Abdulloh ibn Ummi Maktum
* * * Abdulloh ibn Ummi Maktum asli makkalik, qurayshiylardan, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan qarindoshligi bor — ummul mo’minin Хadicha binti Хuvaylidning tog’avachchasi. Otasi — Qays ibn Zoid, onasining ismi Otika binti Abdulloh. Bu ayolning Ummu Maktum (ummu — ona, maktum — berkitilgan) deb atalishiga sabab, — farzandi Abdullohni ko’zi ko’r holatda tuqqan. Makkada porlagan hidoyat nurining ilk shu’lalaridan biri Abdulloh ibn Ummi Maktumning qalbini yoritdi. U islomni peshqadamlar safida qabul qildi. Ibn Ummi Maktum Makka musulmonlari duchor bo’lgan barcha qiyinchilik va mushkulotlarni boshidan kechirdi. Safdosh birodarlari qatori bu og’ir imtihonni sabru bardosh, sabot va matonat bilan qarshi oldi. Quraysh kofirlari ashoblarga yetkazgan turli-tuman aziyatlar, ularga nisbatan qo’llagan ko’z ko’rib, quloq eshitmgan qiynoqlar Abdullohni ham chetlab o’tmadi, ammo u asl iymon sohiblariga xos ravishda dovdirab qolmadi, irodasi bukilmadi, iymoni zarracha zaiflashmadi. Balki Allohning dinini qatiyroq tutdi, robbisining kitobiga mahkamroq yopishdi, Yaratguvchisi yuborgan shariatni chuqurroq tushunadigan bo’ldi va butun olamlar sayyidiga yanada muhabbati ortdi. Quraysh mushriklarining Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va ashobi kiromlarga qarshi tutgan mavqiflari nihoyatda shiddatli tus olganda, Alloh taolo musulmonlarga hijrat qilish uchun izn berdi. Abdulloh birinchilardan bo’lib dinini asrab qolish maqsadida vatanidan mosuvo tushdi. U va Mus’ab ibn Umayr Madinaga kelgan eng avvalgi sahobalar edilar. Ikki muhojir Yasribga yetib kelishlari bilanoq, ularga Qur’on oyatlarini o’rgatishga, Allohning dinini tushuntirishga kirishib ketishdi. Hijratning o’n to’rtinchi sanasida Umar ibn Хattob Eron podshohligi ustiga yurish uyushtirib, ularning mulk va saltanatiga chek qo’yish hamda fors diyorini islomobodga aylantirishga azmu qaror qildi. Atrof-javonibdagi viloyat voliylariga «Yurtingizdaga Allohning ishiga quroli yoki oti yoki dovyurakligi yoki ra’yi bilan yordam bera oladigan bironta kishini qoldirmay, huzurimga jo’nating», degan mazmunda maktublar yo’lladi. Shiddatli va ayovsiz kechgan jang uch kun davom etdi, Urushlar solnomasida naziri kam bo’lgan to’qnashuv uchinchi kuni musulmonlarning yaqqol g’alabasi bilan yakunlandi. Yer yuzidagi eng qudratli davlat parchalandi. Insoniyat tarihidagi eng mustahkam taxtlardan biri ag’darildi. Majusiy yurtida tavhid bayrog’i yuksaldi. Bu buyuk zafarga yuzlab shahidlar evaziga erishildi. O’sha baxtiyor shahidlardan biri Abdulloh ibn Ummi Maktum edi. U jang maydonida qonga belanib yotar, qo’llari musulmonlar tug’ini mahkam tutgan edi.
Abdulloh ibn Ummi Maktum
DO`STLARGA ULASHING:
Ko’zi ojiz kishi. Alloh taolo u haqida o’n oltita oyat nozil etgan.
Тo dunyo turar ekan, bu oyatlar mudom tilovat qilinajak.
Mufassirlar
Kim sababli Payg’ambar alayhissalom yetti osmon tepasidan tanbeh va dakki eshitganini bilasizmi? Kim haqida Jabroil Amin Alloh taolo tarafidan olijanob Payg’ambarning qalbiga vahiy olib tushgan?
