Academic IELTS Writing: 7 yoki undan yuqori ball olish sirlari
Bu banddan yuqori ball olishni xohlagan test topshiruvchi ingliz tilini yaxshi biladiganlargina to’g’ri ishlata oladigan so’zlarni bilishini yozma ishida ko’rsatishi kerak. Bu lug’at boyligi bilan maqtanish imkoniyatidir. Bu vaziyatda umumiy vaziyatlarda ishlatiladigan oddiy so’zlarni “qiyin”, ilmiy, hamma ham bilavermaydigan sinonimlar bilan almashitirish foydali. Ish leksik jihatdan chiroyli va tushunarli bo’lishi kerak. Lekin kamyob so’zlarni shunchaki ishlatish bilan ularni to’g’ri ishlatishning o’rtasida katta farq bor. Biror “aqlli” so’zni xato ishlatgandan ko’ra umumiyroq so’zni o’z o’rnida qo’llagan test topshiruvchi yuqoriroq ball oladi. Ishlatilayotgan so’zning vaziyatga mosligiga 100% amin bo’lmasangiz, uni ishlatmang.
A cup of English with Guli
Welcome to my blog. The first blog on English in Uzbekistan. If you want to produce error-free sentences in English, Grammar structures will help you. Salom ismim Guli. Ingliz tili va grammatikasini tez va oson tushunib olishni istasangiz blogni kuzatib boring.
Modal verbs
- Get link
- Other Apps
Modal Verbs
Modal fe’llar
Must – qilish shart, kerak
Can – qila olmoq
Should – qilish kerak, qilish lozim
May – qilish mumkin
Ishlatilishi:
Modal fe’llaridan keyin hech qachon to qo’yilmaydi:
I can play the piano. Men pianinoda o’ynay olaman.
(I can to play the piano- xato)
Modal fe’llarida he , she , it , uchinchi shaxs olmoshlari bo’lgan gaplarda fe’lga ~s qo’shimchasi qo’shilmaydi:
He must go now. U hozir ketishi kerak.
She should study English.Unga ingliz tilini o’rganish kerak.
Modal fe’llar bilan savol tuzganda hech qachon do, does, will, did . yordamchi fe’llari ishlatilmaydi:
May I help you? Sizga yordam bersam maylimi?
Can I take your pen? Ruchkangizni olsam bo’ladimi?
Formulasi:
Darak gap: Subject+ modal fe’li+ verb. I can play tennis.
So’roq gap: Modal fe’li+Subject+verb? Can you play tennis?
Inkor gap: Subject+modal fe’li+not+verb. I can’t play tennis.
I must learn English.
Men ingliz tilini o’rganishim shart.
We must respect our parents.
Biz ota-onalarimizni hurmat qilishimiz kerak.
You mustn’t park here. It is forbidden.
Siz bu yerda to’xtab tura olmaysiz. Bu ta’qiqlangan.
Must you go there?
U yerga borishingiz shartmi?
We must keep our cities clean.
I can swim.
Man suza olaman
He can speak English?
U ingliz tilida gaplasha oladi.
Can you ride a bicycle?
Velosiped hayday olasizmi?
I can’t drive a car.
Men mashina hayday olmayman.
You can’t take my photo.
I should help my mother.
Men oyimga yordam berishim kerak.
He should learn French.
U fransuz tilini o’rganishi kerak.
Should you go home?
Uyga borishingiz kerakmi?
You shouldn’t be late.
Siz kech qolmasligingiz kerak.
We should grow more flowers in our gardens.
You may go out.
Tashqariga chiqishingiz mumkin.
You may take my book.
Kitobimni olishingiz mumkin.
May I open the window?
Oynani ochsam maylimi?
Children may not go to school alone.
Bolalar maktabga yolg’iz borishlari mumkin emas.
May I go to the mountains?
- Get link
- Other Apps
Comments
Post a Comment
Popular posts from this blog
Degrees of Adjectives. Sifat darajalari.
