Tailand haqida faktlar to’liq malumot oling
Tailand haqida faktlar:
Tailand — Osiyodagi eng erkin mamlakat
“Tailand” tay tilida “Pratxet Txay” deya yangraydi, bu esa “ozodlar o‘lkasi” demakdir. Bu yevropaliklar tomonidan hali mustamlakaga aylantirilmagan Janubi-Sharqiy Osiyodagi yagona mamlakatdir.
Tailand qiroli — xalq orasida sevimli bo‘lgan monarxlardan biri
Tailandliklar Pxumipon Adulyadetni ko‘p sabablarga ko‘ra yaxshi ko‘radi. U sun’iy bulutlar yaratish uchun patentga ega. U ko‘prik va to‘g‘onlarni ishlab chiqqan, saksofonni mahorat bilan chaladi, mamlakatning milliy madhiyasini yozgan va iste’dodli rassom hamdir.
Tailandda hozir 2558-yil
Tailandliklar yil hisobini Budda tug‘ilgan vaqtdan boshlaydi.
Vaqt 6 soatli tarzda hisoblanadi
Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida vaqtni 12 yoki 24 soatli shkala bilan hisoblashadi, Tailandning katta qismi esa kunni 6 soatlik to‘rtta chorakka bo‘lgan holda yashaydi.
Dunyodagi eng uzun nomli shahar Tailandda joylashgan
Tailand poytaxti — Bangkokning to‘liq nomi “Krung Txep Maxanakxon Amon Rattanakosin Maxintarayuttxaya Maxadilok Pxop Nopparat Ratchatxani Burirom Udomratchanivet Maxasatan Amon Piman Avatan Satit Sakkatxattiyya Vitsanukam Prasit” bo‘lib, u “Farishtalar shahri, abadiy yashaydiganlarning buyuk shahri, to‘qqizta qimmatbaho toshning buyuk shahri, Vishvakarman tomonidan Indra amri bilan qurilgan, qiyofasini o‘zgartirgan xudo yashaydigan ibodatxonani eslatuvchi ulkan Qirollik saroyi joylashgan, farovon va baxtli shahar” degan ma’noni anglatadi.
Tailandning Ginnes rekordlari
Tailandda Buddaning eng katta oltin haykali, eng yirik timsoh fermasi, eng katta restoran va eng baland mehmonxona joylashgan.
Dunyodagi eng mitti sut emizuvchi
Dunyodagi eng kichik sut emizuvchi bo‘lgan cho‘chqaburun ko‘rshapalak ham Tailandda yashaydi, uning og‘irligi tanganikidan ham yengil.
Siam mushuklari — asli Tailanddan
Siam mushuklari vatani Tailanddir, u qadimda Siam deb nomlangan. XIV asr kitoblarida Siam mushuklarining 23 ta turi tilga olingan, hozirda esa 6 xil zot qolgan xolos.
Budda monaxlari
Avvallari Tailandda barcha yigitlar, jumladan, qirol ham 20 yoshga to‘lgunicha qisqa muddatga bo‘lsa-da budda monaxi bo‘lib ko‘rishi kerak edi. Bu odatga bugungi kunda ham ko‘pchilik rioya qiladi.
Bosh — tananing eng muhim qismi
Shu tufayli, mamlakatda birov, hatto, chaqaloqning ham boshiga qo‘l tekkizish mumkin emas.
Davlatlar
Tailand haqida faktlar