BOLDIRPANJA BOʻGʻIMI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOLDIRPANJA BOʻGʻIMI haqida malumot bilib oling.

BOLDIRPANJA BOʻGʻIMI — katta va kichik boldir suyaklarining pastki boʻgʻim yuzasi, oʻng va chap toʻpiqlarning boʻgʻim yuzasi bilan oyoq panjasining oshiq suyagi ustki boʻgʻim yuzalarining oʻzaro qoʻshilishidan vujudga kelgan boʻgʻim. Boldirpanja boʻgʻimi gʻaltaksimon boʻgʻim boʻlib, unda faqat bukilish va yozilish harakati roʻy beradi. Toʻpiklar boʻgʻimni yon tomonga bukilishdan saqlaydi, natijada yurish oson boʻladi. Boldirpanja boʻgʻimini birlashtirib turuvchi boylamlar ham asosan ikki yon tomonda joylashib, boʻgʻim hosil qiluvchi suyaklarni oʻzaro birlashtirib turadi.

Ensiklopediya.uz
BOLDIRPANJA BOʻGʻIMI