ACHCHIQ-CHUCHUK haqida malumot bilib oling.
ACHCHIQ-CHUCHUK — pomidor va piyozdan mavsumiy tayyorlanadigan salat. Piyoz mayda toʻgʻralib, sovuq suvda yuviladi, uning ustiga yupqa qilib pishgan pomidor, koʻk qalampir toʻgʻraladi, tuz sepib aralashtiriladi. A.-ch. tayyorlashda 500 g pomidorga 1 — 2 bosh piyoz va taʼbga koʻra tuz, qalampir kerak boʻladi. Bunday salat Fargʻona vodiysida shakarob nomi bilan mashhur. Unga yupqa va mayda toʻgʻralgan bodring ham qoʻshiladi.
Ensiklopediya.uz
ACHCHIQ-CHUCHUK