BUGʻ GENERATORI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUGʻ GENERATORI haqida malumot bilib oling.

BUGʻ GENERATORIbugʻ qozoni yoki yadro reaktoridan olinadigan birlamchi issiklik eltuvchi (suv, suyuq natriy va b.) issikligi hisobiga bosimi atmosfera bosimidan yuqori suv bugʻi hosil qiladigan apparat yoki agregat. Organik yoqilgʻini yoqishda ajraladigan issiqlik hisobiga bugʻ olinadigan Bugʻ generatori bug qozoni, elektr energiyasidan foydalanib bugʻ olinadigan Bugʻ generatori elektr qozoni deb ataladi. Atom elektr st-yalari paydo boʻlganidan soʻng Bugʻ generatori atamasi atom reaktoridan keladigan issiklik eltuvchi qizdiradigan va turbinaga tushadigan ikkilamchi bugʻni olish uchun xizmat kiladigan bugʻlatkichlarni ifodalash uchun qoʻllanilgan.

Ensiklopediya.uz
BUGʻ GENERATORI