Degrees of Adjectives. Sifat darajalari. Sifat darajalari ingliz tilida 3 guruhga bo’linadi: 1. Oddiy-Positive brave-botir, new-yangi, happy-baxtli. 2. Qiyosiy- Comparative Ikki pradmet bir-biriga qiyoslanganda yoki solishtirilganda ishlatiladi. Sifatga ~er qo’shimchasini qo’shish bilan yasaladi va sifatdan keyin than (~dan ko’ra, qaraganda) so’zi ishlatiladi. brav er -botirroq, happi er -baxtliroq, bigg er -kattaroq. 3. Orttirma-Superlative Bir nechta predmetlar orasidan eng yuqori sifat darajasiga ega bo’lgani tanlanganda ishlatiladi. Sifatga ~ est qo’shimchasi qo’shish yordamida yasaladi. Sifatdan oldin the artikli qo’yiladi. brav est -eng botir, happi est -eng baxtli, bigg est -eng katta. Sifatlar 3 usulda yasaladi: 1 Sintetik usul : Bu usul sifatlarga ~er yoki ~est qo’shimchasini qo’shish bilan yasaladi. Ayrim bir bo’g’inli so’zlarning oxirgi harfi ik
Present Continuous
Present Continuous Tense Hozirgi davomiy zamon Ishlatilishi : • Suxbat davomida sodir bo`layotgan ish-harakatlarida. Tim is doing the dishes at the moment. Tim hozir idishlarni yuvyapti. Kim and Jo are looking for a flat these days. Kim va Jo hozirda kvartira qidirishmoqda. • Hozirgi zamonda o`zgarayotgan yoki rivojlanayotgan narsalar haqida gapirganda. My English is getting better and better these days. Shu kunlarda mening ingliz tilim yaxshilanmoqda • Rejalashtirilgan, vaqti aniq, yaqin kelajakdagi ish-xarakatlarida. We are going to the opera next Saturday. Kelasi shanba operaga boramiz. • always, constantly, continuously ravishlari bilan norozilikni ko`rsatish maqsadida. You are always leaving the door open. Sen har doim eshikni ochiq qoldirasan. Formulasi : D.g S+be+V+ing. (be=am,is,are) S.g Be+s+V+ing? I.g S+be+not+V+ing I am playing tennis. He is playing tennis. Are yo
Future Simple
Future Simple Tense Kelasi oddiy zamon Ishlatilishi: • Kelajak haqida bashorat qilishda ishlatiladi. Odatda, think-o`ylamoq, Believe-ishonmoq, be sure- amin bo`lmoq, be afraid-qo’rqmoq fe’llari va perhaps-balki, certainly-albatta, probably-ehtimol ravishlari bilan; I think it will rain tomorrow. O’ylashimcha ertaga yomg’ir yog’adi. Perhaps She won’t come. Ehtimol U kelmas. • Hozirgina qilingan qarorlar uchun; (on-the-spot decisions) I’m hungry. I will make a sandwich.Mening qornim ochdi. Men sandvich tayyorlayman. I have a headache. I will have a medicine. Mening boshim og’riyapti. Dori ichaman. • Promise va hope fe’llari bilan keladigan va’da berish, tahdid qilish, ogohlantirish, umid qilish gaplarida; I hope the temperature will drop soon. Umid qilamanki, havo harorati yaqinda pasayadi. I promise I will help you. Va’da beraman senga yordam beraman. Formulasi : (+) Subject+will+verb (?) Will+subject+verb? (-) Subject
Academic IELTS Writing: 7 yoki undan yuqori ball olish sirlari
Writing IELTS testining eng qiziqarli va ko’pchilik test topshiruvchilarning fikriga ko’ra eng qiyin qismi hisobanadi. Writingdan 6 va 6.5 ballgacha ancha tez ko’tarilib kelgan test topshiruvchilarga boshida hammasi oddiy tuyilsa-da, aynan 6.5 dan 7 ga sakrab o’tishga kelganda ko’pchilik muammoga duch keladi. Buning eng katta sabablaridan biri test topshiruvchi IELTS writingdagi topshiriqlarga aynan qanday javob yozish kerakligi va tekshiruvchi ulardan aynan nimani kutishini aniq bilmasligi. Ushbu maqola IELTS dan kamida 7 ball olish sirlari haqida.
