AIG haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AIG haqida malumot bilib oling.

«AIG», «Emsi-Ay» turli sohalarda oʻzbekistonlik sheriklari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.

«Zarafshon-Nyumont» Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korxonasi Qizilqum choʻlida qisqa muddatda zamonaviy korxona barpo etdi.

MDH mamlakatlaridagi katta loyihalarni roʻyobga chiqaruvchi Amerika firmalarining tadqiqotlarini mablagʻ bilan taʼminlovchi AQSHning yirik nohukumat tashkiloti — Savdo va taraqqiyot agentligi oltin qazib chiqaruvchi modulli yangi z-d loyihasining texnik-iqtisodiy asoslamasini mablagʻ bilan taʼminlash uchun Navoiy kon-metallurgiya k-tiga grant ajratishga qaror qildi.

OʻzbekistonAmerika hamkorligiga xususiy biznes namoyandalari ham salmoqli hissa qoʻshdi. Jumladan 1997-y. da Amerikaning «Keys interneyshnl» kompaniyasi yordamida Toshkent traktor z-di qayta qurilib, shu firmaning zamonaviy traktorlarini i. ch. yoʻlga qoʻyildi. «Boing» kompaniyasi esa oʻzaro manfaatli shartlar (lizing) asosida yoʻlovchi tashiydigan samolyotlar yetkazib berdi. «Boing» qulayligi jihatidan ham, uchish xavfsizligi jihatidan ham Rossiyaning shu toifadagi samolyotlaridan katta farq qiladi.

Dunyodagi eng kuchli kompyuter kompaniyasi IBM esa Oʻzbekiston bank tizimini kompyuterlash sohasida katta amaliy yordam berdi. Amerikaning IREX, ACCELS, Soros jamgʻarmasi kabi muassasalari esa AQSH va Yevropaning ilmiy markazlarida Oʻzbekiston uchun mutaxassislar taiyerlashga oid dasturlarni amalga oshirmoqda.

Oʻtish davrining qiyinchiliklarini bartaraf etishda AQSH hukumati va xayriya jamgʻarmalari insonparvarlik yordami berib, Oʻzbekistonga bolalar va davolash muassasalari uchun dori-darmon, tibbiyot asbob-uskunalari, kiyimkechak, oziq-ovqat mahsulotlari yuborib turibdi. 1997-y. noyab. da AQSH prezidenti rafiqasi Xillari Klintonning Oʻzbekistonga tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi samarali aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.

1997-y. 9—11-iyunda OʻzbekistonAmerika qoʻshma komissiyasining tuzilishi AQSH bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarning yanada mustahkamlanib va rivojlanib borayotganligini koʻrsatdi. Qoʻshma komissiya mintaqaviy siyosiy muammolarni oʻz ichiga olgan oʻzaro manfaatli masalalar, Oʻzbekistonning siyosiy va iqtisodiy islohotlardagi siljishi, harbiy sohada hamkorlik qilish hamda Oʻzbekistonda xo-rijiy investitsiyalar uchun sharoitlarni muhokama etadi. 1998-y. 26—27 fev. Vashington sh. da qoʻshma komissiyaning birinchi, 1999-y. 24—25 may Toshkent sh. da ikkinchi majlisi boʻlib oʻtdi.

Ensiklopediya.uz
AIG