Ariza berib uni yana qaytarib olish mumkinmi ?

Ariza berib uni yana qaytarib olish mumkinmi ?
ariza berib uni yana qaytarib olish mumkinmi 65caa31c099be

e2cbc0a8bd20265a1ad81eb442888f48

Ariza berib uni yana qaytarib olish mumkinmi ?

DO`STLARGA ULASHING:

Ariza berib uni yana qaytarib olish mumkinmi ?

⚡️Savol;
Men bir davlat organiga bundan uch kun oldin ariza bilan murojaat qilgan edim. Endi arizamni o‘sha organ tomonidan ko‘rib chiqilishini xoxlamayman. Men u arizani jaxl ustida yozib yuborgan edim. Endi uni qaytarib olishim mumkinmi ?

⚡️Javob;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 32-moddasida shaxs o‘z murojaatini u ko‘rib chiqilguniga qadar va ko‘rib chiqilayotgan paytda murojaat bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish yo‘li bilan chaqirib olishi mumkinligi belgilangan.

❗️Yuqoridagi norma bo‘yicha siz murojaatingizni qayta ariza berish yo‘li bilan qaytarib olishingiz mumkin lekin, yana bir e’tiborli holat bor. Yuqorida keltirilgan Qonunning 30-moddasida murojaatni chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rilishini istisno etmaydi deyilgan. Ya’ni, siz kimnidir firibgarlikda ayblab tegishli joyga ariza berib, keyin fikringiz o‘zgarib arizangizni qaytarib olsangiz xam uni firibgarligi arizangizni ko‘rgan organ tomonidan tekshirilishi mumkin xamda agar haqiqatdan xam siz arizangizda ko‘rsatgan odamingiz firibgar bo‘lib chiqsa unga chora ko‘riladi.

Ariza berib uni yana qaytarib olish mumkinmi ?