ADIABATIK JARAYON haqida malumot bilib oling.
ADIABATIK JARAYON (yun. Adiabatos – oʻtib boʻlmas) — tashqi muhit b-n issiqlik almashinuvisiz oʻtadigan termodinamik jarayon. A. j. oʻtishi uchun jism butunlay issiqpik oʻtkazmaydigan qatlam (chegara) bilan ajratilgan boʻlishi kerak. Tashqi muhit bilan sezilarli miqdorda issiqlik almashinib ulgura olmaydigan darajada tez oʻtadigan jarayonlar ham Adiabatik jarayonga juda yaqin boʻladi. Tovushning gazlar va b. jismlarda tarqalishi bunga misol boʻla oladi. Jism Adiabatik jarayon davomida ish bajarganda uning ichki energiyasi kamayadi. Ideal gaz A. j. davomida ish bajarganda (kengayganda) uning t-rasi pasayadi. Aynan shu hodisadan gazlarni suyultirishda foydalaniladi. Toʻyingan bugʻ adiabatik kengayganida hoʻllanadi. Atmosferada sodir boʻladigan koʻpgina jarayonlarni Adiabatik jarayon deb qarash mumkin.
Ensiklopediya.uz
ADIABATIK JARAYON