AEROSTAT ASTRONOMIYASI haqida malumot bilib oling.
AEROSTAT ASTRONOMIYASI — astronomiyaning kosmik jismlarni aerostatga oʻrnatilgan teleskop va b. ilmiy apparatlar yordamida kuzatishga asoslangan boʻlimi. Yer sirti yaqinida atmosfera bir tekis isimaganligi sababli, turbulensiya hodisasi roʻy beradi, natijada kuzatilayotgan yoritqich nuqta emas, balki yorugʻroq dogʻ shaklida koʻrinadi. Bunga yulduzlarning miltillashi misol boʻla oladi. Bundan tashqari, atmosferaning quyi qismi kosmik jismlardan keladigan ultrabinafsha (X 7600 A) nurlarni kuzatishga ham xalaqit beradi. Atmosferadagi turbulensiya-miltillash effekti bilan bogliq muammolarni oʻrganish va kosmik jismlardan keladigan nurlarni kuzatish uchun 20 — 30 km balandlikka kutariladigan stratosfera aerostatlaridan foydalanilgan. Aerostat astronomiyasi bizga eng yaqin yulduz — Quyoshning infraqizil nurlarini oʻrganishdan boshlandi. Ultrabinafsha nurlarni kuzatish uchun aerostatlar koʻtariladigan balandlik kifoya qilmaydi. Shuning uchun hozir Yer sunʼiy yuldoshlari yoki 60 km gacha balandlikka koʻtariladigan raketalardan foydalaniladi.
Ensiklopediya.uz
AEROSTAT ASTRONOMIYASI