G‘iyosiddin Naqqosh Tarjimai hol haqida malumot
Tarjimai hol
G‘iyosiddin Naqqosh — Temuriylar davrining musavviri va tarixchisi bo‘lib, Hirotda Shohruh saroyida yashagan va ijod qilgan.
XIV asrning ikkinchi yarmida Eronning Yazd shahrida dunyoga kelgan. 1419-1422 yillarda Temuriylar davlati elchisi sifatida Xitoyga tashrif buyurgan. G‘iyosiddin Temuriylar sayohat kundaligini tuzib chiqqan.
G‘iyosiddin Naqqosh temuriylar elchisi tarkibida bu sayohat kundaligini fors tilida yozgan. U Hofiz Obro‘ning tarixiy asari hisoblangan “Zubdat ul-tavorih”da qayd etiladi. Mazkur kundalik elchining bosib o‘tgan yo‘li, Xitoyning tabiati, aholisi, shahri, an’anasi va urf-odatlari haqida yozilgan.
G‘iyosiddin Naqqoshning “Kundalik” ilmiy ishi bebaho qo‘lyozma sanalib, XV asrning yarim chorak davrida Temuriylar davlati va Xitoy o‘rtasida Buyuk Ipak yo‘li orqali savdo-tijorat sohasi rivojlanganligi qayd etiladi. Xitoy to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotni G‘iyosiddin Naqqosh yozgan kundalik xotiralaridan anglash mumkin.
G‘iyosiddin Naqqoshning “Kundalik” xotirasi bebaho manba sifatida bir qancha tarixchilar tomonidan boshqa tillarga ham tarjima qilingan. Shu jumladan, o‘zbek tiliga ham.
Arboblar
G‘iyosiddin Naqqosh
manba:arboblar.uz