan maqsad o‘quvchilarga “Akusherlik va ginekologiya” fanidan
nazariy bilim berishda va amaliy ko‘nikma hosil qilishda yaqindan
I QISM. O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA
AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYA
XIZMATINING TASHKIL ETILISHI
I BOB. AKUSHERLIK FANI TUSHUNCHASI,
UNING RIVOJLANISH TARIXI. AKUSHERLIKDA
ETIKA VA DEONTOLOGIYA ASOSLARI
Akusherlik so‘zi fransuz tilida “accoucher” – tug‘moq ma’-
nosini anglatuvchi qadimiy tibbiyot fanining bir tarmog‘i bo‘lib,
ayollar organizmida homiladorlik, tug‘ruq va chilla davrida ro‘y
beradigan fiziologiya va patologik jarayonlarni o‘rganuvchi, ularning
oldini olish ishlarini tashkil etuvchi fandir.
Akusherlik aslida ginekologiya (gynaecos – ayol, logos –
ta’limot) fanining bir qismi hisoblanadi. Ginekologiya ayollar jinsiy
a’zolarining fiziologiyasi va patologiyasini o‘rganuvchi fandir.
Ibtidoiy jamoa davrida ayollar hech qanday tibbiy yordamsiz
tug‘ar edilar. Ularga oiladagi yoshi katta ayollar yordam berar edi.
Quldorlik davrida tibbiy yordam ko‘rsatish va tabiblik kasbi bilan
shug‘ullanuvchi kishilar paydo bo‘la boshladi.
Qadimiy Yunonistonning (Gretsiya) mashhur vrachi
Giðpokratni (eramizdan oldingi 460–370-yillar) “Meditsinaning
otasi” nomi bilan atashlari bejiz emas. Chunki uning onasi Fan-
areta taniqli doya bo‘lib, Giðpokrat dastlabki tibbiyotga oid ilmlarni
onasidan o‘rgangan va uni umr bo‘yi rivojlantirib, dunyoga mash-
hur vrach bo‘lib yetishdi.
Giðpokrat tibbiyotga oid bir necha kitoblarni yozib qoldirgan.
Ulardan eng muhimi Giðpokrat to‘plamlari bo‘lib, “Ayollar
tabiati”, “Xotin-qizlar kasalliklari haqida”, “Bepushtlik haqida”
Lekin Giðpokratning akusherlikdagi mushohadalari yuzaki
bo‘lgan. Uning fikricha tug‘ruqning kelib chiqish sababini homila-
oyoqlarini bachadon tubiga tirab, qo‘llari bilan bachadon bo‘ynini
ochib tug‘iladi deb tushuntiradi.
Akusherlik haqida qadimgi misrlik tabiblarning fikrlari birmun-
cha ilmiy asoslangan bo‘lib, ular o‘liklarda odam anatomiyasini
o‘rganish tufayli tegishli xulosaga kelishgan. Ularning fikricha
tug‘ruqning patologik kechishida chanoq va umurtqalar tuzilishi
ahamiyatlidir. Ayniqsa, homilaning ko‘ndalang vaziyati, bachadon
bo‘ynining ochilishidagi qiyinchiliklar chanoq buzilishiga bog‘liq
ekanligini alohida qayd etganlar.
Shuningdek, ular Giðpokratning fikriga qo‘shilib, homila
chanog‘i oldinda yotishida o‘z-o‘zidan tug‘ilish imkoni bo‘lmasligi
va homila operatsiya yo‘li bilan tug‘dirilishi to‘g‘risida ta’lim bergan-
Bu tariqa akusherlik taktikasidagi xato-kamchiliklar ko‘pincha
tug‘ruqda o‘rinsiz operativ aralashuvlarga va akusherlik shikastlari,
ayollar o‘limining ko‘payishiga sabab bo‘lgan.
Ulardan keyingi davrlarda Qadimgi Rim va Yunoniston
vrachlari akusherlikning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib embri-
otomiya, bachadonni qirish, uni zondlash va kesar kesish ope-
ratsiyalarini qo‘llashgan. Ammo kesar kesish operatsiyasi o‘lgan
ayollarda ona qornidagi homilaning hayotini saqlab qolish maqsa-
dida amalga oshirilgan.
O‘rta asrning buyuk allomasi, Sharq mutafak-
kiri, hamyurtimiz tabobat ilmining sultoni Abu
Ali ibn Sino 980-yilda Buxoro shahri yaqinidagi
Afshona qishlog‘ida tavallud topgan.
