BOQI RAHIMZODA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOQI RAHIMZODA haqida malumot bilib oling.

BOQI RAHIMZODA (1910. 5. 10 Dushanba — 1980) — Tojikiston xalq shoiri (1974). «Tuhfa», «Hayot va soʻz» (1954), «Chashma» (1957), «Hayot bahori» (I960), «Sheʼrlar» (1963) va b. asarlarida tojik xalqi hayoti, oʻz zamondoshlarining mehnatdagi fidokorligi, oʻykechinmalari va tashvishlari tarannum etiladi. Boqi Rahimzoda dramaturgiya sohasida ham salmoqli ijod qilgan. «Taʼrifxoʻjayev qissasi» (Dehotiy bilan hamkorlikda, 1953) komediyasi, «Tilga kirgan chinor» (1955), «Oltin beshik» (S. Saidmurod bilan hamkorlikda, 1956) pyesalari tojik teatrlari repertuaridan urin olgan. «Oʻtilgan yoʻl» (1967) sheʼrlar toʻplami, «Orzu bahori» turkum asarlari uchun Rudakiy nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. B. R. Gʻafur Gʻulom, Uygʻun, Zulfiya va b. oʻzbek shoirlari asarlarini tojik tiliga tarjima qilgan. Uning «Tarona» nomli sheʼrlar toʻplami oʻzbek tilida bosilgan (1968).

Ensiklopediya.uz
BOQI RAHIMZODA