U kishi — Abdulloh ibn Ummi Maktum, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muazzini.
U Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga nisbatan shunchalik zo’r muhabbatli, Qur’oni Karimni yodlashga haris ediki, har bir daqiqasini g’animat bilardi, qulay fursat kelib qolsa, albatta, undan unumli foydalanardi. Hatto ba’zan Payg’ambar alayhissalomning boshqalarga ajratadigan vaqtini ham o’ziniki qilib olgisi kelardi…
Ma’lum muddat Rasululloh sollallohu alayhi va sallam asosiy da’vat e’tiborini Quraysh oqsoqollariga qaratib, ularni iymonga kelib qolishlari umidida ko’p harakat qildilar. Bir kuni Utba ibn Rabia, uning birodari Shayba ibn Rabia, Abu Jahl deb kunyalangan Amr ibn Хishom, Umayya ibn Хa-laf, «Allohning qilichi» Хolidning otasi Valid ibn Mug’iralarning jamoatiga borib, ular bilan suhbatlashdilar, muzokara olib bordilar, islomga chaqirdilar. Ul Zot suhbatdoshlari da’vatni qabul qilishlaridan, jilla qursa, sahobalarga yetkazayotgan aziyatlarini to’xtatishidan umidvor edilar.
Shu payt Abdulloh ibn Ummi Maktum «Yo Rasululloh, Alloh sizga bildirgan narsalardan menga ham o’rgating», deb kelib qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qoshlarini chimirib, yuzlarini burib oldilar va Quraysh zodagonlariga so’zlashda davom etdilar. Chunki o’rtaga tikilgan narsa nihoyatda muhim edi — agar ular islomga kirsalar, Allohning dini kuchayar, Rasulining da’vati quvvatlanardi.
Payg’ambar alayhissalom suhbatdan forig’ bo’lib, endi o’rinlaridan qo’zg’olishlari bilan ko’z oldilari jimirlashib, boshlariga nimadir qattiq urilganday bo’ldi. So’ng quyidagi oyatlar nozil qilindi: «U oldiga ko’zi ojiz kishi kelganda qosh chimirdi va yuz o’girdi. (Ey Payg’ambar), siz qayerdan bilasiz, ehtimol u (gunohlaridan) poklanar yo pand-nasihat olar-da, so’ng bu pand-nasihat unga foyda berar?! Endi o’zini (iymondan) behojat bilgan kishiga kelsak, siz o’shanga yuzlandingiz! Holbuki, uning poklanmasligi sababli sizga ziyon yetmas! Ammo (Allohdan) qo’rqib, oldingizga yugurib kelgan zotdan chalg’idingiz. Yo’q, albatta bu (Qur’on oyatlari) eslatmadir. Kim xohlasa, pand-nasihat olur. (Oyatlar) azizu mukarram, qadri baland, pokiza sahifalarga ulug’, itoatli mirzolar (ya’ni farishtalar) qo’llari bilan (Lavhul Mahfuzdan ko’chirilgandir). («Abasa» surasi, 1—16 oyatlar.)
Jabroil Amin ushbu o’n olti oyatni Abdulloh ibn Ummi Maktum sabab Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qalblariga yetkazdi. Oyatlar nozil etilgan ondan boshlab shu paytgacha tinmay tilovat qilinib keldi va bundan buyon to Yer va undagi jamiki narsalarga yolg’iz Allohning o’zi voris bo’lguncha mudom tilovat qilinib qolajak.
Usha kundan e’tiboran Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Ummi Maktumga cheksiz hurmat-ehtirom ko’rsatib, har safar kelganida to’rdan joy beradigan, hol-ahvolini surishtirib, ehtiyojlarini darhol qondiradigan bo’ldilar.
Bu ajablanarli hol emas, negaki Payg’ambar alayhissalom aynan shu kishi sababli yetti osmon tepasidan qattiq dashnom eshitmadilarmi?!