Test formati haqida qisqacha ma’lumot
Academic IELTS testining yozma qismida test topshiruvchiga 2 ta topshiriq va ularni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. Birinchi topshiriq task 1 deb ataladi va unda test topshiruvchiga statistik ma’lumotlar yoki boshqa turdagi ma’lumotlar vizual ko’rinishda beriladi. Test topshiruvchi shu ma’lumotga asoslanib kamida 150 so’zdan iborat hisobot (report) yozishi kerak. Ikkinchi qism Task 2 deb nomlanadi. Bu topshiriq Task 1 ning teskarisi, ya’ni unda test topshiruvchiga hech qanday ma’lumot berilmaydi. Ma’lumotni uning o’zi yozishi kerak. Bu qismda test topshiruvchilardan ularga berilgan mavzuda kamida 250 so’zdan iborat insho yozish talab etiladi. Ikkala topshiriqni tamomlashga ulgurish uchun vaqtdan nihoyatda unumli foydalanish zarur, chunki juda ko’p test topshiruvchilar 1 soat ichida ikkala topshiriqqa ham javob yozishga ulgurmay, past ball olishadi. Task 1 ga task 2 dan ikki barobar kam ball beriladi, shuning uchun task 2 ikki baravar muhimroq sanaladi. Task 1 reportni yozish uchun ko’pi bilan 20 daqiqa sarflash kerak. Task 2 ga esa 40 daqiqa qolishi zarur. Imtihon boshlanganda yozishni inshodan (ya’ni Task 2) boshlash kerak, chunki u reportdan muhimroq hisoblanadi va unga ko’proq mehnat kerak bo’ladi.
Past ballga sabab bo’ladigan faktorlar:
- Vaqt yetmasligi. Har bir topshiriq uchun javobni yozishdan oldin puxta rejalashtirib olish juda muhim. Reportga ham, inshoga ham kirish va asosiy qismlar yoziladi. Inshoda ayniqsa xulosa qismi ham mavjud. Ularni rejalash, yozish va tahrirlashdan tashqari asosiy g’oyalarni shakllantirish ham zarur. Tajribasiz, ilgari ingliz tilida yozish bilan juda kam shug’ullangan yoki shunchaki test formati bilan to’liq tanish bo’lmagan test topshiruvchilar deyarli har doim shoshib qolishadi va ko’ngildagiday yozishga vaqtlari yetmay qoladi. Buning oldini olish uchun testga kirishdan oldin juda ko’p mashq qilish kerak. Tayyorgarlik chog’ida soat bilan ishlashni, tez fikrlashni va qanday qilib oxirida tahrirga vaqt qoldirishni mashq qilish kerak. Har bir qadam uchun ma’lum vaqt ajratib mashq qilish ham juda foydali. Masalan, birinchi 5-7 daqiqada butun mavzuni tahlil qilib, insho yoki reportni miyada shakllantirish, asosiy fikrlarni yozib qo’yish, xatto qanday faktlardan misol sifatida foydalanishni ham o’ylab olish kerak, qolgan vaqtda esa yozish bilan shug’ullanish, ya’ni tayyorlangan fikrlarni chiroyli ifodalashga diqqat qaratish kerak. Yozish jarayonining qoq o’rtasida keyingi gapga nima yozsam ekan, deb to’xtab qolish yaramaydi. Ko’p mashq qilinsa, fikrni ifodalash tezligi ancha ortib ketadi, odatda 300 ta so’zni 20 daqiqada tezlik bilan yozish mumkin. Bunga erishish uchun ko’p va xo’p yozib mashq qilish kerak. Demak, xulosa: testning ilk daqiqalarida nima yozishni aniq hal qilib olish va yozayotganda faqatgina chiroyli va tushunarli yozishgagina diqqat qilish kerak.
- Yozma ishni rejalashtirmaslik. Vaqt tig’iz bo’lgan vaziyatda test topshiruvchi sara va izchil fikrlarni yetkazib bera olishi uchun bu fikrlar avval miyada yaxshilab o’ylab olingan bo’lishi kerak. Agar to’g’ridan-to’g’ri javoblar varaqasiga yozib ketilsa mavzudan tashqariga chiqib ketish, juda ko’p yozib yuborish yoki fikr kelmay qolishi, yozishga ko’p vaqt ketib qolishi yoki hammasi yozib bo’lingach yaxshiroq g’oya paydo bo’lib qolishi kabi tartibsizliklar sodir bo’lishi mumkin. Qalamni qog’ozga qo’ygan vaqt test topshiruvchi insho yoki reportning boshidan oxirigacha nima yozishini o’ylab olgan bo’lishi kerak. Aynan qanday so’zlar ishlatilishi hisobga olinmasa ham qanday turdagi fikr va ma’lumot berilishi aniq o’ylab olinishi kerak. Lekin qisqa vaqt ichida shuncha narsaga ulgurish uchun test topshiruvchi tez fikrlay va tez yoza olishi kerak. Yuqorida aytilgandek oldin nima yozishni o’ylab olish hamma tomondan vaqt va mehnatni tejaydi.