U 5 yoshida Buxorodagi madrasaga (otasi Ab-
dulloh ibn Hasan shu yillari Buxoro shahriga
ko‘chib kelgan) o‘qishga boradi. Ibn Sino tug‘ma
iste’dod egasi va o‘ta mehnatsevar edi. Shu sababli
barcha fanlarni tez va oson o‘zlashtirib oldi.
“Tib ilmi”, – deb yozadi Ibn Sino o‘z tarji-
mayi holida: qiyin ilmlardan emas, shu sababli
qisqa muddat ichida bu fanda juda ilgarilab ketdim, endi hatto bi-
limdon tabiblar ham kelib huzurimda tib ilmidan dars oladigan
bo‘ldilar. Bemorlarni ham ko‘rib turadigan bo‘ldim va shu yo‘sinda
orttirgan tajribalarim natijasida muolaja eshiklari menga shu qadar
keng ochilib ketdiki, uni ta’riflab berish qiyin”.
Abu Ali ibn Sino tib ilmi sohasida juda katta yutuqlarga erish-
di, uning bu muvaffaqiyatlari tez orada butun Buxoro, Xorazm
davlatlariga keng tarqaldi. U dastlab Buxoro amiri huzurida,
keyinchalik Xorazimshoh huzurida “Ma’mun” akademiyasida,
umrining keyingi yillarida Eronda – Jurjon, Ray shaharlarida
yashab ijod etadi va Hamadon shahrida 1037-yilda 57 yoshida
Ibn Sino 450 dan ortiq asar yozib qoldirgan bo‘lib, ulardan
242 tasi bizgacha yetib kelgan. Shundan 43 tasi tibbiyotga oid asar-
lar. Uning “Tib qonunlari” kitobi shoh asardir. Tib qonunlari 5 ta
kitobni o‘z ichiga oladi. Uchinchi kitobda inson tanasining
boshidan tovonigacha bo‘lgan a’zolarida yuz beradigan “xususiy”
yoki “mahalliy” kasalliklar haqida ma’lumot beradi. Shu jum-
ladan, asarning 89-beti xotin-qizlar kasalliklariga bag‘ishlangan.
Abu Ali ibn Sino ayollar jinsiy a’zolari kasalliklarini mukammal
Oiladagi bepushtlikning sabablari xususida to‘xtalib, farzand
ko‘rmaslik ayollar bilan teng barobar erkaklar reproduktiv a’zo-
lari kasalliklari oqibati ekanligi, ginekologiya amaliyotda ko‘p
uchraydigan hayz ko‘rish sikli buzilishining bir turi bo‘lgan dis-
funksional qon ketishlar haqida batafsil ma’lumotlar keltirgan.
Abu Ali ibn Sino o‘z tajribasida kraneotomiya operatsiyasini
qo‘llagan va uning 3 ta momentini (bosh suyagini teshish, miyani
qirib olib tashlash, boshga qisqich qo‘yib bolani tug‘dirib olish)
to‘liq yozib qoldirgan. Ibn Sino yog‘ochdan yasalgan akusherlik
qisqichlarini homilani tug‘dirish uchun qo‘llagan.
Abu Ali ibn Sinoning keng qamrovli qomusiy olim ekanligi
haqida ma’lumotlarni uning “Tib qonunlari”, “Urjuza”, “Yurak
dorilari”, “Tomir urishi haqida risola”, “Qon olinadigan tomirlar
haqida”, “Safarda bo‘ladiganlarning ta’biri haqida risola”, “Shah-
voniy quvvat haqida risola”, “Sachratqi haqida risola” va “Tarji-
mayi holi” ni o‘qib bilib olish mumkin.
Qadimgi Rossiyada akusherlik yordamini oiladagi yoshi katta
ayollar ko‘rsatishgan. XII asrlarga kelib akusherlik yordami
ko‘rsatuvchi vrachlar yetishib chiqishdi. Aksariyat ular erkaklar,
qisman ayollar ham bo‘lishgan. Ulardan mashhuri Yevpraksiya –
Kapitalistik tuzum davrida akusherlik fani juda katta taraqqiyot
sari yuz tutdi. Bu davrda (XVI asrlarda) A.Vezaliy, Fallopiy,
Yevstaxiy, Botallo kabi olimlarning anatomik tadqiqotlari muhim
ahamiyat kasb etdi. Bu tadqiqotlar esa akusherlik ilmining rivojiga
katta hissa qo‘shdi.