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hijrat diyoriga kelganlaridan so’ng Abdulloh ibn Ummi Maktum va Bilol ibn Rabohni musulmonlar uchun muazzin etib tayinladilar. Ular har kuni besh mahal tavhid kalimasini e’lon qiladigan, odamlarni eng xayrli amalga chaqiradigan, najot sari chorlaydigan bo’lishdi. Bilol azon aytsa, Abdulloh namozga iqomat tushirar, gohida o’rinlarini almashishardi. Ramazon oyida ular boshqacharoq ish tutishardi. Madina musulmonlari birining azoni bilan saharlikka tursalar, boshqasining azonida tamaddidan to’xtashardi. Bilol tunda azon aytib, odamlarni uyg’otar, ibn Ummi Maktum fajrni kutib turar, tong otishi hamono xalqni bundan ogoh etardi.
Rasulullrh sollallohu alayhi va sallam bir necha bor safarga chiqqanlarida Abdullohni Madinaga noib qilib, tashlab ketganlari unga nisbatan qanchalik e’tibor nazari bilan qaraganliklariga dalildir. Хususan, Fathi Makka jihodi paytida ham Madina voliysi Ummu Maktumning ko’zi a’mo o’g’li edi.
Badr g’azotidan keyin Alloh taolo jihodga rag’batni kuchaytirib, uyda o’tirib olishdan nafratlantirish uchun mujohidlarning sha’nini yuksakka ko’taradigan, ularni boshqalardan afzalligini ko’rsatadigan oyatlarni nozil qildi. Bundan ibn Ummi Maktum qattiq ta’sirlandi. Shundoq ulug’ maqomdan mahrumligidan iztirob chekib:
— Yo Rasululloh; agar qodir bo’lsam, albatta, jihodga chiqqan bo’lardim, — dedi.
So’ng butun qalbi bilan Allohga yuzlanib, uning va unga o’xshagan uzrlari sababli jihodga chiqa olmaydiganlarning sha’nida oyat tushirishini iltijo qilib so’radi: «Yo Alloh, mening uzrimni bayon et… uzrimni bayon et».
Alloh azza va jalla sodiq qulining duosini darhol mustajob ayladi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vahiy kotibi Zayd ibn Sobit rivoyat qiladi:
— «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yonlarida edim. Bir payt u kishini vahiy qabul qilayotgan paytlarida bo’ladigan sakinat chulg’ab oldi. Mening sonimga tegib turgan sonlari shu darajada og’irlashib ketdiki, umrim bino bo’lib bunaqa og’irlikni his qilmaganman. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ozgina vaqtdan so’ng o’zlariga kelib, «Yoz», dedilar va quyidagi oyatni o’qidilar: «(Jihodga chiqmay) o’tirib olgan kishilar bilan Allohning yo’lida mol va jonlari ila kurashgan zotlar barobar bo’lmaydi…» («Niso» sura-si, 95-oyat).
Shunda ibn Ummi Maktum o’rnidan turib, «Yo Rasululloh, jihodga qodir emaslarning holi nechuk bo’ladi?» deb qoldi. Uning gapi tugar-tugamas Payg’ambar alayhissalomni yana sakinat chulg’adi. Oyoqlari xuddi boyagidagidek og’irlashib ketdi. O’zlariga kelgach, «Qani, yozganlaringni o’qi-chi, ey Zayd», dedilar. Men o’qidim. U kishi dedilar: «Shikast yetganlardan tashqari» deb qo’shib qo’y».
Shunday qilib ibn Ummi Maktum so’ragan istisno nozil bo’ldi. Alloh subhonahu va taolo shikastmand kishilarga jihodda qatnashmaslikka izn bergan bo’lsa-da, Abdulloh «o’tirib oluvchilar» bilan birga qolishni o’ziga ep ko’rmay, Alloh yo’lidagi jihodga chiqishga qat’iy bel bog’ladi. Chunki buyuk qalb sohiblari faqat buyuk ishlardangina qoniqadilar. O’sha kundan boshlab, bironta jihodni qoldirmaslikka harakat qildi. Jang maydonida o’zi uchun shaxsiy vazifasini belgilab oldi. «Meni ikki safning o’rtasiga turg’azib qo’ying. Bayroqni qo’limga tutqazing — tug’bardoringiz bo’lay. Chunki men a’moman, qochishni xohlagan taqdirimda ham, baribir, qo’limdan kelmaydi».