- So’ralayotgan yozma ish formatini va shaklini yetarlicha tushunmaslik. Task 1 va 2 da taxminan 5tadan mavzu bor, ya’ni reportni ham, inshoni ham taxminan 5 xildan yozish mumkin. Odatda tahlil qilib qanday report yoki insho yozish kerakligini aniqlasa bo’ladi. Bu degani, topshiriqdan kelib chiqib tekshiruvchi sizdan aynan qanaqa shakldagi va ruhdagi yozma ish kutishini bilib olsa bo’ladi. Buning uchun barcha report va insho turlari bilan tanishib chiqish va har biriga qanday yondashishni puxta o’rganib olish kerak. Agar ikkala topshiriqni ham vaqtida tugata olsangiz va yozma ishni tartibli qilib yozsangiz-u, sizdan tahlil talab qilingan vaziyatda shaxsiy fikrga yo’naltirilgan insho yozib qo’ysangiz, ancha katta ball yo’qotib, barcha mehnatingiz puchga chiqib ketadi.
Yuqoridagi uch vaziyatdan kelib chiqib xulosa qiladigan bo’lsak: yozma imtihonda sizdan aynan nima talab qilishlarini biling, uni bajarish uchun vaqtdan to’g’ri foydalaning, vaqtdan unumli foydalanish uchun esa ishingizni reja asosida qiling.
Tekshiruvchi Test topshiruvchidan nima xohlaydi?
Bu savollarga javob berish uchun IELTS imtihonining yozma qismi qanday me’zonlar asosida baholanishiga e’tibor berish kerak:
- Task achievement – 25% (topshiriqning to’g’ri va to’liq bajarilganligi).
- Coherence&Cohesion – 25% (yozma ish to’gri va tushunarli shaklda yozilganligi).
- Lexical Resource – 25% (so’z boyligidan foydalanilganligi).
- Grammatical range&Accuracy – 25% (grammatik shakllardan keng va to’g’ri foydalanilganligi).
Yozma ishga qo’yiladigan umumiy ball shu to’rt me’zon asosida qo’yilgan baholarning o’rtachasi bo’ladi.
Agar test topshiruvchi 6.5 ball olgan bo’lsa, uning yozma ishi quyidagicha baholangan bo’lishi mumkin:
Task achievement – 7
Lexical resource – 7
Grammatical range&Accuracy – 6.
Xo’sh, 7 olish uchun yozma ish qanday bo’lishi kerak?
7 ballga loyiq deb topiladigan yozma ish quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi kerak:
Yuqori ball olish uchun ushbu me’zonlarni esda tutish va yozilgan har bir gap ularning deyarli barchasiga ball qo’shishiga harakat qilish kerak. Yozma ishingizning qayerida kamchilik bor yoki kamchiliklarni qanday to’g’irlash uchun IELTS bo’yicha ancha yuqori ball va tajribaga ega o’qituvchi bilan maslahatlashish muhim.
Endi, me’zonlarga alohida to’xtalamiz.
TASK ACHIEVEMENT
Task achievement, ya’ni topshiriq to’liq bajarilganligini tekshiruvchi me’zondan yaxshi ball olish uchun, qisqaroq aytganda, topshiriqda so’ralgan hamma narsani yozish kerak.
Masalan, sizga mana bunday topshiriq berilgan bo’lsa,
Sizdan ikkala fikrni ham tahlil qilish so’ralyapti. Agar, deylik, ulardan birini tahlil qilsangiz, yoki faqat o’z fikringizni yozib qo’ysangiz, topshiriq chala bajarilgan bo’ladi va task achievement’dan ball pasayadi.
Bunday savolga yozilgan inshoda muallifning munosabati bilinib turishi, lekin o’ta tarafkashlik qilmasdan ikkala fikr ham haqqoniy yoritib berilishi, tahlil jarayonida esa izohlovchi fikrlar va faktlar, ma’lumotlardan foydalanish kerak.
COHERENCE AND COHESION
Qisqacha aytganda, bu me’zon yozma ishda fikr va ma’lumotlarning tartibli va mantiqiy ketma-ketligi, ishning o’qish uchun qanchalik tushunarli ekanligini tekshiradi.
