O‘g‘il bola jinsiy a’zosining normadagi uzunligi qancha bo‘lishi kerak? haqida to’liq ma’lumot oling
O‘g‘il bola jinsiy a’zosining normadagi uzunligi qancha bo‘lishi kerak?
Savol: O‘g‘limizni jinsiy a’zosi boshqa o‘g‘il bola tengqurlariga nisbatan kichikdek tuyuladi. Jinsiy a’zoning normadagi uzunligi qancha bo’lishi kerak?
Androlog javobi:
Jinsiy a’zosi kichikdek tuyilishining tibbiy atalishi mikro penis deyiladi. Vahimaga hojat yo‘q. O‘lchab ko‘rmasdan qaror qabul qilish tog‘ri emas. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 2smdan kichik bo‘lishi mikro penis diagnozini qo‘yishimizga asos bo‘ladi. O‘lchashni albatta shifokor o‘tqazgani ma’qul. Yoshga mos jadvali quyidagicha:
Yoshi… Normal holatda o‘rtacha penis bo‘yi tortilgan holatda o‘rtacha penis bo‘yi!
0-28 kun3.2 sm3.5 sm
1-5 oy3.7 sm4.0 sm
6-12 oy3.9 sm4.2 sm
1-2 yosh4.3 sm4.7 sm
2-3 yosh4.8 sm5.0 sm
3-4 yosh5.1 sm5.5 sm
4-5 yosh5.3 sm5.7 sm
5-6 yosh5.6 sm6.0 sm
6-7 yosh5.7 sm6.1 sm
7-8 yosh5.9 sm6.2 sm
8-10 yosh5.7 sm6.2 sm
10-11 yosh6.3 sm6.9 sm
11-12 yosh7.6 sm8.5 sm
Voyaga yetganlarda8,5 sm9.3 sm
Penis kichikligini «Ko‘milgan penis» yoki «yashiringan» penisdan ajratish kerak bo‘ladi, buningchun pediatr yoki androlog tekshiruvi kerak bo‘ladi.
© Dr. Zarifjon Murodov.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
Malumotlar
O‘g‘il bola jinsiy a’zosining normadagi uzunligi qancha bo‘lishi kerak?