Musulmonlar odil xalifaning chaqirig’iga “labbay” deb javob berishdi. Islom askarlari Mashriqu Mag’ribdan Madina sari oqib kela boshladi. Ular orasida ko’zi ojiz mujohid Abdulloh ibn Ummi Maktum ham bor edi.
Hazrati Umar dengizday qo’shinga Sa’d ibn Abi Vaqqosni lashkarboshi etib tayinladi. Unga so’nggi ko’rsatmalarni berib, askarlarga oq yo’l tiladi.
Lashkar Qodiyasiga yetib borganda, Abdulloh ibn Ummi Maktum sovutini kiydi, jang libosini to’g’riladi. Musulmonlar bayrog’ini hilpiratib ko’tarishga, uni ko’z qorachig’iday avaylab-asrashga yoki shu ko’yda halok bo’lib ketishga o’zini chog’ladi.Doktor Abdurahmon Ra’fat al-Boshoning «Sodiq sahobalar qissasi» (Toshkent, “O’zbekiston”, 1997) kitobidan olindi.
Abdulloh ibn Ummi Maktum ko‘zi ojiz kishi edi. Xuddi Bilol ibn Raboh kabi Rasulullohning muazzinlari bo‘lgan. Qur’oni karimning o‘n olti oyati u haqda tushirilgan.Abdulloh ibn Ummi Maktum asli qurayshiylardan, Rasululloh bilan qarindoshligi bor, Xadicha onamizning tog‘avachchasi edi. Otasi Qays ibn Zoid va onasi Otika binti Abdulloh makkaliklarning hurmatli kishilaridan hisoblanardi. Onalari Otikaning Ummi Maktum deb atalishiga farzandi Abdullohning ko‘zi ojiz holatda tug‘ilgani sabab bo‘ldi (“ummi” – ona, “maktum” – berkitilgan ma’nosida).Rasululloh insoniyatga so‘nggi payg‘ambar etib yuborilganlaridan keyin, Islom haqida ko‘proq bilishga boshqalar qatori Abdullohda ham qiziqish uyg‘ondi. Rasulullohning so‘zlarini tinglaganidan keyin Islom haq yo‘l ekanini bildi va musulmon bo‘ldi.Abdullloh makkaliklarning ko‘p sitamlariga chidadi. U Rasulullohni juda yaxshi ko‘rar, ko‘p vaqtini Qur’oni karimni yod olishga sarflar edi.Rasululloh Islomga chaqirishni birinchi bo‘lib Quraysh oqsoqollaridan boshladilar. Bir kuni Utba ibn Rabia, Shayba ibn Rabia, Abu Jahl, Umayya ibn Xalaf va Valid ibn Mug‘ira suhbatiga qo‘shilib, ularga Islom dini haqida gapirdilar, musulmon bo‘lishga chaqirdilar.Shu payt Abdulloh ibn Ummi Maktum keldi-da: “Yo Rasululloh! Rabbingiz sizga bildirganlardan menga ham o‘rgating”, dedi. Rasululloh qoshlarini chimirib, yuzlarini burdilar-da, o‘girilib, yana Quraysh zodagonlariga gapirishda davom etdilar. Lekin bu Rasulullohning Abdulloh ibn Ummi Maktumni mensimaganlari emasdi. Bu yerda boshqa bir muhim sabab bor edi. Agar Makkaning ko‘zga ko‘ringan odamlari musulmon bo‘lsa, Islom dini kuchayar, Payg‘ambarimizning da’vati quvvatlanar edi.Lekin Rasulullohning kutganlari bo‘lmadi, zodagonlar nasihatga quloq solishmadi. Suhbatdan so‘ng o‘rinlaridan turishlari bilan ko‘z oldilari qorong‘ilashdi, boshlarini qandaydir og‘ir narsa bosganday