Bu banddan yuqori ball olish uchun yozma ishda har bir argument uchun alohida paragraf yozish, gaplarni bog’lovchilar bilan bog’lash va mantiqiy ketma-ketlikka e’tibor berish kerak. Yozma ishda kirish qismi, asosiy qism, asosiy qism tarkibida bir-biridan alohida paragraflarga ajratilgan bir nechta asosiy fikrlar va xulosa qismi bo’lishi o’ta muhim. Fikrlar kirish qismida umumiylikdan ma’lum fikrga qarab torayib borishi va boshidan boshlab xulosa qismiga yo’nalishi kerak.
LEXICAL RESOURCE
Bu banddan yuqori ball olishni xohlagan test topshiruvchi ingliz tilini yaxshi biladiganlargina to’g’ri ishlata oladigan so’zlarni bilishini yozma ishida ko’rsatishi kerak. Bu lug’at boyligi bilan maqtanish imkoniyatidir. Bu vaziyatda umumiy vaziyatlarda ishlatiladigan oddiy so’zlarni “qiyin”, ilmiy, hamma ham bilavermaydigan sinonimlar bilan almashitirish foydali. Ish leksik jihatdan chiroyli va tushunarli bo’lishi kerak. Lekin kamyob so’zlarni shunchaki ishlatish bilan ularni to’g’ri ishlatishning o’rtasida katta farq bor. Biror “aqlli” so’zni xato ishlatgandan ko’ra umumiyroq so’zni o’z o’rnida qo’llagan test topshiruvchi yuqoriroq ball oladi. Ishlatilayotgan so’zning vaziyatga mosligiga 100% amin bo’lmasangiz, uni ishlatmang.
GRAMMATICAL RANGE AND ACCURACY
Bu qism test topshiruvchi grammatikani qanchalik yaxhsi o’zlashtirgani va undan qanchalik samarali foydalana olishini baholaydi. Bu banddan yuqori ball olish uchun ingliz tilidagi turli grammatik shakllardan keng foydalanish va ularni vaziyatga moslab, to’g’ri ishlatish kerak. Inshoning umumiy ruhiga bu va Lexical Resource bandlari katta ta’sir ko’rsatadi. Rasmiy so’zlarni rasmiyroq grammatik shakllar bilan yozish kerak, agar grammatik shakllar oddiy bo’lsa, o’ta ilmiy yoki rasmiy so’zlarni ularga aralashtirmaslik kerak. Grammatik shakllar va so’zlar birgalikda inshoning ruhi (toni) va stilini ko’rsatib beradi. Shuning uchun ikkalasidan foydalanish darajasi bir-biriga yaqin bo’lishi zarur. Agar o’ta ilmiy grammatik shaklga juda oddiy so’zlar biriktirilsa yoki aksincha bo’lsa, insho notabiiy chiqadi. Notabiiylik, “mexanik” tuyiladigan gaplar va o’qigan sari tushunish qiyinlashib, qayta o’qishga majbur qiladigan gaplar umumiy insho ruhini buzib yuboradi. Unutmang, bu tilni bilish darajasini tekshiradigan imtihon, unda har xil shakllarni bilish-u ishlata olmaslik emas, qancha shakl bilsa ham ularni 100% aniqlikda ishlata olish yuqoriroq ball olib keladi.
Keyingi maqolalarda IELTS imtihonidan maffaqqiyatli o’tib, yuqori ball olish sirlarini yoritishda davom etamiz. Biz bilan bo’ling!
Informatika, Xorijiy (ingliz, nemis, fransuz) tillar
Informatika fanini o‘qitishni takomillashtirish uchun 2014-2015-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlarga nazar solib, erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni sarhisob qilish kelgusidagi faoliyatni to‘g‘ri o‘zanda davom ettirishga asos bo‘ladi. Fanni o‘qitishda o‘qituvchilarning o‘quvchilarni fan va texnika olamida ro‘y berayotgan eng oxirgi yangiliklar bilan tanishtirishga e’tibor qaratishi avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarida asosiy masala sifatida ko‘rib chiqilishi zarur.
