Achchiq qalampir yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Achchiq qalampir yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Achchiq qalampir yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Mundarija скрыть
Achchiq qalampir yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: marg‘ilon-330, pikantni’y, uchqun, tillarang, mumtoz, said.
Ko‘chat tanlash. Ekiladigan achchiq qalampir ko‘chatlari 40-45 kunlik, 8-10 bargli, poyasi va ildizlari durkun rivojlangan, barglari to‘q yashil tusda, sog‘lom bo‘lishi lozim.
qalampir
Yer tayyorlash. Achchiq qalampir ekish rejalashtirilgan yerlarni tayyorlash ishlari kuz oylaridan boshlanib, hosildan bo‘shagan maydondagi o‘simliklar qoldiqlaridan tozalanib, mahalliy o‘g‘it sochib chiqiladi. Berilishi lozim bo‘lgan madaniy o‘g‘itlar miqdorini bir qismi qo‘lda sochilgach, maydon 28-30 sm chuqurlikda yumshatiladi. Ekishga tayyorlashni keyingi tadbirlari ekishdan oldin bajarilib, maydonlar 14-16 sm chuqurlikda yumshatiladi. Yirik kesaklar xaskash yordamida maydalanib, bir yo‘la yer tekislab olinadi va 70 sm yoki 90 sm qator oralig‘ida ekish egatlari tortib chiqiladi.
Ekish muddati va sxemasi. Achchiq qalampir ko‘chatlari janubiy viloyatlarda martning III o‘n kunligi, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda aprelning II-III o‘n kunligida va shimoliy mintaqalarda aprelning III va mayning I o‘n kunligida 70×20 sm tizimida, yer osti suvlar yaqin bo‘lgan yerlarda 90×20 sm tizimida ekiladi. 1 sotix maydonga ekish sxemasiga qarab 555-714 ta ko‘chat sarflanadi.
Parvarishlash. O‘simliklarga birinchi ishlov berish ko‘chatlar tutib olgach, ya’ni ekilganidan 10-12 kundan keyin boshlanadi. Bunda egat ichi, pushta va qatordagi ko‘chatlar orasining tuprog‘i yumshatiladi. Birinchi parvarishlashdan 12-15 kun o‘tgach, ikkinchi suv beriladi. Tuproq yetilgach, yana bir bora chopiq qilinadi. Bunda yer begona o‘tlardan tozalanadi, yumshatiladi, tuproq pomidor ko‘chatining atrofiga bosiladi. Achchiq qalampir o‘simligi yaxshi rivojlanib, mo‘l hosil berishi uchun uning ildizi joylashgan qatlam havo bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Buning uchun suv egat oralatib qo‘yilgani ma’qul.
O‘g‘itlash. Achchiq qalampir yetishtirishda tuk holda 1 sotix maydonga 7,6 kg sulfat ammoniy, 2,6 kg ammofos, 1,6 kg kaliy xlor beriladi.
Achchiq qalampir suvga talabchan o‘simlik bo‘lib, sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda o‘suv davri mobaynida sug‘orishda har gal 1 sotixga 5-6 m3 hisobidan 14-16, sizot suvi yuza o‘tloq va o‘tloq-botqoq tuproqli yerlarda 10-12 marta sug‘oriladi. Sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda hosil yetilguncha har 10-14 kunda sug‘oriladi. Kuz boshlangandan keyin ekin kamroq sug‘oriladi. Achchiq qalampir haddan ortiq sug‘orilganda undagi achchiqlik xususiyati pasayib ketishi mumkin.
Yana o‘qing:  “ODAMNING DARDINI ODAM OLADI”
Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Asosiy zararkunandalaridan shira, kanalar, oqqanotga qarshi 10 sotix maydonga Mospilan 20% n. kuk. (25-30 g) qo‘llaniladi. Kasalliklar – mevalarni uchidan chirishi, bakterial qora dog‘, so‘lishga qarshi Bayleton 25% n. kuk. (100-200 g), Previkur 72,2% s. e. k. (150 ml), Kurzat R n. kuk. (200-250 g), Rirdomil gold 68% s. d. g. (200-250 g) yoki 1 foizli Bordo suyuqligini 60-70 litr suvga tayyorlangan aralashmasini qo‘llash mumkin. Bu kimyoviy preparatlarni mutaxassislar nazoratida qo‘llash zarur.
Hosilni yig‘ishtirish. Achchiq qalampir juda o‘ziga xos o‘simlik bo‘lib, uni mevasini ko‘kligida ham qizarganida ham iste’mol qilish mumkin. Achchiq qalampir ko‘kligida yig‘ib olinsa, hosil miqdori nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Sovuq tushishi arafasida achchiq qalampir poyasi mevasi bilan birgalikda tuproqdan sug‘urib olinishi, quritilishi va keyinchalik ishlatilishi mumkin.
R. Hakimov, B. Azimov
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi sayti

Achchiq qalampir yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar