Dostineks, Abineks va Kobergolinga o‘xshagan dorilar nima maqsadda qo‘llaniladi? haqida to’liq ma’lumot oling
💊Dostineks, Abineks va Kobergolinga o‘xshagan dorilar nima maqsadda qo‘llaniladi?
Shunga o‘xshash savollarni juda ko‘p berishadi.
Yuqorida keltirilgan 3 ta dorining tarkibida ham 0,5 mg kobergolin bor.
❓Kobergolin o‘zi nima?
✅Kobergolin prolaktin sekretsiya(hosil bo‘lish)sini tormozlaydi.
❓Prolaktin nima?
Gipofiz oldingi bo‘lagi bo‘lgan adenogipofiz ajraladigan gormon. Vazifasi — homilador ayolda sut hosil bo‘lishi va ko‘payishini idora qiladi.
❓Kobergolin tarkibli dorilar qanday holat va kasalliklarda qo‘llaniladi?
✅Tug‘ruqdan keyingi fiziologik laktatsiyani oldini olish
✅Tug‘ruqdan keyingi laktatsiyani susaytirish
✅Giperprolaktinemiya (qonda prolaktinni normadan ko‘p bo‘lishi) bilan bog‘liq patologiyalarni davolashda:
-amenoreya (6 oy va undan ko‘p hayz kelmasligi)
-oligomenoreya(hayz muddati ikki kundan kam bo‘lishi)
-anovulyatsiya (ovulyatsiyaning bo‘lmasligi)
-galaktoreya (emizishga bog‘liq bo‘lmagan holda sut ajralishi)
✅Prolaktin sekretsiyasini kuchaytiruvchi adenoma(gipofiz xavfsiz o‘smasi)larida:
-mikroprolaktinoma
-makroprolaktinoma.
❗️Eslatma: Preparatlarni faqat shifokor tavsiya bilan qo‘llash kerak!
© Doctor Muxtorov
Malumotlar
Abineks va Kobergolinga o‘xshagan dorilar nima maqsadda qo‘llaniladi?, Dostineks