Ta’kidlash joizki, umumta’lim maktablarini zamonaviy kompyuter, elektron darslik, qo‘llanma va dars ishlanmalari bilan ta’minlash hamda ulardan samarali foydalanish va jarayonga oqilona joriy etishni yo‘lga qo‘yishimiz zarur. Buning uchun o‘qituvchilar, mutaxassislar AKTdan foydalanishni mukammal bilishlari va o‘quvchilarni AKT imkoniyati bilan yaqindan tanishtirishlari kerak.
Informatika o‘qituvchilari tugallangan o‘quv yilida duch kelgan muammolarni tahlil etib, ularni hal etish choralarini muhokama qilishi uchun sho‘balarda faol muhit yaratish muhim. Informatika fanining istiqboli va rivojlanishi bilan bog‘liq yangiliklarni yetkazish bilan bir qatorda o‘qitish talablarini mazmunan hamda shaklan o‘zgartirishda o‘qituvchidan ijodkorlik talab etiladi.
Masalan, 5-sinfda “Grafik muharriri yordamida rasmlarni qayta ishlash” mavzusini o‘tish jarayonida turli rasmlar (shu jumladan, shaffof fonli rasmlar) jamlamasini avvaldan tayyorlab, o‘quvchilar kompyuterlariga joylab qo‘yish darsning samaraliroq o‘tishiga asos bo‘ladi. 6-sinfda “Word dasturida formulalar yozish” mavzusini o‘tishda tarqatma materiallar sifatida radikallar, integrallar, matritsalar, mantiqiy amal belgilari kabilar ishtirok etgan murakkab formulalardan foydalaniladi. Bu esa yuqori sinflarda yoki ta’limning keyingi bosqichlarida zarur bo‘ladigan AKTga doir kompetensiyalarning shakllanishiga zamin bo‘ladi. 7-sinfda “Elektron pochta” mavzusi o‘tilganda o‘quvchi internetning asosiy xizmatlaridan biri bilan tanishadi. Masalan, axborotni elektron vositalar orqali uzatish, axborot xavfsizligini ta’minlash, elektron pochta bilan ishlash, bunda huquqiy va axloqiy me’yorlarni, mualliflik huquqlarini bilish, erkin foydalaniladigan va tijorat dasturlari, dasturlar litsenziyalarini farqlash tushunchalarini o‘quvchilar o‘rganadi. Ularning tushunchalari aniq va to‘laqonli bo‘lishi uchun avvaldan pochta serveridan pochta qutisi tayyorlab qo‘yilishi zarur. Natijada o‘quvchilar “jonli tarzda” bir-biriga xabar jo‘natish, kelgan axborotni o‘qish, xabarga fayl biriktirib jo‘natish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa dars davomida olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatini shakllantiradi.
Avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlari bahs-munozara, seminar-trening tarzida o‘tkazilib, unda informatika darslarini zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish, amaldagi 5—9-sinf “Informatika” darsliklarining yutuq va kamchiliklari, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish usullarini o‘rtaga tashlash samarali bo‘ladi. Informatika ta’limidagi muammolar va ularning yechimlari, 2014-2015-o‘quv yilida o‘tkazilgan ta’lim sifati monitoringi natijalari, 8-sinflarda o‘tkazilgan bilimlar bellashuvi, 9-sinflarda tashkil etilgan olimpiada natijalarini tahlil etish muhimdir. O‘zlashtirilishi qiyin mavzular va olimpiada masalalarini yechishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni muhokama qilish tavsiya etiladi.
Elektron axborot resurslaridan foydalanishga oid mashg‘ulotlarni o‘tkazish orqali o‘quvchilarda nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash malakasini hosil qilish yo‘llarini yosh o‘qituvchilarga mahorat darslari tarzida yetkazishi zarur. Masalan, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi elektron axborot ta’lim resurslari- 2015” ko‘rik-tanlovining mohiyatini, ishtirokchi o‘quvchi va o‘qituvchilarning yutuqlari bilan tanishtirish lozim. O‘quvchi-yoshlarda axborotdan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan “Globallashuv sharoitida yoshlarning media- savodxonligini oshirish” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi haqida ma’lumot berish bilan birga, ommaviy axborot vositalari orqali va www. eduportal.uz, www.uzedu.uz, www. rtm.uz manbalarida bu bo‘yicha materiallar mavjudligini namoyish etish, Respublika ta’lim markazi sayti- (www.rtm.uz)da o‘tgan o‘quv yili davomida informatika fanidan o‘quvchilarning bilim samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha metodik materiallar berib kelinayotganini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, maktablarda tashkil etilgan “Dasturlash” to‘garaklarida o‘quvchilarning imkoniyatini hisobga olgan holda topshiriq berish zarur. O‘quvchilar e’tiboriga havola etiladigan chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi tarkibli sodda masalalar “Dasturlash” to‘garagi a’zolarining algoritmik fikrlashi rivojlanishiga yordam berish o‘rniga bir qolipga tushib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli to‘garakdagi o‘quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda vazifalarning 10 foizini algoritmlashda qiziqarli va nisbatan murakkabroq hisoblangan masalalar bilan boyitish maqsadga muvofiq. Bu o‘quvchilarga algoritmlashning keyingi bosqichi uchun yo‘l ochib beradi, ularni intilishga, fikrlashga undaydi.