Ambruaz Pare (1517–1590) tomonidan homilani oyog‘iga
burish operatsiyasining qo‘llanilishi akusherlikda eng katta yutuqlar-
dan biri bo‘lib hisoblanadi.
XVII – XVIII asrlarda fransuz akusheri Moriso (1637–1709)
homilador ayollar kasalliklari haqida asar yozdi. Bu asarda tug‘ruq
jarayonida qov birlashmasining cho‘zilishi, chala (7–8 oylik)
tug‘ilgan chaqaloqlarning yashab ketish imkoniyatlari va akusher-
likning boshqa muammolari yoritilgan edi. Homila chanog‘i bilan
oldinda kelgandagi tug‘ruqda tug‘ilishi qiyinlashgan homila boshini
tug‘dirish usuli shular jumlasidandir.
Bundan tashqari angliyalik akusher Chimberlenning kashf et-
gan akusherlik qisqichlari akusherlik fani rivojiga katta turtki bo‘ldi.
Lekin Chimberlen akusherlik qisqichlarini faqat o‘zi hech kimga
oshkor etmasdan uyining yerto‘lasida ishlatgan va uning o‘limidan
200 yil keyin XIX asrda topilgan.
XVIII asrda Deventerning anatomiya sohasida muhim kashfiyot-
lari, ya’ni umumiy tekis toraygan tor chanoqlar va yassi chanoq-
larning tuzilishi va tug‘ruq jarayonining kechishi haqidagi
ma’lumotlari alohida o‘rin tutadi. Xuddi shuningdek fransuz aku-
sheri Jan-Lui-Bodellok (1746–1810) tug‘ruqqa kelgan ayollar
chanog‘ini o‘lchashni taklif etdi, diagonal konyugatani o‘lchash
usulini aniq tafsilotlari bilan yozib qoldirgan.
Angliyalik akusher Smelli (1697–1763) cha-
noqning diagonal konyugatasini o‘lchashga aha-
miyat berdi. Normal tug‘ruq mexanizmini va uning
tor chanoqlarda o‘ziga xos xususiyatlarini yozdi.
Akusherlik qisqichlarini takomillashtirib, qulflana-
digan yangi modelini yaratdi.
XVIII asrning buyuk akusherlaridan alohida nu-
fuzga ega bo‘lgan Nestor Maksimovich Maksimov-
ich-Ambodik hisoblanadi va haqli ravishda uni “Rus
akusherligining otasi” deb atashadi. N.M.Ambodik keng qamrovli
qomusiy olim edi va rus akusherligi tarixida birinchi bo‘lib “Doyachi-
lik san’ati yoki doyachilik ishi haqida ta’limot” nomli olti qismdan
iborat bo‘lgan akusherlik kitobini yozib, rus tilida akusherlar tayyor-
lash maktabini tashkil etib, unda o‘zi dars bergan. Peterburgda tashkil
etilgan bu maktabda, asosan darslarni nazariy jihatdan tinglovchilar
ongiga singdirib, amaliy ko‘nikmalarni akusherlik fantomida amalga
oshirgan. Buning uchun akusherlik fantomini kashf etgan. Yevropa
davlatlarida (Germaniya, Fransiya, Rossiya) tashkil
etilgan tug‘ruqxonalar akusherlik ilmi va amaliyotin-
ing yuksak darajada rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Lekin ko‘p o‘tmay bu tug‘ruq muassasalarida
vrachlar tug‘ruqning eng og‘ir, hatto ko‘pincha
o‘lim bilan tugaydigan asoratlari – tug‘ruq isitmasi
deb ataluvchi chilla davri septik kasalligiga duch
keldilar. XIX asrning birinchi yarmida bu falokat
pandemiya shaklida tug‘ruqxonalarni keng qoplab
olgan edi. Bu kasallik oqibatida o‘lim 10% dan to 50% gacha ayollar
umrini hazon qilar edi. Bu borada haqiqiy revolutsion yutuqqa erish-
gan vengriyalik olim I.F.Zemmelveys (1818–1865) bo‘ldi. Avstriya-
ning Vena shahridagi akusherlik klinikasining assistenti sifatida pa-
tologik anatomiya darsidan keyin akusherlik darsiga kelgan talabalar
ta’lim olgan klinikada boshqa tug‘ruq muassasalariga nisbatan chilla
davri septik kasalliklari va onalar o‘limi bir necha barobar ko‘p
uchrashiga katta e’tibor berdi. I.F.Zemmelveysning fikricha talabalar
anatomiya kafedrasida o‘liklar ustida mashg‘ulotlar o‘tishi davomida
o‘zlari bilan “murdalar zaharini” akusherlik klinikasida tarqatadi deb
hisoblaydi va uni hayvonlarda o‘tkazilgan tajribada isbotlaydi.
