Midiana tabletka — kontratseptiv vosita. to’liq malumot oling
?Midiana tabletka — kontratseptiv vosita.
?Analoglari — jess, yarina
#Midiana tabletka
#Midiana tabletka
?Dori shakli : tabletka
?Tarkibi ?
Drospirenon va etinilestradiol moddalari.
?Ta’sir qilishiga ko’ra ?
Kontratseptiv vosita .
?Qo’llanilishi ?
— Jinsiy gormonlar faoliyati susayganda
— Gormonal soch to’kilishida
— Ayollarda o’rtacha darajadan og’ir bo’lgan akne kasalligida
— Hayz sikli davri buzilgan holatlarda
— Istalmagan homiladorlikdan himoya uchun.
— Xayz siklini me’yorga keltirish uchun.
?Qabul qilish usuli ?
Preparatni har kuni bir xil vaqtda kuniga 1 tabletkadan qabul qilish kerak. 21 kun qabul qilingach 7 kunlik tanaffus qilinadi. Va yana qabul qilishda davom ettiriladi. Bir hafta tanaffus vaqtida hayzsimon qon ketishi kuzatilishi mumkin.
Shunday qilib preparatni 21 kun har kuni 1 tabletkadan qabul qilinadi va 7 kun tanaffus qilinadi. Tanaffus 7 kundan oshib ketmaslik kerak.
?Nojo’ya ta’siri ?
— Ayollarda tromboemboliya rivojlanishi mumkin
— Ko»ngil aynish, qusish
— Diareya , qorin sohasida og’riq
— Tana vazni oshishi
— Qon bosimi oshishi
— Hayz sikllari orasida qon ketishlar.
— Ko»krak bezi kattalashishi va og’rishi
— Teri toshmalari va yuzda pigment dog’larni paydo bo’lishi.
— Bosh og’rig’i
— Depressiya holatlari
❌Qo’llash mumkin emas ?
— Tromb bor holatlarda va tromboemboliyada
— Miokard infarkti kasalligida
— Stenokardiya da
— Bosh miyada qon aylanishi buzilish holatida
— Ishemik insult da
— Qandli diabetda
— Jigar o’smalarida va jigarning og’ir kasalliklarida
— Homiladorlik davrida va unga shubha qilinganda
— Emizish davrida mumkin emas.
— Ayollarda menopauza davri tavsiya qilinmaydi
— Jigar sirrozida
— virusli gepatitda
— Qon bosimi baland bo’lganda
— Pankreatitda
?ESLATMA ?
?Ayollarda xayz sikli to’xtagan bo’lsa ya’ni asosan keksalarda menopauza holatida preparat qabul qilinmaydi.
?Preparatni 7 kundan ortiq to’xtatish ya’ni qabul qilishda tanaffus ni 7 kundan ortiq qilmaslik kerak.
?Preparatni virusli gepatit kasalligidan sog’aygan bemorlarga 6 oy qabul qilmasliklari buyuriladi.
?Kontratseptiv preparatlar tarkubida homiladorlikka qarshi gormonlar bo’ladi.
Midiana preparatini qabul qilishdan oldin shifokor mutaxassis bilan maslahatlashing.
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Vengriya
Dorixona
Midiana tabletka — kontratseptiv vosita.