Chaqaloqlarni qorni bilan yotqizishning muhim 3 ta sababi
Chaqaloqlarni qorni bilan yotqizishning muhim 3 ta sababi 🤱🏻 Harakatlanish qobiliyatlari yaxshilanadi ✅ ♻️ Ma’lum bo‘lishicha, kun davomida yarim soatdan ko‘p qorni bilan yotadigan bolalar harakatlarini yaxshi nazorat qila oladi, faol bo‘ladi. Shuningdek, qorni bilan yotgan bolalar, osmonga qarab yotgan bolalardan ko‘ra tezroq emaklashni o‘rgangan. Psixodiagnostika va psixokorreksiya markazi boshqaruvchisi Tatyana Goryachevaning ta’kidlashiga qaraganda, emaklash uchun qo‘l va oyoq mushaklari ushbu jarayonga tayyor bo‘lishi kerak. Osmonga qarab yotgan bola esa harakatlanmaydi va mushaklari ham harakatlarga tayyor bo‘lmaydi. Shu sabab bola qornidan orqasiga o‘girib olib, o‘tirgan holda sudralishni boshlaydi. Bosh suyagi to‘g‘ri rivojlanadi ✅ Yuragi mustahkam bo‘ladi ✅Chaqaloqlarni qorni bilan yotqizishning muhim 3 ta sababi
DO`STLARGA ULASHING:
Avstraliya universitetidagi olimlarning aniqlashicha, bolani qorin bilan yotqizish uning rivojlanishiga ta’sir qiladi. Tajribada 4237 bola ishtirok etgan va ularning rivojlanishi bir qancha parametrlar bilan baholangan.
Bolalarda to‘satdan o‘lim sindromini oldini olish uchun ham bolani osmonga qaratib yotqiziladi va bola shu holatda uxlashi kerak bo‘ladi. Ba’zi onalar bu sindromdan shunchalik qo‘rqqanidan, boshqa vaqtda ham bolani qorni bilan yotqizishdan qo‘rqadi. Ammo bola faqat yotadigan bo‘lsa, bosh suyagi yaxshi yoki to‘g‘ri rivojlanmasligi mumkin. Agar ko‘pincha yon boshi bilan yotqiziladigan bo‘lsa, yotgan taraf yassi bo‘lib qolishi mumkin.
Avstraliyalik olimlar tomonidan aniqlangan yana bir ma’lumot: qornida ko‘p yotgan bola yaxshiroq vazn to‘playdi va yurak qon-tomir tizimi mustahkam bo‘ladi. Chunki ushbu holat bola uchun eng yaxshi kardiozo‘riqish hisoblanadi va bu yurak rivojlanishiga yaxshi ta’sir qiladi. Agar har kuni shug‘ullanadigan bo‘lsa, bolada harakatlar koordinatsiyasi yaxshilanadi, qo‘l-oyoqlari yaxshi harakatlanib, umurtqasi mustahkamlanadi. Bu esa nafaqat jismoniy bali aqliy rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, jarayonda press mushaklari ham mustahkamlangani hisobiga qorin churra paydo bo‘lish xavfi oldi olinadi. Bolani ovqat berishdan avval qorni bilan yotqizilsa, bu qorinni sanchib og‘rishini kamaytiradi.
Chaqaloqlarni qorni bilan yotqizishning muhim 3 ta sababi