Nazarov Uchqun Igamberdiyevich Tarjimai hol haqida malumot

Nazarov Uchqun Igamberdiyevich Tarjimai hol haqida malumot

Tarjimai hol

Uchqun Igamberdiyevich Nazarov 1934 yil Toshkentda tug‘ilgan. A. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining rejissyorlik fakultetini tamomlagan. Hamza nomidagi Qo‘qon drama teatrida rejissyor, “O‘zbekfilm” kinostudiyasida sahnalashturivchi rejissyor bo‘lib ishlagan. “Odamlar”, “Qotil”, “Sadoqat”, “Jur’at” nomli hikoyalar va qissalar to‘plamini chop etgan. Uning ayrim asarlari rus va SSSR xalqlarining boshqa tillariga tarjima qilingan. SSSR Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Uchqun Nazarov “Surayyo” (1964), “Yigit va qiz” (1966), “Hayrli tong” (1964) (qisqametrajli, senariy muallifi), “Shiddat” (1970), “Karvon” (1973), “Alangali sohil” (1974) badiiy filmlarini, “Bu Qo‘qonda sodir bo‘lgandi” televizion badiiy filmini (1977 yil Leningradda bo‘lib o‘tgan Butun ittifoq televizion filmlar festivalida maxsus diplomga sazovor bo‘lgan) suratga olgan. “Abdulla Qahhor” hujjatli filmini suratga olgan. O‘zining ko‘plab filmlarining senariy muallifi.

“Alangali sohil” filmi uchun Uchqun Nazarov O‘zbekistonning Leningrad komsomoli mukofotiga loyiq topilgan (1976). O‘zbek SSRda xizmat ko‘rsatgan artist. “Bu Qo‘qonda sodir bo‘lgandi” (N. Nikitinning asari asosida) filmida suratga olish jarayonlaridagi ishtiroki uchun Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Hamza nomidagi Davlat mukofoti sovrindori (1979).

Badiiy filmlari:

1965 y. “Surayyo”- senariy muallifi, sahnalashtiruvchi rejissyor

1968 y. “Yigit va qiz” — sahnalashtiruvchi rejissyor

1970 y. “Shiddat” senariy hammuallifi va sahnalashtiruvchi rejissyor

1975 y. “Alangali sohil”- senariy hammuallifi va sahnalashtiruvchi rejissyor

1977 y. “Bu Qo‘qonda sodir bo‘lgandi” — sahnalashtiruvchi rejissyor (hammuallif)

1979 y. “Jala” — sahnalashtiruvchi rejissyor

1981 y. “Xotira roshasi” — sahnalashtiruvchi rejissyor

1983 y. “Kelinni uzatish” -rejissyor va senariy muallifi

1973 y. “Karvon” — sahnalashtiruvchi rejissyor

1990 y. “Uch qirol jangi” — hamkorlikdagi rejissyor (Ben Barka -rejissyor)

Senariyachi:

1985 y. “Kelinni uzatish”

1977 y. “Bu Qo‘qonda sodir bo‘lgandi”

1973 y. “Alangali sohil”

1971 y. “Shiddat”

1964 y. “Hayot tunda o‘tib ketdi”

Hujjatli filmlari:

1968 y. “Abdulla Qahhor” sahnalashtiruvchi rejissyor va senariy muallifi

Mukofot va unvonlari:

1980 y. Hamza nomidagi davlat mukofoti laureati

1986 y. “Hurmat belgisi” ordeni.

1967 y. “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”

2016 yil 17 iyun kuni vafot etgan. Toshkentdagi “Minor” qabristoniga dafn etilgan.

Arboblar
Nazarov Uchqun Igamberdiyevich

manba:arboblar.uz