ABU ALI SAGʻONIY haqida malumot bilib oling.
ABU ALI SAGʻONIY (Chagʻoniy) (?-955) — Sagʻoniyon (Chagʻoniyon) hukmdori. 939-y. dan somoniylarning Xurosondagi noibi. 945-y. noiblikdan boʻshatilgani uchun amir Nuhga qarshi quzgʻolon koʻtarib, yangi noib Ibrohim ibn Simjoʻrni Xurosondan quvib chiqargan. Amir 948-y. dek. da sulh tuzib, uni qayta noiblikka tayinlagan boʻlsada, koʻp oʻtmay bu qarorini bekor qilgan. Shunda Abu Ali Sagʻoniy buvayhiylar yordamida amirga qarshi qoʻzgolon koʻtargan, ammo Abdulmalik ibn Nuh davri (954—961 )da Xurosonni tashlab ketishga majbur boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
ABU ALI SAGʻONIY