Shundan keyin I.F.Zemmelveys barcha tug‘ruqxona xodimlari
akusherlik muolajalarini bajarish oldidan qo‘llarini 3% li xlorli
suv bilan yuvishni tavsiya etadi. Uning evaziga chilla davri septik
kasalliklarining bir necha bor, to 1% gacha kamayishiga erishadi va
o‘zining bu buyuk xizmatlari bilan akusherlikda aseptika va antisep-
tikaning asoschisiga aylanadi.
I.F.Zemmelveysning bu g‘oyasi Lui Paster va Listerlarni anti-
septik kashfiyotlaridan ancha oldin ilgari surilgan edi. Lekin o‘z
davrida uning fikrlari inobatga olinmadi va o‘limidan ko‘p vaqt
o‘tgandan keyin tan olindi va u tug‘ilgan Budapesht shahrida unga
haykal qo‘yilib, “Ayollar hayotini saqlovchi insonga” degan yo-
O‘ZBEKISTONDA TUG‘RUQ XIZMATINING
RIVOJLANISHI
Qadimdan hozirgi O‘zbekiston Respublikasi hududida ayollarga
tug‘ruq yordamini doya kampirlar ko‘rsatishgan. U davrlarda
tug‘ruq va chilla davrlarida uchraydigan yuqumli kasalliklarning
oldini olish borasida hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.
Shu sababdan onalar va chaqaloqlar o‘limi ko‘p uchragan.
O‘rta asrlarda Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlarida ta-
niqli olimlar Abu Ali ibn Sino, Najibuddin Samarqandiy va
boshqalar kichik kasalxonalar tarkibida tug‘ruq xizmatini ham
XIX asr 2-yarmidan Toshkent, Farg‘ona shaharlarida, Samar-
qand viloyatining Bulung‘ur, Chelak, Payshanba qo‘rg‘onlarida
kichik lazaretlar tashkil etilgan bo‘lib, unda amaldorlar oila va
qarindoshlariga tibbiy xizmat bilan birga tug‘ruq yordami ham
O‘zbekistonda dastlab ilmiy asoslangan akusherlik yordami
1921-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti meditsina fakultetida
akusherlik va ginekologiya kafedrasining tashkil etilishi bilan
ko‘rsatila boshlagan. Ushbu kafedrada K.T.Xrushev, A.M.Novikov,
F.N.Tavildarov, R.A.Chertok, S.G.Xaskin, A.A.Kogan (1972-yil-
gacha) kabi yirik akusher-ginekolog olimlar o‘z faoliyati davrida
kafedraga rahbarlik qilish bilan birgalikda respublikamizda akusherlik
va ginekologiya xizmatining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shganlar.
Bu kafedraga 1972-yildan X.S.Umarova rahbarlik qilgan.
1927-yil 8-martda onalar va bolalarni muhofaza qilish ilmiy
tekshirish instituti (hozirgi pediatriya ilmiy tadqiqot instituti) tash-
kil etildi. Bu institut xodimlari ona va bolalar sog‘lig‘ini saqlash
borasida ilmiy va amaliy ishlar olib borib, ular o‘rtasida kasal-
liklarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va o‘limni kamaytirishda
barakali mehnat qilishgan.
1931-yilda universitetning meditsina fakulteti mustaqil institut
shaklida ajralib chiqib, 1940-yilda ikkinchi akusherlik va
ginekologiya kafedrasi tashkil etildi. Bu kafedrada G.L.Vaynshteyn
(1940–1961), Y.I.Glikina (1961–1967) rahbarlik qilgan. 1967-
yildan professor A.A.Qodirova boshqargan. Shu davrlarda
A.A.Qodirova rahbarligida homilador ayollar kamqonligi kasalligi
xususida ilmiy ishlar olib borilib, kasallik diagnostikasi, davolash
chora-tadbirlari yo‘lga qo‘yilgan. A.A.Kogan rahbarligida akusherlik
qon ketishlari muammolariga katta e’tibor qaratilgan, ilmiy izla-
nishlar natijasi monografiya shaklida chop etilgan.