bo‘ldi. Bu vahiy kelganidan edi. Alloh taolo Abdulloh ibn Ummi Maktum sabab ushbu oyatlarni nozil qildi:“(Muhammad) yuzini burishtirdi va yuz o‘girdi. Zero, uning huzuriga ko‘zi ojiz odam kelgan edi. (Ey Muhammad!) Siz qaerdan ham bilursiz, ehtimol u (Sizdan foydalanib, o‘z gunohlaridan) poklanar yoki eslatma olar-da, so‘ngra bu eslatma unga foyda berar?! Ammo (Sizni mashg‘ul qilgan) boy kimsaga esa, bas, Siz (e’tibor berib) mutasaddilik qilmoqdasiz. Holbuki, uning (o‘z kufridan) poklanmasligi Sizga zararli emas edi. Endi, oldingizga yugurgan holda (Allohdan) qo‘rqib kelgan kishi esa, bas, Siz undan chalg‘imoqdasiz. Yo‘q! (Bunday qilmang!)Albatta, ular (Qur’on oyatlari) ayni eslatmadir. Bas, kim xohlasa, (uni)yod etar. (U oyatlar Alloh nazdida) mukarram sahifalarda (ya’ni) qadri baland, pokiza (sahifalarda) kotib (farishta)lar qo‘llaridadir. (Ular)mukarram va itoatli zotdirlar” (Abasa, 1–16-oyatlar).Rasululloh xato qilganlarini angladilar. Shu ondan boshlab Abdulloh ibn Ummi Maktumga hurmatlari yanada oshdi. Uni ko‘rganlarida to‘rdan joy beradigan, ahvolini surishtirib, dalda va yordamlarini ayamaydigan bo‘ldilar.Abdulloh ibn Ummi Maktum va Mus’ab ibn Umayr Madinaga birinchi kelgan sahobalar edi. Ular Yasribga kelishlari bilanoq insonlarga dinimizning asl mohiyatini tushuntirishga, Qur’oni karimni o‘rgatishga kirishishdi. Ular tufayli yasribliklar birin-ketin musulmon bo‘la boshlashdi.Rasululloh Madinaga yetib kelganlaridan keyin Abdulloh ibn Ummi Maktumni Bilol ibn Raboh qatori musulmonlar uchun muazzin etib tayinladilar. Ikkovlari har kuni besh mahal jamoatni namozga chaqiradigan, najot sari chorlaydigan bo‘lishdi. Bilol azon aytsa, Abdulloh namozga iqomat tushirar, ba’zida o‘rin almashishar edi.Ramazon oyida esa boshqacharoq yo‘l tutishardi. Bilol ibn Raboh tunda azon aytib, odamlarni saharlikka uyg‘otsa, Abdulloh ibn Ummi Maktum tongni kutib turar, tong otgach, insonlarni bundan xabardor qilar edi. Hamma saharlik qilishdan to‘xtab, masjid sari oshiqardi. Rasululloh Ramazon kunlari sahobalariga: “Bilol kechasi azon aytadi. Siz to Abdulloh ibn Ummi Maktumning azonini eshitguningizcha yeb-ichavering”, der edilar. Ibn Ummi Maktum ko‘zi ojiz bo‘lgani sabab boshqa sahobalar unga: “Tong otdi, tong otdi. Azon ayting”, demagunicha azon aytmas edi.Rasululloh safarga chiqqanlarida Abdulloh ibn Ummi Maktumni Madinaga noib qilib ketishga odatlangan edilar. Hatto Makka fathida ham aynan shu kishi Madina voliyi bo‘lib qoldi. Bu hol Payg‘ambarimizning Abdullohga yuksak hurmatlari ifodasi edi.Ziyovuddinxon Maqsudov| Muslim.uz
Abdulloh ibn Ummi Maktum