Benkov Pavel Petrovich Tarjimai hol haqida malumot
Tarjimai hol
Pavel Petrovich Benkov — mashhur sovet o‘zbek rassomi. O‘zbek SSRda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Samarqand rassomchilik bilim yurti o‘qituvchisi.
Pavel Petrovich Benkov 1879-yil dekabr (yangi uslub bo‘yicha 20-dekabr) Qozonda tug‘ilgan. Peterburg rassomchilik akademiyasini tamomlagan, 1901-yildan 1906-yilgacha D. N. Kardovskiy sinfida o‘qigan. Ta’limni Parijda, 1906-yil Jyulian akademiyasida davom ettirgan. 1909-yildan 1929-yilgacha P. P. Benkov Qozondagi rassomchilik bilim yurtlarida tasviriy san’atdan saboq beradi. 1922-yilda esa “Inqilobiy Rossiya rassomlar uyushmasi” tarkibiga qo‘shiladi. 1930-yil P.P.Benkov Samarqandga qaytadi va Samarqand rassomchilik bilim yurtida tasviriy san’atdan dars bera boshlaydi. U yerda bir qator o‘zbek rassomlari xususan, Abdulhaq Abdullayev, Yusuf Yelizarovlardan kasb sirlarini o‘rganadi, 1930-yildan Benkov respublika va butun ittifoq miqyosidagi barcha ko‘rgazmalarda qatnashadi.
Keyinchalik 1932-yildan P.P.Benkov ilk bor manzaraviy etyudlar-u, janr kartinalaridan mavzuviy kompozitsiyalarga o‘tadi. Asarlarining mavzusi keng va dolzarb. “Xudjum shoyi ishlab chiqarish fabrikasi” (1932) va “Registonda sakkizinchi mart” (1933) kartinalari ayollarning ozodligi uchun kurashish va ularning jamoat qurilishiga jalb qilishni o‘zida aks ettiradi. “Ravatstroy” (1934) kartinasida sug‘orish ishlari qurilishi ko‘rsatilgan, “Tabarruk hosil” (1935), “Paxta terimi” (1936), “Paxta dalasi terimidagi qiz” kabilarda kolxozchilarning kundalik hayotini aks ettiradi. 30-yillarning o‘rtalaridan Pavel Benkov respublika va butun ittifoq miqyosidagi barcha ko‘rgazmalarda ishtirok etadi.
U uchun yangi bo‘lgan hayotni yaxshiroq tushunish va barcha qiziqarli ajoyibotlarni ko‘rishda Pavel Benkov respublika bo‘ylab ko‘p sayohat qiladi, qadimiy shaharlar harobalarini va kichik qishloqlarni ziyorat qiladi. O‘z ijodiy namunalarini tabiat qo‘ynida chizishga harakat qiladi. Uning o‘sha davrlarda chizilgan yirik ko‘pshaklli kompozitsiya va portretlari yorug‘lik bilan ifodalangan. Ariq oqib o‘tgan, gullar barq gullagan kichik sersoya hovlilarni u alohida ishtiyoq bilan qog‘ozga solgan. Bizning davrimizda uning (“Buxoro ko‘chalari”, 1929; “Samarqandning eski ko‘chasi”, 1930-yillar, xususiy termasi, Moskva; “Eski hovli”, 1930-yillar; “Bibixonim masjidining hovlisida. Bahor”, “Ariqli hovli. Kuz”, “Dugonalar. Eski hovli”, “Ariq bo‘yida”) kabi ijodiy namunalari g‘oyat yuqori shuhrat qozongan.
P.Benkovning ijodi xilma-xilligi bilan farqlanadi, — bular manzara, portret va mukammal janrli kompozitsiyalar va hamma yerda muallif yuqori cho‘qqida qoladi: “Tojik portreti” (1928), “Buxoroning karvon saroyi” (1928), “Buxoro bozori” (1929), “Yahudiy bo‘yoqchining portreti” (1930), “Xivalik qiz” (1931), “Buxoro choyxonasi” (1932), “Kolxoz-zarbchining portreti” (1940), “Buxorolik amaldor” (1930-1940-yillar), “Dutor tutgan qariya” (1930-1940-yillar), “Front maktublari” (1945), “O‘zbekiston diyori haqida doston”.
Pavel Benkov o‘zini o‘tkir xarakterli psixologik portretlar ustasi sifatida ham tavsiya qilgan: “Piyola tutgan tojik. Samarqand” (1928), “Buxorolik amaldor” (1928), “Barcha o‘zbeklarning yetakchisi Yo‘ldosh Ohunboboyevning portreti” (1930), “Buxorolik mansabdor” (1930-yillar), “Artist Alyabevning portreti”, “San’atshunos Kannskiyning portreti”.
Urushning oxirgi yillarida Pavel Benkovning sog‘lig‘i yomonlashadi, lekin u ko‘p ishlashda davom etadi, vaqtini samarali o‘tkazishga harakat qiladi. 1943-1948-yillar mobaynida u polotnolar majmuini yaratib, unda Samarqand manzarasi va shaharning kundalik hayotini tasvirlaydi (“Shohi Zindadagi rassom 1943, “Dutor tutgan qiz” 1947, “Kichik hovli. Bozordan qaytish”, 1947; “Kuzgi Samarqand”). Hatto ijodining kechki davrilarida ham musavvir yuqori mahorat ila ijod qiladi, uning “Kuzgi hovli. Samarqand” (1947) asari nozik lirika va ma’yus kayfiyat bilan uyg‘unlashgan.
1949-yilning boshida P.P.Benkov SSSR Rassomchilik akademiyasining haqiqiy a’zosi etib tayinlanadi.
P.P.Bentkovning pedagoglik faoliyati O‘zbekiston tasviriy san’at maktabining yuqori darajada shakllanishiga sezilarli tutki bo‘ldi. Uning o‘quchilari orasida nomi respublikada dong‘i ketgan Qozondan Samarqandga ko‘chib o‘tgan S.Kovalevskaya, L.Abdullayev, A.Abdullayev, R.Ahmedov, YU.YElizarov, A.Roziqov, R.Timurov, A.Haydarov va boshqalarni aytish mumkin.
P.P.Benkov 1949-yil 16-yanvar kuni Samarqandda vafot etgan.
Shu yilning o‘zida rassom yashagan Samarqand ko‘chalaridan biriga uning nomi berilgan, Samarqand rassomchilik bilim yurti P.P.Benkov nomi bilan atalgan. Benkov asarlari Moskva, Qozon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Nukus va boshqa shaharlar, shuningdek, Rossiya va O‘zbekistonning xususiy kolleksiyalarida hamda bir qator Ovrupa mamlakatlarida saqlanib keladi.
Arboblar
1901-yildan 1906-yilgacha D. N. Kardovskiy sinfida o‘qigan. Ta’limni Parijda, Samarqand rassomchilik bilim yurti o‘qituvchisi. Pavel Petrovich Benkov 1879-yil dekabr (yangi uslub bo‘yicha 20-dekabr) Qozonda tug‘ilgan. Peterburg rassomchilik akademiyasini tamomlagan, Tarjimai hol Pavel Petrovich Benkov — mashhur sovet o‘zbek rassomi. O‘zbek SSRda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi
manba:arboblar.uz