A.A.Qodirova 1919-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 1940-yilda
Toshkent tibbiyot institutini tamomlab, dastlab operatsiya kafed-
rasida ordinator, keyin assistent bo‘lib, 1950-yilgacha ishlagan.
1950-yildan akusherlik va ginekologiya kafedrasiga
ishga o‘tgan. 1956-yilda nomzodlik, 1969-yilda
“Homiladorlar kamqonligi” mavzusida doktorlik
dissertatsiyasini yoqlab, o‘zining ilmiy ishlari va
amaliy faoliyati bilan O‘zbekistonda akusherlik xiz-
matining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan.
A.A.Qodirovaning tashkilotchilik mahorati
Toshkent tibbiyot institutida 2-chi akusherlik va
ginekologiya kafedrasining tashkil etilishida,
1972–1975-yillarda Sog‘liqni saqlash vazirligida
bosh akusher ginekolog, 1975–1982-yillar davomida Respublika
akusher-ginekologlari ilmiy jamiyatining raisi vazifalarida ishlagan
davrlarida namoyon bo‘ldi. 1992-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘r-
satgan fan arbobi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Hukumati-
mizning bir necha orden va medallari bilan mukofotlangan. 102 ta
ilmiy maqola, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta darslik va turli o‘quv-us-
lubiy qo‘llanmalar muallifidir.
1934-yilda Samarqand tibbiyot institutida akusherlik va gine-
kologiya kafedrasi tashkil etilib, unga A.V.Polyakov (1942-yil-
gacha), Y.S.Akopyan (1949-yilgacha), G.I.Ioffe-Golubchik (1959-
yilgacha), 1959-yildan 2000-yilgacha akademik I.Z.Zokirovlar rah-
I.Z.Zokirov 1928-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. 1948-yilda
Samarqand tibbiyot institutini imtiyozli tamomlab, dastlab insti-
tutning quloq, tomoq va burun kasalliklari klini-
kasida ishini boshlagan va ko‘p o‘tmay Y.S.Akop-
kafedrasiga ishga taklif qilindi.
1948–1951-yillarda klinik ordinator, assistent
lavozimlarida ishlab, 1953-yilda “Bezgakning ho-
miladorlikka ta’siri” mavzusida nomzodlik disser-
tatsiyasini yoqladi. 1959-yildan boshlab kafedra
mudiri lavozimiga saylandi. I.Z.Zokirov o‘zining
ilmiy izlanishlarini virusli gepatit kasalligining ho-
miladorlikka va homilaga ta’sirini o‘rganishga qaratdi va uning
tashabbusi bilan respublikada birinchi bo‘lib Samarqand shahridagi
yuqumli kasalliklar shifoxonasida virusli gepatit bilan og‘rigan ho-
milador ayollarga ixtisoslashtirilgan bo‘lim tashkil etilib, bemorlar-
ga tibbiy va akusherlik xizmati ko‘rsatila boshladi. Ilmiy izlanishlar
natijasida 1965-yilda “Botkin kasalligining homiladorlik, tug‘ruq,
homila va chaqaloqqa ta’siri” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi yoq-
I.Z.Zokirov O‘zbekistonda mintaqaviy patologiya hisoblangan
ekstragenital kasalliklar bilan bir qatorda, revmatizm va homila-
dorlik, kechki gestozlar va homiladorlik mavzularida qator ilmiy
tadqiqotlar olib bordi, natijada bir necha monografiyalar, o‘quv
qo‘llanmalar yaratildi. Tibbiyot institutlari talabalari uchun Aku-
sherlik (1994), patologik akusherlik (1994), fiziologik akusherlik
(1994) kabi o‘quv qo‘llanmalari shular jumlasidandir.
I.Z.Zokirov sobiq ittifoq akusher-ginekologlar ilmiy jamiyati
raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasida ushbu jamiyat
raisi sifatida O‘zbekiston akusher-ginekologlar maktabining ilmiy
izlanishlari natijalarini butun dunyoga tanitish borasida samarali
mehnat qilgan olimdir.
U Ruminiya, Vengriya, Yaponiya, Meksika, AQSh, Polsha,
Singapur, Germaniya, Turkiya, Avstriya, Fransiya, Italiya mam-
lakatlarida bo‘lib o‘tgan xalqaro akusher-ginekologlar kongresslarida
o‘zbek olimi sifatida ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashgan.
1974-yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
Akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot institutining tashkilotchisi
bo‘lgan. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy un-
voni sohibi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi edi.
