ALNI QOTISHMALAR haqida malumot bilib oling.
ALNI QOTISHMALAR — temir-alyuminiy—nikel tizimidagi qotishmalar. Magnit xossalari gʻoyat yuqori. Alni qotishmalar tarkibida 9—15,5% alyuminiy (Al), 18—24,5% nikel (Ni), qolgani temir (Fe) boʻladi. Alni qotishmalar magnit jihatdan qattiq qotishmalar jumlasiga kiradi. Yuqori quvvatli ixcham magnitlar tayyorlanadi.
Ensiklopediya.uz
ALNI QOTISHMALAR