AGROIQLIMIY RAYONLASHTIRISH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AGROIQLIMIY RAYONLASHTIRISH haqida malumot bilib oling.

AGROIQLIMIY RAYONLASHTIRISH — hududni agroiqlimiy sharoitlarning oʻxshashligi va tafovutiga hamda q. x. ishlab chiqarishi xususiyatlariga qarab izchil r-nlarga boʻlish. A. r. ekinlarni joylashtirish hamda ularni turli iqpimiy r-nlarda yetishtirishning oʻziga xos xususiyatlarini oʻsimliklarning oʻsishi, rivojlanishi va mahsuldorligini taʼminlaydigan iqlim resurslarini differensial baholash orqali ilmiy asoslab beradi (q. Iqlim boniteti). A. r. aniq iqlimiy r-nlashtirish asosida oʻtkaziladi va ayni paytda umumiy tabiiy-geografik r-nlashtirishning q. x. ga oid qismi hisoblanadi. Agroiqlimiy rayonlashtirishning umumiy va xususiy turlari bor. Umumiy r-nlashtirish hududni iqlimning q. x. uchun muhim boʻlgan asosiy xususiyatlariga qarab boʻlishni hamda oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan r-nlarni ajratishni oʻz ichiga oladi. Hududni xususiy (ixtisoslashtirilgan) r-nlashtirish q. x. ishlab chiqarishiii ixtisoslashtirish bilan bogʻliq boʻlgan aniq masalalarni hal qilish uchun oʻtka-ziladi. Agroiqlimiy rayonlashtirish muayyan hududdagi tuproq va iqlim omillarini hisobga olgan holda issiqlik, yorugʻlik va namlik resurslarini baholash asosida olib boriladi. Oʻrta Osiyo mintaqasi gʻoʻzaga nisba-tan agroiqlimiy jihatdan r-nlashtirilgan. Bu r-nlashtirishga gʻoʻza hosilining yetilishi uchun zarur boʻlgan 10° dan yuqori musbat haroratlar yigʻindisi asos qilib olingan. Chunonchi, t-ra yigʻindisi 4000° ni ifodalovchi izochiziq (bir xil qiymatlarni tutashtiruvchi chiziq) ertapishar, 4400° li izochiziq oʻrtapishar oʻrta tolali, 4900° li izochiziq ingichka tolali gʻoʻza navlari ekilishi mumkin boʻlgan r-nlarning shim. chegaralarini ifoda etadi. Oʻzbekiston hududi 12 asosiy agroiqpimiy zonaga boʻlinadi.

Ensiklopediya.uz
AGROIQLIMIY RAYONLASHTIRISH