BULGAKOV Aleksey Ivanovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BULGAKOV Aleksey Ivanovich haqida malumot bilib oling.

BULGAKOV Aleksey Ivanovich (1816.19.2, ! Kronshtadt — 1869. 10. 7, Shvalbax, Germaniya) — rus dengiz sayyohi, kontradmiral. 1840—42 y. larda «Abo» transport kemasida dunyo boʻylab sayohat qilgan. 1848—49 y. larda Orol dengizida gidrografik tekshirishlar olib borgan. Oʻz ekspeditsiyasi toʻplagan materiallar asosida Orol dengizi hamda shu dengizda kemalar qatnovi xaritasini tuzib, 1850-y. da nashr ettirgan. Sirdaryo quyi oqimini (1855), Amudaryo deltasini (1859) tekshirgan, Sirdaryo oʻrta oqimini tavsiflagan. 1857—59 y. larda Orol harbiy flotiga qoʻmondonlik qilib Xiva xonligi yerlarini bosib olish maqsadida uyushtirilgan rus harbiy ekspeditsiyalarida faol qatnashgan. Bulgakov oʻzining tadqiqotlari bilan Turkiston xonliklarini bosib olinishiga koʻmaklashgan. 1863-y. dan umrining oxirigacha Boltiq dengizida xizmat qilgan.

Ensiklopediya.uz
BULGAKOV Aleksey Ivanovich