BEVATAN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BEVATAN haqida malumot bilib oling.

BEVATANXiva xonligida davlat (podsholik) yerini ijaraga olib ishlaydigan dehqon. Bevatan oʻzi ishlatib turgan yerni sotishga haqi boʻlmagan. Bevatan vafot etsa, yerdan foydalanish huquqi uning bolalariga oʻtgan. Bevatan yerga hech qanday huquqi boʻlmasada, butun hosilga, shuningdek oʻzlari qurgan imoratlarga toʻla egalik qilgan. Yerning sifatiga qarab hosilning 1/3 dan tortib 1/2 gacha ijara haqi toʻlashdan tashqari, Bevatan 5 tanobga 1 tilla hiso-bidan masjidga oʻndan bir soliq, yaʼni ushr toʻlagan va b. majburiyatlarni bajargan. Bevatan oʻrtacha 5—7 tanob yerni ijaraga olib, har 5 tanobga 1 tilladan solgʻut toʻlagan. 19a. 90-y. larida birgina Xiva viloyatida Bevatanlar barcha dehqonlarning 1/3 qismini tashkil etgan.

Ensiklopediya.uz
BEVATAN