BHARATA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BHARATA haqida malumot bilib oling.

BHARATA — qad. Hindistondagi oriylar qabilasi. Kuru qabilalar ittifoqiga kirgan hamda panchallar b-n birlashib Hindistonda dastlabki yirik davlat barpo etganlar (taxm. mil. av. 7-a.). «Bharata avlodlari» Kauravlar va Pandavlar haqidagi rivoyatlar hind eposi «Mahabharata» asosini tashkil qilgan. Bharata hududining nomi — Bharatavarsha (Jamna va Satlej daryolari oraligʻi) nomi bilan qadimda koʻpincha butun Hindiston hududi tushunilgan. Hindiston Respublikasining hoz. rasmiy nomi, hindi tilidagi Bharat mana shundan olingan.

Ensiklopediya.uz
BHARATA