1950-yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida
akusherlik-ginekologiya kafedrasi tashkil etildi, unga professor
N.T.Rayevskaya boshchilik qildi. N.T.Rayevskaya brutsellez kasalli-
gining homiladorlikka ta’sirli bo‘yicha namunali ishlarni amalga
1960-yildan boshlab shu institutda II, 1984-yildan III aku-
sherlik ginekologiya kafedrasi tashkil etildi. Kafedrada professor-
o‘qituvchilar, aspirantlar va ilmiy tadqiqotchilar tomonidan aku-
sherlik patologiyalarining dolzarb muammolari o‘rganila boshlandi,
fanning va akusherlik xizmatining rivojlanishiga o‘z hissalarini
1955-yilda Andijon tibbiyot institutida ham akusherlik-gine-
kologiya kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga S.A.Odinsova rahbarlik
qilgan, hozirgi kunda G.Muhiddinova mudirlik qilmoqda.
1974-yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi akusherlik va ginekologiya
ilmiy tadqiqot institutining tashkil etilishi O‘zbekistonda akusherlik
va ginekologiya xizmatining yanada rivojlanishida alohida ahamiyat
Institutda homiladorlik kamqonligi, akusherlik qon ketishlari,
gestozlar, ko‘p tug‘uvchi ayollar muammolari, bepushtlik, ope-
rativ ginekologiya masalalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar olib
borilib, bu akusherlik va ginekologik patologiyalarni davolashning
ratsional usullari ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi.
Institutga R.X.Xodjayeva, D.A.Asadovlar mahorat bilan rah-
barlik qildilar. Hozirgi kunda professor D.D.Qurbonov rahbarlik
Akusherlik va ginekologiya fanining taraqqiyotiga o‘zining ilmiy
va tashkilotchilik ishlari bilan hissa qo‘shgan olimlardan professor
M.Sh.Sodiqovadir. Akusherlik va ginekologiya ilmiy tekshirish insti-
tuti inson reproduksiyasi bo‘limining boshlig‘i sifatida, bo‘limda
JSST Markazi bilan hamkorlikda inson reproduksiyasi masalasi
bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishda faol qatnashib kelmoqda.
Bu ishlar O‘zbekiston Respublikasining hududiy xususiyatlarini,
ayollarning fenotiði, yoshi, genital va ekstragenital patologiyalar-
ning bor-yo‘qligini hisobga olgan holda, ularga gormonal kontrat-
septiv vositalarni qo‘llanilishi bo‘yicha fundamental tekshiruvlarni
amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Vrachlar malakasini oshirish instituti II akusherlik va gineko-
logiya kafedrasining mudiri, professor D.F.Karimova 1963-yilda
Toshkent davlat tibbiyot institutini bitirgan. “Botkin kasalligi va
homiladorlik” mavzusida 1968-yilda nomzodlik, “Homiladorlik
kechki toksikozlari profilaktikasi” mavzusida 1983-yilda doktorlik
dissertatsiyasini himoya qilgan. D.F.Karimova 300 dan ortiq ilmiy
maqolalar, 8 ta monografiya, 28 ta o‘quv qo‘llanmalarning mualli-
fidir. U Respublika akusher-ginekologlar Assotsiatsiyasining prezi-
denti, UNIFPA va USAID Xalqaro tashkilotlarining O‘zbekis-
tondagi maslahatchisi, Sog‘liqni saqlash vazirligi “Bexatar onalik”
dasturini joriy etish bo‘yicha trener sifatida tug‘ruq xizmati ko‘r-
satishni JSST talablari darajasiga ko‘tarishga, onalar va perinatal
o‘limni kamaytirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Shuningdek, hozirgi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasida fa-
oliyat ko‘rsatayotgan akusherlik va ginekologiya kafedralarining
mudirlari, tibbiyot fanlari doktori, professorlar M.X.Kattaxo‘ja-
yeva, M.A.Maxmudov, D.Q.Najmiddinovalarning, Samarqand
tibbiyot instituti akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti, tib-
biyot fanlari nomzodi X.M.Meliqulovlarning mustaqillik yillarida
O‘zbekiston Respublikasining o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lida aku-
sherlik va ginekologiya xizmatining JSST standartlariga mos ravishda
rivojlanishiga va malakali tibbiyot xodimlarini, ayniqsa, tug‘ruq
xizmati posbonlari – akusher-ginekolog vrachlar tayyorlashdagi
Qiziqarli malumotlar
Akusherlik kitob pdf