ABU SAID MAQBARASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ABU SAID MAQBARASI haqida malumot bilib oling.

ABU SAID MAQBARASI, Meona bobo maqbarasi — Turkmanistondagi meʼmoriy yodgorlik (11-a. oʻrtalari). Ruhoniy Abu Sayd Mayxoniy (Meona bobo, 1049-y. v. e.) qabri ustida qurilgan. Murabba tarhli (10,30×10,50 m), qoʻsh gumbazli. Devorlariga gʻishtlar bezakli qilib terilgan. Bosh tarzi peshtoqli. 14-a. da taʼmir qilinib, peshtoki va gumbazi koshin bilan qoplangan, shiftiga girih ishlangan, ichki devorlari ganch b-n suvalib, islimiy naqsh bilan pardozlangan. Devori yuqori tomon ensizlasha boradi. Poygumbazning tag qismi 12, yuqorisi 24 qirrali qilib gumbazga tutashtirilgan, bino tarzlariga ravoqlar ishlangan.

Ensiklopediya.uz
ABU SAID MAQBARASI