Abul A’lo al-Hadramiy

Abul A’lo al-Hadramiy

Abul A’lo al-Hadramiy

Mundarija скрыть
Abul A’lo al-Hadramiy
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Abul A’lo al-Hadramiy (arab:ابو العلاء الحضرمي) asli Yamanning Hadram viloyatidan bo‘lgan va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam taraflaridan VII asrda Islom xabarini hozirgi Bahrayn va Qatar hududlariga yetkazish maqsadida jo‘natilgan elchidir.
Islom kelguniga qadar Qatar va Bahrayn hududida yashovchi aholining ko‘pgina qismi Aval va boshqa nomli but va sanamlarga topinishar edi. Ma’lum qismi esa yahudlardan iborat edi. Islom dini 7 asrda ko‘pxudolikni yo‘qqa chiqarib, butun Arabiston yarim oroliga yoyila boshladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining birinchi elchilari hisoblanmish Abul A’lo al-Hadramiyni milodiy 628 yilda hududi hozirgi Kuvayt qirg‘oqlaridan Qatarning janubiy hududlari, shu jumladan Al-Hasa va Bahrayn orollarini o‘z ichigan olgan Bahrayn davlati shohi Munzir ibn Sava al-Tamimiy va Abdul Qays qabilasini Islomga da’vat qilish uchun jo‘natdilar. Munzir o‘z o‘rnida darhol o‘zi va qo‘l ostida yashovchi barcha arab fuqarolari va forslar Islomni qabul qilganini e’lon qiladi. Shu jumladan Abul A’lo al-Hadramiy Payg‘ambarimiz tomonlaridan Bahrayn hududidagi elchilari etib saylandi va jizya solig‘i yig‘ishga ham mas’ul shahs etib tayinlanadi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan so‘ng juda ko‘p arablar, shu jumladan Bahrayn hududidagi ko‘pchilik aholi ham dindan qaytib ketib o‘zlarining but va sanamlariga yana topina boshlashdi. Natijada Abu Bakr roziyollohu anhu Al-Hadramiy boshliq askarlarni u yerga jo‘natadi va ular mahf etiladi. Al-Hadramiy Bahraynni 634 milodiy yilgacha boshqaradi va yangi saylangan xalifa Umar roziyallohu anhu tarafidan Usmon bin al-Al Os Saqafiy tomonidan almashtiriladi. Bir yil o‘tib, 635 yilda Al-Hadramiy vafot etadi.
Hozirgi Bahrayn hududidagi juda ko‘p ko‘chalar va maktablarga “Al-Hadramiy” nomi berilgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan Munzir ibn Sava al-Tamimiyga yozilgan va Payg‘ambarimiz muhrlari bosilgan xat haligacha Bahraynning Hura biloyatida joylashgan “Baytul Qur’on” muzeyida saqlanadi.

Abul A’lo al-Hadramiy