ATMOSFERADAN TASHQI ASTRONOMIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ATMOSFERADAN TASHQI ASTRONOMIYA haqida malumot bilib oling.

ATMOSFERADAN TASHQI ASTRONOMIYA — amaliy astrofizikaning zamonaviy boʻlimi; asosan Yer atmosferasi taʼsiri tufayli uning sirtidan kuzatish qiyin boʻlgan toʻlqin uzunlik (X) diapazonlarida tadqiqot olib borish maqsadida kosmosga chiqariladigan maxsus teleskop va ilmiy asboblarni yaratish hamda kuzatuv natijalarini taxlil qilish bilan shugʻullanadi. Xususan, atmosferadagi kislorod va suv butlari X q 1 sm gacha boʻlgan radionurlarning yutilishi, optik nurlarning 20 — 30% susayishi, umolekula hamda ionlarda yutilishi osmon jismlarida roʻy berayotgan fizik jarayonlarni toʻla oʻrganishga halal beradi. Atmosferadan tashqi astronomiya usullari yordamida hozir radio, infraqizil, optik, ultrabinafsha, rentgen va gamma diapazonlarda kosmosdan kuzatish ishlari olib borilmoqda.

Ensiklopediya.uz
ATMOSFERADAN TASHQI ASTRONOMIYA