SINNARIZIN tabletkasi to’liq malumot oling
#Синнаризин таблетка
💊DORI SHAKLI 👇
Tabletka
💊TARKIBI 👇
1 ta tabletka o’zida — 25 mg sinnarizin moddasini saqlaydi.
💊TA’SIRIGA KO’RA 👇
Vestibular buzilishlarda qo’llaniladigan vosita hisoblanadi. Nerv asab faoliyatini yaxshilash maqsadida qabul qilinadi.
💊TA’SIR QILISH MEXANIZMI QANAQA 👇
Sinnarizin kalsiy kanallarini bloklash yoʻli bilan silliq vaskulyar mushaklari hujayralarining qisqarishni susaytiradi. Toʻgʻridan-toʻgʻri kalsiy antagonizmiga qoʻshimcha sinnarizin norepinefrin va serotonin kabi vazoaktiv moddalarni, ular bilan nazorat qilinadigan kalsiy kanallarini bloklash yoʻli orqali, qisqartiruvchi taʼsirini kamaytiradi. Kalsiyning hujayraga tushishni bloklanishi toʻqimalarning turli xilliligiga bogʻliq, uning natijasi boʻlib arterial bosimga va yurak qisqarishlariga taʼsiri boʻlmagan antivazokonstriktor taʼsiri hisoblanadi. Sinnarizin keyinchalik yetarli boʻlmagan mikrotsirkulyatsiyani eritrotsitlarning membranalarini elastikligini oshirish va qonning qovushqoqligini kamaytirish yoʻli bilan yaxshilashi mumkin. Hujayralarning gipoksiyaga rezistentligi oshadi. Sinnarizin vestibulyar tizimini ragʻbatlantirilishini susaytiradi, buning natijasida nistagmni susaytiradi va boshqa avtonom buzilishlarga ega. Sinnarizin oʻtkir bosh aylanishi xurujlarining paydo boʻlishini oldini oladi.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, nistagm, koʻngil aynishi va qusishni oʻz ichiga oluvchi miyaning labirint buzilishlarida davolash maqsadida .
— Migrenni kasalligini oldini olish maqsadida.
— Bosh aylanishi, quloqlarda shovqin (tinitus), bosh ogʻrigʻini, taʼsirchanlik, xotirani yoʻqotish va diqqatni jamlay olaolmaslikni oʻz ichiga oluvchi serebrovaskulyar kelib chiqishiga ega boʻlgan simptomlarini samarali davolash uchun.
— Reyno kasalligi, akrotsinoz, oʻzgarib turuvchi oqsoqlik, trofik buzilishlar, trofik va varikoz yaralar, , oyoq-qoʻllarning tungi spazmlari, oyoq-qoʻllarni sovuqligini oʻz ichiga oluvchi periferik tomirli buzilishlarning simptomlarni davolashda qoʻllaniladi.
— Bosh miyada qon aylanishini yaxshilaydi .
— O’tkazilgan ishemik va gemorragik insult kasalligida va bosh miya travmalarida .
— Dengiz kasalligida , havo kasalligida va uzoq safarga chiqqanda yo’ldagi ko’ngil aynib , qayt qilish holatlarida va bosh aylanishida qabul qilish mumkin.
💊QO’LLASH USULI VA DOZASI 👇
🔰Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun bosh miya qon aylanishini buzilishlarida esa — 1 tabletkadan sutkada 3-marta.
Periferik qon aylanishini buzilishlarida: 1 tabletkadan 3 — 4 marta sutkasiga qabul qilinadi.
Muvozanatni buzilishlarida esa —
1 tabletkadan sutkada 3-marta.
5-12 yoshli bolalarga esa kattalarga buyuriladigan dozaning yarmi tavsiya qilinishi mumkin.
👉 Sinnarizinni ovqatdan keyin qabul qilgan maʼqul.
Bosh aylanishda samara dozaga bogʻliq boʻlganligi tufayli dozani asta-sekin oshirish lozim.
🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇
Uyquchanlik , ko»ngil aynish , qorinda ogriq va holsizlik kuzatilishi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR 👇
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda .
— 12 yoshdan kichik bo’lgan bolalarga mumkin emas.
— Emizikli ayollarga emizish davrida qabul qilish mumkin emas.
🔰ADMIN MASLAHATI 👇
▶Preparatni homiladorlik davrining birinchi 3 oyligida qabul qilish mumkin emas. Boshqa davrlarda shifokor bilan maslahat qiling ( esda saqlang ).
▶Emizikli davrda sinnarizinni qabul qilish buyurilmaydi. Qabul qilishga to’gri kelsa emizishni to’xtatish kerak.
▶Diagnostik aralashuvlarda oʻzining antigistamin , ya’ni allergiyaga qarshi samarasi tufayli Sinnarizin teri sinamasini oʻtkazilganida, terini reaktivligi omillariga nisbatan musbat reaksiyalarni niqoblashi mumkin, shuning uchun ularni qoʻllashni uni oʻtkazishdan 4 kun oldin toʻxtatish lozim. Tushunarli qilib aytganda analiz topshirganda , analiz natijasini musbat chiqishi yoki chiqmaslik aniqligini o’zgartiradi. Ya’ni sinnarizinni qabul qilganda natija aniq chiqmasligi mumkin. Shuning uchun analiz topshirishdan oldin 4 kun oldin sinnarizin qabul qilishni to’xtatish kerak.
▶Preparat uyquchanlikni chaqiradi. Uyqu keluviradi qabul qilgandan keyin. Shu sabab mashina haydagan vaqtda , yo’lda qabul qilmang.
▶Doza oshirilib yuborilganda bolalarda va kattalarda epilepsiya kasalligi bo’lsa , bu kasallikni kuchaytirib tirishib qolish kabi holatlar kuzatilishi mumkin.
▶Belgilangan dozadan ortiqcha qabul qilinsa qon bosimini tushirib yuboradi. Shu sabab qon bosimi past bo’lganda qabul qilib bo’lmaydi.
▶Keyin yana bir ma’umot , sinnarizinni 12 yoshdan kichik bolalarga buyurish mumkin emas , lekin shifokor maslahati va retsepti bilan 5 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalarga kattalar qabul qiladigan dozani yarmini yoki 1/3 qismini berish mumkin.
💉Qo’llash — retsept bilan
💉Ishlab chiqaruvchi — Rossiya , Ukraina , Bolgariya .
@FARMAKOLOGIYA_TTA
@KANAL_MUNDARIJASI
,, ТАБЛЕТКА » kanali
Dorixona
SINNARIZIN tabletkasi