O‘ylashga, masalani turli tomondan tahlil etishga majbur qiladigan algoritmlardan biri bu — tanlama algoritmidir . Bu algoritmni o‘rganishga yo‘naltirish uchun quyidagi sodda masalani qaraylik:
Mashq . Beshta elementli A= to‘plam berilgan. Shu to‘plam elemetlaridan yig‘indisi 7 ga teng bo‘lgan va elementlari o‘sish tartibida joylashgan to‘plamlar sonini aniqlang.
Tahlil . Oddiy usulda yig‘indini hisoblash orqali quyidagilar aniqlanadi: 1+2+4=7; 2+5=7; 3+4=7. Bu esa vazifa shartiga mos 3 ta , va to‘plam borligini ko‘rsatadi.
Masala yechishda binar tanlamadan foydalanish. Tanlama dasturini ko‘rib chiqib, uni biror masalaga tatbiq etganda massivni ekranga chiqarish qismi o‘zgartirilishi kerakligini tushunish mumkin. Binar tanlamani 1-mashqdagi to‘plamlarni aniqlashga qo‘llaymiz.
Buning uchun massivning har bir B[k] elementiga A to‘plamning A[k]=k elementini mos qo‘yamiz. Agar B[k]=1 bo‘lsa, u holda A[k] element tanlovda ishtirok etadi.
Y:=0; Y – A to‘plam elementlaridan tashkil etiladigan
For k:=1 to 5 do Binar massiv elementlarini birma-bir qaraymiz va
If B[k]=1 Then Y:= Y+A[k]; agar massiv elementi tanlansa, uni yig‘indiga
If Y=7 then Son:=Son+1; qo‘shamiz.
Goto 1; End; Agar yig‘indi qiymati 7ga teng bo‘lsa, u holda
Writeln(Son); sanagichga 1 qo‘shamiz.
Izlanayotgan to‘plamlar sonini chop etamiz.
Qaralayotgan 1-mashqning yechimini beruvchi dasturning to‘liq matni quyidagicha:
Ingliz tili markazi
Ingliz tili markazi bizning universitetimizda yoki ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarning biror oliy o‘quv yurtida o‘qishni rejalashtirganlar uchun Toshkentdagi eng yaxshi ingliz tilini o‘rganish kurslarini taqdim etadi. Bundan tashqari, bizda nafaqat suhbatlashish ko‘nikmalarini, balki professional va akademik ingliz tilini ham erkin o‘zlashtiradigan, o‘zlarining karyeralariga yangi turtki berishni xohlovchi ishlaydigan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan dastur mavjud. Kurslarimiz talabalarga to‘rt asosiy element – og‘zaki suhbat, tinglash, o‘qish va yozishni interfaol o‘qitish orqali tilning ilg‘or ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun imkon beradi.
Darslarimiz nimasi bilan ajralib turadi?
Barcha darslarni biznesda va dars berishda katta tajribaga ega bo‘lgan Buyuk Britaniya, Irlandiya, AQSh, Avstralia va boshqa mamlakatlardan kelgan inglizzabon o’qituvchilar olib boradilar
Real biznes ssenariylari va o‘qituvchilar tajribasiga asoslangan haqiqiy biznes-keyslar til vaziyatlari sifatida ishlatiladi
Interfaol guruhlarda ishlash shakli keng qo‘llaniladi, bu esa tinglovchilarning ingliz tilida so‘zlashadigan muhitdagi muloqot ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga imkon beradi
Qiziqarli malumotlar
Academic IELTS Writing: 7 yoki undan yuqori ball olish sirlari